Gʻaltak nerv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'altak nervdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Gʻaltak nerv (peguiv xgossheash) — bosh miya nervlarinit 4-jufti; hara-katlantiruvchi nerv. Gʻaltak nervning bir juft yadrosi oʻrta miyada kulrang modda markazida joylashgan, ildizi markaziy kulrang modda orqali miyaning old yelkaniga oʻtib, qarama-qarshi tomonidagi Gʻaltak nervning ildizi bilan kesishadi, miya oyoqchasini egib, miya qattiq qobi-gʻiga, soʻng koʻz kosasining ustki yorigʻi orqali koʻz kosasiga kirib, koʻz soq-qasining ustki qiyshiq muskuliga boradi. Koʻz kosasi, gʻovaksimon boʻshliq, miya asosi kasalliklari va miyacha oʻsmasida Gʻaltak nerv faoliyati buziladi. Gʻaltak nerv falajlanganda koʻz soqqasining pastga va tashqariga harakatlanishi qiyinlashib, koʻzda gʻilaylik va ikkita qilib koʻrish — diplopiya va boshqa kuzatiladi.