Kotoraya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ftormeturondan yoʻnaltirildi)

Kotoraya, paxtaron, ftormeturon, fluometuron (C10HnF3N2O) — singib va tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 80% li hoʻllanuvchi kukun, rangi oq yoki kulrang. Paxtazorlarda bir yillik, asosan, ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Machin, olabuta, ituzum, semizoʻtlarni quritadi, shamak, itqoʻnoq, gʻumay va boshqalarni esa shikastlaydi. Oʻsimlikka ildizi orqali singadi. Preparatning taʼsir kuchi 2—3 oy. Tuproqda tez parchalanadi. Bahor quruq kelganda, shuningdek, shoʻrxok tuproqlarda preparatning taʼsir kuchi kamayadi. K. chigitni ekish bilan bir vaqtda lenta usulida solinadi. Sarf meʼyori: yalpi sepishda 1,3—2,8 kg/ga (taʼsir etuvchi modda boʻyicha), qator orasiga solishda 0,65—1,4 kg/ra. Kam zaharli.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil