Kontent qismiga oʻtish

G`irboydi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻirboydi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻirboydi – Oʻzbek milliy xalq oʻyini.

Bu oʻyinda ikki bola bellashadi. Oʻrtaga doira chiziladi. Doira oʻrtasida oʻyinchilardan birining qalpogʻi qoʻyiladi. Ikkinchi oʻyinchi 20 qadamlar chamasi uzoqlikdan turib chillikning enasopi bilan qalpoqni urib doiradan chiqarishi kerak. Yoki qalpogʻiga necha marta tegsa, shuncha marta ochko yigʻadi. Doʻppiga tegdira olmasa, navbat ikkinchi oʻyinchiga beriladi. Yutgan kishi qalpoqni qirra likopchaday qatlab, besh marta irgʻitadi. Beshinchi marta irgʻitganda qalpoq qayerga borib tushsa, yutqazgan oʻyinchi oʻsha joydan to poyga joyigacha zuvillab borib kelishi kerak. Oʻyin yana boshdan boshlanadi va shu tartibda davom etadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]