Augustin-Jean Fresnel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Frenel Ogyusten Jandan yoʻnaltirildi)

FRENEL (Fresnel) Ogyusten Jan (1788.10.5, Broli 1827.14.7, Vild’Avre, Parij yaqinida) — fransuz fizigi, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1823). London Qirollik jamiyati aʼzosi, toʻlqin optikasi asoschilaridan biri. Fizikani mustaqil oʻrgangan. Politexnika maktabida (1806), soʻngra koʻpriklar va yoʻllar maktabi (Parij)da oʻqigan (1809). Ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Interferensiya prinsipini qayta kashf qildi (1815). Gyuygens prinsipini toʻldirdi (Gyuygens—Frenel prinsipi 1816), yorugʻlik difraksiyasi nazariyasini ishlab chikdi (1818), toʻsiq cheti va dumaloq tirqishdan difraksiyani kuzatdi. Yorugʻlik toʻlkinlarining koʻndalangligini isbotladi (1821), nurning ikkilanib sinishini, qutblanish tekisligining burilishini tushuntirib berdi. Ikki muhit chegarasidan yorugʻlikning qaytish va sinish qonunlarini topdi.