Fricassée

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bezatish uchun shampignon va guruch bilan frikass

Frikase[1] (fransuzcha: fricassée — „har xil narsa“,[2]fransuzcha: fricasser — „qovurish, dimlash“) — oq qaylada dimlab pishirilgan oq goʻshtli ragu, qovurma. Fransuz oshxonasi taomi. Odatda, buzoq, tovuq yoki quyon[3][4][5] kabi yosh hayvonning suyakli mayin goʻshtidan tayyorlanadi. Shuningdek, kaptar goʻshti, qoʻzichoq va choʻchqa goʻshtidan ham tayyorlanadigan frikasse namunalari mavjud. Fricassee koʻpincha qaynatilgan guruch bilan birga dasturxonga tortiladi. Fransuz oshxonasida frikasega oʻxshash blanket (fransuzcha: blanquette) taomi ham bor. Uning eng ommabopi buzoq goʻshtidan tayyorlanadi.

E. I. Moloxovets kitobida toʻsh yoki buzoq qoʻl qismi goʻshtidan tayyorlanib guruch bilan beriluvchi hamda buzoq goʻshti qiymasi va qisqichbaqa magʻzi bilan toʻldirilgan frikassee resepti ham uchraydi[6]. P. P. Aleksandrova-Ignatyeva qaynatilgan xoʻroz toji bilan birga joʻja goʻshtidan dumaloq idishda tayyorlangan frikasseeni tavsiya qilgan[7].

Klassik frikase uchun goʻsht mayda boʻlaklarga boʻlinadi, sariyogʻda ozgina qovurilgach, ustiga un bilan sepiladi va goʻsht yoki tovuq shoʻrvasida dimlanadi. Ovqatda hosil boʻlgan suyuqlik qaymoq va tuxum sarigʻi bilan aralashtirilib, limon sharbati va murch bilan ziravorlanadi. Taomga, shuningdek, qoʻziqorin, yashil noʻxat, qushqoʻnmas va kovul ham qoʻshiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Согласно словарю В. С. Елистратова, фоли-жоли — шутливое пародирование названий блюд во французской кухне.
  2. В. С. Елистратов „Фоли-жоли“,. Язык старой Москвы: Лингвоэнциклопедический словарь: Около 7000 слов и выражений, 2-е, М.: ООО «Издательство „АСТ“», 2004 — 639 bet. ISBN 5-17-021837-0. 
  3. Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко „Фрикасе“,. Кулинарная энциклопедия. Litres, 2017. 
  4. Гиляровский В. А. „Трактиры“,. Москва и москвичи, 2000 экз, М.: АСТ, 2016 — 287 bet. ISBN 978-5-17-096485-7. 
  5. В. В. Похлёбкин 2015.
  6. Молоховец Е. И. „Фрикасе из варёных цыплят или из курицы“,. Подарок молодым хозяйкам. М.: Эксмо, 2012 — 236 bet. ISBN 978-5-699-59217-3. 
  7. Александрова-Игнатьева П. П. „Фрикасе из цыплят“,. Практические основы кулинарного искусства. М.: Corpus, 2013 — 483—484 bet. ISBN 978-5-17-077218-6. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Belovinskiy L. V. Frikase // Illyustrirovanniy ensiklopedicheskiy istoriko-bitovoy slovar russkogo naroda. XVIII — nachalo XIX v. / pod red. N. Yeryominoy. — M.: Eksmo, 2007. — S. 720. — 784 s. — 5000 ekz. — ISBN 978-5-699-24458-4.
  • Glinkina L. A. Frikase // Illyustrirovanniy slovar zabitix i trudnix slov russkogo yazika: ok. 7000 edinits: bolee 500 il. / L. A. Glinkina; xudoj. M. M. Saltikov. — M.: Mir ensiklopediy Avanta+, 2008. — S. 333. — 432 s. — ISBN 978-5-98986-208-5.
  • Похлёбкин В. В. „Фрикасе“,. Кулинарный словарь — 377 bet. ISBN 978-5-699-75127-3. 
  • Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко „Фрикасе“,. Кулинарная энциклопедия. Litres, 2017. 
  • Ratushniy A. S. Frikase // Vsyo o ede ot A do Ya: Ensiklopediya. — M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya „Dashkov i K°“, 2016. — S. 405. — 440 s. — 300 ekz. — ISBN 978-5-394-02484-9.
  • Frikase // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 382. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.
  • Erhard Gorys. Frikassee // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 160. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
  • Charles Sinclair. fricassee // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 231. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.