Gʻafurjon qiziq Mamayusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘afurjon qiziq Mamayusupovdan yoʻnaltirildi)

Gʻafurjon qiziq Mamayusupov (1892, Uchqurgʻon tumani Qayqi qish-logʻi — 1965, Namangan) — xalq qiziqchisi. Otasi Mamayusuf Mama-yunusov ashulachi va askiyachi oʻtgan. 15 yoshidan Normat ogʻiz toʻdasida qiziqchilik qilgan. 1911 — 15 yillar Andi-jonda Rustam surnaychi toʻdasida, 1918—20-yillar boshqa turli toʻdalarda faoliyat koʻrsatgan. 1923-yildan namanganda xalq komediyalarida kulgi-li, xarakterli obrazlar yaratgan, baʼ-zan ayollar rolini oʻynagan, dor ustida ham qiziqchilik qilgan. Chust (1931—33), Namangan (1938-39) teatrlarida doirachi boʻlgan. Aʼzam qiziq, Orif garmon, Ibrohim qizik, Aka Buxor, Toʻra qiziqchilar bilan hamkorlikda ishlagan.