Kontent qismiga oʻtish

Ganja markaziy stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ganja markaziy stadioni ozarbayjoncha: Gəncə şəhər stadionu
Ganja Stadium
Joyi Ganja, Ozarbayjon
Qachon qurilgan 1960-yil
Qachon ochilgan 1963-yil
Egasi Kapaz PFC
Yuzasi Maysa
Hajmi 26,120[1]

Ganja markaziy stadioni (ozarbayjoncha: Gəncə şəhər mərkəzi stadionu)[2] — Ganja shahrining asosiy stadioni, shuningdek, Ozarbayjondagi uchinchi yirik stadion[3]. Ushbu stadion futbol boʻyicha Ozarbayjon oliy ligasida oʻynaydigan „Kapaz PFC“ futbol klubining uy stadioni hisoblanadi.

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadion qurilishi 1959-yilda boshlangan va 1964-yilda foydalanishga topshirilgan. Ganja stadioni shaharning markaziy qismida joylashgan boʻlib, 26,120 tomoshabinga moʻljallangan. Stadion Ozarbayjonning eng nomdor klublaridan biri hisoblangan (1995, 1998 va 1999-yillarda uch marta Ozarbayjon chempioni boʻlgan va 1994, 1997, 1998 va 2000-yillarda toʻrt marta futbol boʻyicha Ozarbayjon kubogini qoʻlga kiritgan) „Kapaz PFC“ klubining uy stadioni hisoblanadi. Stadion hududida qoʻshimcha mashgʻulotlar uchun maydonlar ham qurilgan. Shuningdek, futbol akademiyasi binosi barpo etildi.

Rekonstruksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilga kelib, stadionning tomoshabinlar tribunalari yaroqsiz holatga kelib qoldi. Stadion faoliyatini qisman davom ettirmoqda. Yaroqsiz holga kelib qolgan stadionni rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga bir necha bor urinishlar boʻlgan. Biroq, har safar boshlangan ishlar tugallanmasdan qolgan. 2011-yilning noyabr oyida AFFA prezidenti Rövnəq Abdullayev Ganja stadionini rekonstruksiya qilish rejasi tayyorlanayotganini, bu reja yakuniga yetgach, 2012-yilda kerakli ishlar boshlanishini maʼlum qilgan edi[4]. 2013-yilda Rövnəq Abdullayev topshirigʻiga koʻra yana bir bor stadionni taʼmirlash ishlari boshlangan edi. Yaqin oylar ichida klub va stadion rahbariyati stadion uchun yangi rekonstruksiya loyihasini ishlab chiqishmoqda. Stadion UEFAning 4 yulduzli standartlari asosida qayta qurilishi rejalashtirilmoqda. Yangi stadion sigʻimi 15,464 oʻringa moʻljallangan. Ommaviy axborot vositalari vakillari va imkoniyati cheklangan tomoshabinlar uchun VVIP, VIP, SKY-box zonalari ham mavjud. Stadion zamonaviy yoritish, akustika, monitor va internet tizimlari bilan jihozlanadi. 2024-yil 9-aprelda stadionni qayta qurish ishlari boshlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]