Gʻozyaproq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘ozyaproqdan yoʻnaltirildi)

Gʻozyaproq, tangayaproq — raʼnodoshlarga mansub koʻp yillik ildizpoyali oʻsimliklar turkumi. Asosan, Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda Sibir Gʻ.i (alximillasi) (A. zIztsa 2at.) turi oʻsadi. Boʻyi 80 sm gacha. Barglarining uz. 1,5—5 sm, eni 2,5—6,5 sm, buyraksimon yoki dumaloq buyraksimon, 7—9 boʻlakchali. Kosachasi 2 qavat, har qavatida 4 tadan kosachabarglari bor. Gultojisi yoʻq. Gullari mayda, yashil yoki sargʻish. Changchilari 4 ta, urugʻchisi 1 ta. Iyul-avgustda gullab urugʻlaydi. Togʻ zonasidagi zax yerlar, daryo va soy boʻylarida oʻsadi.