Genrix Rikkert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

'Genrix Rikkert (1863-1936 yy.) — Baden maktabining vakillaridan biridir.

Falsafiy qarashlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Vindelband qarashlarini rivojlantirib tabiatshunoslik usulini «umumlashtiruvchi», tarixiy bilish usulini esa «yagonalashtiruvchi», deb atadi. Ushbu farq voqeylik elementlarining (umumiy va xususiy) bu fanlar orqali o‘rganilishi uchun tanlab olingan qoidalaridan va turli vazifalardan kelib chiqadi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, farq bu fanlarning obyektiv mazmuni taqozosidan emas, balki «istakdagi tabiatshunoslik» va «xohlovchi tarix» irodasidan kelib chiqqan. Baden maktabining asoschisi kabi Rikkert umumiyning obyektiv mavjudligini inkor qilib, nominalizm nuqtayi nazarida turadi. Umumiy faqat tushunchalar mohiyatidir. Natijada Rikkert shunday xulosaga keladiki, tabiatshunoslik fan sifatida tushunchalar bilan ish ko‘rsa, tarix esa voqeylik bilan ish ko‘radi.Tarixchi voqeylikni tahqiq qilib, «ikkinchi darajali narsa»dan «ahamiyatli» yoki «mohiyatli» jihatini alohida ajratib ko‘rsatadi. «Mohiyatiy» yoki «ahamiyatga ega» bo‘lgan narsa qadriyat demakdir. Qadriyatlar borliq bilan bir qatorda mavjuddir. Dunyo, deydi Rikkert, «voqelik va qadriyatlardan tarkib topgandir». Qadriyatlarni subyektga bog'liq bo'lgan baholash bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Qadriyatlar munosabatlar bilan bogiiq bo'lmasdan «subyekdan yuqori turuvchi» va «borliqdan yuqori» («transsendent») bo'lgan xususiyatga ega; bu «subyekt va obyektning orqa tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanatdir».

Hissalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rikkert maʼnaviy hayotning olti doirasi boʻlgan mantiq, estetika, mistika, axloq, erotika va dinga muvofiq keluvchi qadriyatlarning olti xilini (haqiqat, go‘zallik, shaxsiyatdan yuqori turuvchi muqaddaslik, axloqiylik, baxt-saodat va shaxsiy muqaddaslik) ajratib ko‘rsatadi. Shunday qilib, neokantchilik falsafasi aniq fanlarning falsafiy asosini yaratishda o‘ziga xos rol o‘ynadi va keyingi, XX asr o‘rtalarida falsafiy fikr taraqqiyotiga muayyan hissa qo‘shdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018