Kontent qismiga oʻtish

Gabriel Marcel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gabriel Honoré Marcel

Marsel Gabriel Onore (1889-yil 7-dekabr Parij 1973-yil 10-sentabr) — fransuz faylsufi, xristian ekzistensializmi asoschisi. Uning fikricha, falsafada markaziy o‘rinni „neosokratizm“ egallaydi va u odob muammolari bilan shug‘ullanishi lozim. Marsel insonning depersonallik va sientik intilishini muayyan tomonga yoʻnaltirilishi bilan ongda rationalizm va maʼrifatning o‘zaro bog‘liqligini koʻrstadi . Uning hisoblashicha, borliq va insoniyatdagi maxfiy (sirli) sezgining yoʻqolganliga faqat insonning oʻz hayotiga ongli ravishda munosabati bilan yuzaga chiqadi. Marsel falsafasining eng ahmiyatli jihati ichki erkinlik, tanlash, javobgarlik muammolarini yoritib berganligidir. Lekin Sartdan farqli oʻlarok, Marsel haqiqiy chegarani tan oladi va shu chegaraga shaxsning erkinligi yoʻliqadi: insonni „hamma narsa“ uchun soʻroqqa tutish mumkin emas. Oʻzini butunlay roʻyobga chiqara olmaydi. Insonning ajralmas boyligi bu — uning emotsional xissiyot dunyosi. Marselning siyosiy qarashlari oʻzining konservativligi bilan ajralib turardi. Asosiy asarlari: "Metafizika kundaligi" (1925), „Noto viator“ (1944), „Borliq va molik boʻlishlik“ (1929), „Odamlar odamiylikka qarshi“ (1951), „Donolikning oxiri“ (1954), „Inson muammo sifatida“ (1955), „Failasuf va olam“ (maʼruzalar, 1964), „Donolikning fojiaviyligini himoyalash“ (1968).

[1]

  1. Falsafa qomusiy lug'at. Sharq.