Fyodor Nikolayevich Rusanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fyodor Nikolayevich Rusanov (1895.25.5, Chelyabinsk uyezdi — 1979, Toshkent) — botanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965), biol. fanlari doktori (1944), professor (1955). Omsk qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1927). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi botanika bogʻi asoschisi va direktori (1943—76), 1976 yildan ilmiy konsultant. Ilmiy ishlari Ustyurt, Mangʻishloq, Muyunqum, Kizilkum, ChuIli vodiylarining florasi, oʻsimliklar qoplami va xom ashyosini oʻrganishga bagʻishlangan. Rusanov maʼlum iqlim sharoitida oʻsadigan oʻsimliklarni iklimi boshqacha joyda oʻstirish (introduksiya) va iklimlashtirish usullarini ishlab chiqqan. "Turkum kompleksi" va "Umumflora introduksiyasi" usuli shular jumlasidandir. Rusanov chatishtirish yoʻli bilan gibiskus, gokk, piramidasimon dub singari manzarali oʻsimlik navlarini yaratgan. Rusanov raxbarligida 14 jiddli "Oʻzbekiston dendrologiyasi", "Oʻzbekiston introduksiyasi" nomli 27 toʻplam chop etilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Gruntovoye svetovodstvo v Uzbekistane, T., 1948; Ozeleneniye v arxitekture gorodov Uzbekistana, T., 1951; Gibridnie gibiskusi, T., 1965; Teoriya i opit pereseleniya rasteniy v usloviyax Uzbekistana, T., 1974.