Gʻoyibxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻoyibxon
Xiva xoni
Mansab davri
1747 – 1757
Oʻtmishdoshi Abulgʻozi II
Vorisi Abdulloh Qoraboy
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1789
Bolalari Shergʻozi[1]
Otasi Botir sulton
Dini Islom

Gʻoyibxon, Qayipxon (nomaʼlum – taxminan 1789) – qozoq sultoni, Xiva xoni (1747—1757). 1740-yilda Xiva Eron hukmdori Nodirshoh tomonidan bosib olindi va avvalgi hukmron sulolani hokimiyati tugatildi. Xiva aholisi bir necha bor bosqinchilarga qarshi isyon koʻtardi. 1747-yilda Nodirshoh vafotidan soʻng xivaliklar chingiziylarning anʼanaviy hokimiyatini tikladilar va Kichik Juz qozoqlarining bir qismining rahbari Botir Sultonning oʻgʻli Qayipxonni xon etib koʻtardilar. Qayipxon Xivada 10 yilga yaqin hukmronlik qiladi. Vasiliy Bartoldning yozishicha, Qayipxon 1757-yilda taxt uchun navbatdagi kurash paytida magʻlubiyatga uchrab, Xivadan quvilgan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kayip // Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya (rus.). – Almati: Qazaq ensiklopediyasi, 2005. – T. III. – ISBN 9965-9746-4-0. (CC BY-SA 3.0)