Gelmgols German Lyudvig Ferdinand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GELMGOLS (Helmholtz) German Lyudvig Ferdinand (1821.31.8, Potsdam—1894,8.9, Berlin) — nemis tabiatshunosi. "Kuchning saqlanishi haqida" (1847) asarida birinchi boʻlib energiyaning saqlanish qonunink matematik jihatdan asoslab, bu qonunning umumiyligini koʻrsatgan. Eng kichik taʼsir prinsipini issiqlik, elektr va yorugʻlik hodisal ari ga qoʻllab, bu prin-sipning termodinamikaning ikkinchi qonuni bilan bogʻlanganligini ochib bergan. U birinchi boʻlib hammaga tushunarli shaklda elektrning atom tabiati gʻoyasini ilgari surgan. G. suyuqliklarning uyurma harakati nazariyasini rivojlantirib, mexanik va elektromagnit jarayonlarni tekshirish uchun bu nazariyaning amaliy qoʻllanishiga doyr bir qancha misollar berdi. U yorugʻlikning elektromagnit nazariyasini va anomal dispersiya nazariyasini taraqqiy ettirgan. Fanga erkin va bogʻlangan energiyalar degan tushunchani kiritgan. Koʻrish va eshitish fiziologiyasiga oid masalalarni ilmiy jihatdan toʻgʻri talqin qilgan. G. muskullarda issiklik paydo boʻlishini aniqlab, uni hamda nerv impulslarining tarqalishi tezligini oʻlchagan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil