Gaftara
Gaftara (qo‘shimcha, ilova, xotima) -yahudiylik dinining muqaddas manbasi - “Payg'ambarlar kitobi”ning bir bo‘limi bo‘lib, Shanba kuni, bayram kunlari hamda To‘qqizinchi Av ro‘zasi kunida Gaftara sinagogada “Tavrot”ni jamoaviy tarzda o‘qishni tamomlash oldidan tongda o‘qiladi. Ro‘za va motam kunlari kunduzgi ibodat “mixna” so‘ngida o‘qilsa, av oyining to‘qqizinchi kuni va Iom-Kipur kabi bayramlarda tongi hamda kunduzgi ibodat vaqtida ham o‘qiladi. Ivrit tili bo‘yicha mutaxassis, filolog Eliya Bahur Gafatara yahudiylar ellinistlar tomonidan qattiq tazyiqqa uchrab, Tavrot o‘ramlari yoqib yuborilgan hamda Tavrot o‘rniga Payg'ambarlar kitobini o‘qigan davrda yuzaga kelgan, deb ta’kidlaydi. “Payg‘ambarlar kitobi”ni “Tavrot”ni o‘qishda boblarning ketma-ketligi asosida o‘qishda bo‘lgani singari qat’iy talab mavjud emas. Shuning uchun, “Payg‘ambarlar kitobi”ni istalgan qismidan o‘qish mumkin. Gaftarani Maftir - Tavrotni so‘nggi bo‘lib o‘qish taklif qilingan kishi tomonidan o‘qiladi. Gaftarani “Tavrot”dan ustun bo‘lib qolmasligi uchun, Maftir dastlab “Tavrot”dan ham bir parcha o‘qib qo‘yadi. Shu bilan bir qatorda, Gaftarani bolalar ham o‘qishligiga ruxsat berilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 128.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |