Gadji Abashilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gadji Axmedovich Abashilov 1950-yilda Gunib tumanida tugʻilgan. Uning kasbi jurnalist boʻlgan.

Gadjini „Hoji Abashilov“ deb ham atashardi. Rus jurnalisti va Dogʻiston Respublikasining VGTRK davlat media kompaniyasining boshligʻi boʻlib ishlagan. U 2008-yil 21-mart kuni soat 19:45 da Dogʻistonning Makhchaqaʼla shahrida oʻldorilgan. Mashhur jurnalist 58 yoshida vafot etgan.

Dogʻiston davlat universitetining chet tillar fakultetini tamomlagan.

Faoliyati davomida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1975-yildan 1991-yilgacha Abashilov mahalliy Butun ittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi va komsomol tuzilmalarida ishlagan. 1980-yillarning oxirida u Dogʻiston Butun ittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi yaʼni VLKSM qoʻmitasini boshqargan. 1991-yildan 2006-yilgacha Abashilov „Molodej Dagestana" Dogʻiston yoshlari gazetasining bosh muharriri boʻlib ishlagan. 1999-yilda mahalliy qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, soʻngra respublika Axborot, milliy siyosat va tashqi ishlar vazirligi boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan.  Abashilov 2007-yilgacha oʻzining teledasturini ham ommaga taqdim etgan. 2007-yilning yanvaridan Dogʻiston davlat teleradiokompaniyasining boshligʻi boʻldi. 


Gadji Abashilov 2008-yil 21-mart kuni kechqurun oʻldirilgan. Maxachqal’aning markaziy qismida uning mashinasiga oʻq uzilgan. Abashilov voqea joyida halok boʻlgan. Rossiyaning Birinchi kanalida necha yillar davomida respublikada muxbir boʻlib ishlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]