Kontent qismiga oʻtish

Gala ko‘li

Koordinatalari: 40°45′15″N 26°13′53″E / 40.75417°N 26.23139°E / 40.75417; 26.23139
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gala ko`li
40°45′15″N 26°13′53″E / 40.75417°N 26.23139°E / 40.75417; 26.23139
gala ko`li surati
gala ko`li surati
MamlakatTurkiya Turkiya
Yuzasi6090 (15 000 akr) km²
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi12 km
Eng katta chuqurligi11,5 m
Oʻrtacha chuqurligi5,3 m

Gala koʻli (turkcha: Gala Gölü Milli Parkı) — 2005-yil 5-mart kuni tashkil etilgan Koʻl Turkiyaning Marmara viloyatiga qarashli Edirne tumani hududida joylashgan. Koʻl ayni paytda milliy bogʻ hududiga kiradi[1].

Milliy bogʻ, Edirne viloyatining Ipsala va Enez tumanlari chegaralaridagi Pamuklu koʻli va Küçük Gala koʻlidan iborat hududni oʻz ichiga oladi. Milliy bogʻ Enezdan 8 km (5,0 milya) va Ipsaladan 23 km (14 milya) uzoqlikda joylashgan[2].

1991-yilda 2369 gektar (5850 akr) yer qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. 2002-yilda Edirnedagi Trakya universiteti biologlari qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan chiqindilar va oʻgʻitlar bilan koʻllarning ifloslanishi, shuningdek, nazoratsiz baliq ovlash faoliyati va kamyob qushlarni ovlash tufayli qoʻriqlanadigan hududni milliy park maqomiga aylantirishni talab qiladi[3]. 2005-yilda ushbu hudud 6090 gektar (15 000 akr)ga kengaytiriladi va u milliy bogʻ sifatida tashkil etiladi. Milliy bogʻ 3090 gektar (7600 akr) suv-botqoq, koʻl va 3000 gektar (7400 akr) oʻrmondan iborat ekotizimdir. Bogʻ turli oʻsimlik va hayvon turlarining yashash joyidir[2].

Milliy bogʻ hududi Atrof-muhit va oʻrmon vazirligining tabiatni muhofaza qilish va milliy bogʻlar bosh boshqarmasi (turkcha: Doğa Koruma ve Milli Parklar Genel Müdürlüğü) tomonidan boshqariladi.

Milliy bogʻ Maritsa suv-botqoq hududida joylashgan boʻlib[2].

'Qushlar. Milliy bogʻ qushlarga juda boy. Ushbu hududda 45 000 ga yaqin turli xil qushlar yashaydi[4]. Bogʻ hududida 163 ga yaqin qush turlari mavjud boʻlib, ulardan 46 turi doimiy, 27 uri qishki, 90 turii yozgi koʻchmanchi qushlardir. Qushlarning koʻp turlarini birgalikda kuzatish uchun eng yaxshi vaqt bahorning aprel va may oylari va kuzning sentyabr va oktyabr oylaridir[5][6].

2018-yil fevral oyida qishki ob-havo iliqroq boʻlgani sababli koʻlga birinchi marta qishlash uchun oʻn mingga yaqin flamingolar kelgan. Bundan tashqari, har yili oʻrdak, gʻoz va karnaychi oqqushlarni uchratish mumkin[4].

Baliq Milliy bogʻ hududidagi koʻlda 16 turdagi baliq avlodi yashaydi[7], jumladan, yevropa ilon baligʻi (Anguilla anguilla, L.), oddiy sazan (Cyprinus carpio L.) va shimoliy pike (Esox lucius) baliqlari ahamiyatga ega[5].

  1. „Gala Gölü Milli Parkı“ (Turkish). Doğa Koruma ve Milli Parklar Genel Müdürlüğü. 2013-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Gala Gölü Milli Parkı Kuş Türleri“ (Turkish). Orman ve Su İşleri Bakanlığı-III. Şube Müdürlüğü- Edirne Şube Müdürlüğü. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  3. „Gala Golunde Tespit Edilen Balık Turleri ve Bunların Mahalli Adları:“ (Turkish). Orman ve Su İşleri Bakanlığı-III. Şube Müdürlüğü- Edirne Şube Müdürlüğü. 2015-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  4. 4,0 4,1 „Gala Gölü Milli Parkı“ (Turkish). Orman ve Su İşleri Bakanlığı-III. Şube Müdürlüğü- Edirne Şube Müdürlüğü. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  5. 5,0 5,1 „Gala Gölü milli park olsun“ (Turkish) (2002-yil 28-iyul). Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  6. Şahin, Hakan.. „Gala Gölü'nün pembe tüylü misafirleri göçü bekliyor“ (tr) (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
  7. „Gala Gölü Milli Parkı“ (tr). Doğa Koruma ve Milli Parklar Genel Müdürlüğü. 2021-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.