Gelonii Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydoʻst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GELONII (Jiloniy) Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydoʻst (1077, Gelon viloyati, Eron— 1166) — fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bagʻdodga keladi va juda koʻp olimlardan saboqoladi. Uningxanbaliya mazhabiga oid vaʼzlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik G. Qurʼon tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat koʻrsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dare beradi. G. hanbaliya mazhabida qatʼiy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga soʻzsiz rioya etgan. Vaʼzlarida musulmonlar uchun zarur boʻlgan oʻnta axloqiy qoidani bayon etgan. G. oʻzining tarikat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik kilmagan boʻlsa ham uni qodiriya sufiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar. Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13-asrning oʻrtalarida, baʼzi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-asrda vujudga kelgan. Xalq ommasi uni moʻʼjiza kursatishga qodir boʻlgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi deb, ulugʻlar edi. Unga Gʻavsul Aʼzam ("ulugʻ himoyachi") va piri dastgir ("madadkor pir") laqablarini berishgan. G. maqbarasi Bagʻdodda boʻlib, islomdagi mashhur muqaddas joylardan biri hisoblanadi.

G.ning "Al-gʻunya li talib tariq l-haqq" ("Haq yoʻlidan boruvchi toliblar yoʻlini tugʻrilash") asari saqlanib qolgan. Bu asarda hanbaliya mazhabi nuqgai nazaridan islomdagi 73 firqaga bulingan musulmon jamoasining ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari bayon qilingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil