Gʻira-shira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘ira-Shiradan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Gʻira-shira — erta tong yoki shomda narsalar aniq koʻrinmaydigan ("gʻira-shira koʻrinadigan") payt. Quyosh chiqishidan bir oz oldinroq yoki quyosh botishidan bir oz keyinroq yuz beradi. Gʻ.-shahri optik hodisa hisoblanadi. Havo ochiq paytlarda Gʻ.-shahri paytida osmon gumbazi chetida bilinar bilinmas shafaq paydo boʻladi va kuchsizgina nur sochadi. Gʻ.-shahrining davomiyligi joyning geografik kengligiga bogʻliq: ek-vatorga yaqinlashgan sari Gʻ.-shahri vaqti qisqarib boradi.

Amaliy maqsadlar uchun Gʻ.-shahri 3 davrga boʻlingan: fuqaro, navigatsiya va astronomiya Gʻ.-shahriligi davrlari. Fuqaro Gʻ.-shahriligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 7° dan oshmaydi. Bunday paytda chiroqni yoqmasdan baʼzi ishlarni bajarish (mas, kitob oʻqish) mumkin. Navi-gatsiya Gʻ.-shahriligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 12° gacha boʻladi. Bunday paytda chiroqni yoqmasdan hech narsa qilib boʻlmaydi. Astrono-m i ya Gʻ.-shahriligi paytida quyoshning ufqdan pastligi 18° gachani tashkil qiladi. Bunday paytda yer yuziga butunlay qorongʻilik tushib, Gʻ.-shahrilik xiyol bilinib turadi. Meteorlar va vulkanik hodisalar bilan bogʻliq baʼzi oʻzgarishlar tufayli atmosferaning yuqori qatlamlarida yuz berib turadigan xiralashish yoki yorugʻlashish tufayli Gʻ.-shahrining yuqorida aytilgan xususiyatlari bir oz oʻzgarishi mumkin.