Funksional qabziyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ich qotishi, qabziyat — oshqozon-ichak tizimi a’zolarining asosiy belgi: defakatsiya (hojat chiqarish) tartibining buzilishi va / yoki ichakning to’liq bo’shatilmasligi bilan bog’liq holat. Ich qotishi mustaqil kasallik emas, balki organizm faoliyatining buzilishi, kasalliklar va turli xil tizimlar funktsiyasining ishdan chiqqanligi alomatidir. Qabziyat 30-50% kattalar va 5-20% bolalarda tashxislanadi. Keksalarda ushbu holat yoshlarga qaraganda 5 marta ko’proq qayd qiliadi. Muammo sabablari noto’g’ri ovqatlanish, ba’zi bir dori vositalar qabuli, infektsion kasalliklar va surunkali ich qotishiga olib kelishi mumkin bo’lgan jiddiy patologiyalar sanaladi. Qabziyat belgilari

Turli tasniflarga ko’ra, turlicha holatlar qabziyat deya sanalishi mumkin: katta yoshli ayol va erkaklarda 48 soat davomida, chaqaloqlarda esa ruxsat etilgan bir necha sutka davomida defakatsiyaning bo’lmasligi. Ko’p hollarda ich qotishiga tashxis qo’yish uchun quyidagi belgilar mavjud bo’lishi kerak

Kattalarda va bolalarda ich qotishining sabablari sifatida quyidagi buzilishlarni ajratib ko’rsatish mumkin:

Birlamchi. Tug’ma yoki orttirilgan patologiya, to’g’ri ichak anomaliyalari va innervatsiyasi tufayli; Ikkilamchi. Jarohatlar, kasalliklar, shuningdek medikamentoz terapiyaning nojo’ya ta’siri tufayli; Idiopatik. Aniqlanmagan sabablarga ko’ra ichak motorikasining buzilishi tufayli. Patogenetik tasnifga ko’ra:

Alimentar. Suyuqlik, kletchatka yetishmovchiligi yoki umuman oziq-ovqat hajmining kamayishi natijasida; Mexanik. Ichak bo’shlig’i diametrining torayishi, boshqa organik o’zgarishlar sababli; Diskinetik. Hazm qilish a’zolari funktsiyasining buzilishi, ichak innervatsiyasi va boshqalar tufayli.

Klinik tasvirga qarab, ichak devorlarining tonusidan kelib chiqqan holda:

Atonik — tonusning kamayishida. Ichaklar peristaltikasi sust, najas massasi asta-sekin harakatlanadi, bu esa ularning to’planishiga va defekatsiyaning kechikishiga olib keladi. Atonik ich qotishi ko’p hollarda gipodinamiya, ovqatlanishning buzilishi (muntazam ovqatlanmaslik ichak peristaltikasi faolligini pasaytiradi) bilan bog’liq. Bundan tashqari, atoniya ko’pincha keksalik davrida mushak tolalari va sfinkterlar tonusining o’zgarishi oqibatida rivojlanadi; Spastik — defakatsiya paytida og’riq kuzatilmasligi bilan ajralib turadi, ammo unga qorin dam bo’lishi, og’irlik, qorinning kengayishi hissi, ichak spazmlari (sanchiqlari) hamrohlik qiladi. Defekatsiya paytida najas oz miqdorda chiqariladi, shu bilan birga uzoq muddat hojat chiqarmaslik qayd etilmaydi.

Spastik ich qotishi ichakning ba’zi qismlarida mushak to’qimalarining spazmlari tufayli yuzaga keladi. Natijada najas massasi yig’ilib, ichak bo’shlig’ida qiyinchilik bilan harakatlanadi. Kattalardagi spastik qabziyatning eng keng tarqalgan sabablari — endokrin kasalliklar, ichak devorlari tonusining ortishi, stressli holatlardir.