Gaz razryadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz razryadi — tashki elektr maydon taʼsirida gaz yoki gazlar aralashmasidan elektr tokining oʻtish jarayoni. Mustaqil va nomustaqil xillarga boʻlinadi. Gaz yoki gaz aralashmalarida tashki ionlashtiruvchiga bogʻliq boʻlmagan razryad mustaqil G.r. deyiladi. Gaz yoki gaz aralashmasida tashki ionlashtiruvchi taʼsirida sodir boʻladiganrazryadganomustaqil G. r. deyiladi. Toj razryad, uchkunli razryad, miltillama razryad va yey razryadi mustaqil G. r. jumlasiga kiradi. Elektr yoy razryadi Chog'langan katodda yoki elektrodlar orasida kuchlanish yuqori bo'lmaganda (60V atrofida) sodir bo'ladigan razryad Uchuqunli razyrad Deb teshib o'tadigan quyun hosil bo'lishi uchun yetarli bo'lgan yuqori kuchlanishda sodir bo'ladigan gazdagi uzlukli razryadga aytiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil