Fransua Mitteran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fransua Moris Adrien Mari Mitteran (1916-yil 26-oktabrda Fransiyaning Sharant departamenti Jarnak shahrida tugʻilgan — 1996-yil 8-yanvarda Parijda vafot etgan) — fransuz davlat va siyosat arbobi, Fransiyadagi sotsialistik harakat yoʻlboshchisi, 1981-1995-yillarda Fransiyaning 21-prezidenti. Uning 14 yillik prezidentlik davrida Fransiya har jihatdan taraqqiy etgan mamlakatga aylangan. Mitteran XX asrning eng uzoq yashagan (78 yil 7 oy) hamda prezidentlik muddati tugagandan soʻng eng kam umr koʻrgan (236 kun) prezident hisoblanadi.

Fransua Mitteran (1983-yilda)

Dastlabki hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransua Mitteran 1916-yilning 26-oktabrida Fransiya janubi-gʻarbidagi Sharant departamentining Jarnak shahrida tugʻilgan. Otasi — Jozef Mitteran, injener, temiryoʻl kompaniyasi agenti va sirka ishlab chiqarish korxonasi rahbari boʻlgan. Onasi — Ivonna Lorren. Fransuaning 3 aka-ukalari va 4 opa-singlisi boʻlgan. Jarnakdagi maktabni bitirgach, Fransua Angulemdagi Avliyo Pavel katoliklar kollej-internatiga yuborilgan. Fransua u yerda 1925-1934-yillar davomida tahsil olgan. 1934-yil oktabrda Parijga kelgan va mashhur fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati Fransua Moriak (1885-1970) bilan tanishgan. Fransua kollejda oʻqigan davrida talabalarning „Katoliklar harakati“ aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, siyosatdagi soʻl katoliklar partiyasi — „Sion“, ultraoʻng partiya — „Milliy koʻngillilar“ hamda „Olovli xoch“ tashkilotlariga ham yaqin boʻlgan. Fransiya sotsial partiyasi haqida gazetada maqolalar yozib, ksenofobiya namoyishlarida ishtirok etgan.

Fransua Mitteran (1933-yilda)

Ikkinchi jahon urushi paytida[tahrir | manbasini tahrirlash]

1938-yil aprelda Fransua 23-kolonial piyoda plokiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Sedan qal’asi yaqinidagi nemis fashistlariga qarshi olib borilgan janglarda ishtirok etgan. 1940-yil 14-iyunda Parij nemislar tomonidan egallangan paytda Fransua portlagan mina tufayli tan jarohati olgan va Vitteldagi harbiy gospitalga joʻnatilgan. Tez orada harbiy kasalxonani nemislar egallab, 1.5 yil ular qoʻlida asirlikda saqlangan. 1941-yil dekabrda asirlikdan qochishni uddalagn Mitteran fransuz temiryoʻlchilari yordamida nemislar okkupatsiya qilgan shimoliy zonadan chiqib, Vishi qoʻgʻirchoq hukumati yerlariga yetib keladi. Vishida Fransua Mitteranning hayoti bahslarga sabab boʻlgan. Bir tomondan u nemislarga boʻysunuvchi Vishi hukumatida ishlagan boʻlsa, boshqa tomondan Fransiya ozodligi uchun kurashgan. Harbiy asirlar koʻmagida nemislarga qarshi yerosti bunkerlari tayyorlashda, fransuz qochoqlariga soxta hujjatlar tayyorlashda qatnashgan. 1943-yil noyabrda nemis razvedkasi — SD uni ushlash uchun operatsiya boshlaganida, Londonga qochishga ulgurgan. 1943-yil dekabrda jazoirga kelgan va „Fransiya ozodlik harakati“ raisi Sharl de Goll bilan tanishgan. 1944-yil avgustda Parijni fashistlardan ozod etishda qatnashgan, nemislarning Kaufering va Daxau konslagerlaridagi fransuz asirlarini qutqarishda ishtirok etgan. 1944-yil 28-oktabrda fransuz soʻl harakati qatnashchisi Danielga uylangan. Nikohdan Paskal, Jan-Kristof va Jilber ismli 3 oʻgʻil koʻrgan.

Fransua Mitteran (1947-yilda)

Toʻrtinchi Respublika davrida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urushdan keyin Mitteran Fransiya demokratik va sotsialistik qarshilik ittifoqi" markazchilar guruhi aʼzosi boʻlgan. 1948-yilda ittifoqning qoʻmita aʼzosi boʻlgan, 1953-yil 24-noyabrda Nant shahrida uning raisi etib saylangan. 1947-yil 22-yanvarda hukumat tarkibida front askarlari va urush qurbonlari boʻyicha vazir sifatida kirgan. Toʻrtinchi Respublika davrida (1946-1958) jami 11 xil lavozim va mansablarni egallagan. U Fransiyaning mustamlakachilik siyosatiga qarshi turgan, 1953-yilda Hindi-Xitoydagi urushni tinch yoʻl bilan hal etishni qoʻllagan. Marokash sultoni Muhammad V hibsga olnganidan soʻng, Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlakariga ham mustaqillik berishni talab qilgan. Ammo Jazoirdagi isyon rahbarlarini jazolashda ham ishtirok etdi. Chunki Jazoir mustaqilligiga qarshi oʻta oʻng muxoliflar unga qarshu suiqasd uyushtirgan edilar. 1960-yillarda Fransiya Jazoir, Tunis, Marokash, Gvineya, Mali, Chad, Mavritaniya, Vetnam kabi mustamlakalariga mustaqillik berdi.

Qarshilik harakati rahbari sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransua Mitteran (1968-yilda)

1958-yil 13-maydagi Parij talabalari namoyishidan soʻng, Mitteran de Goll hukumatiga qarshi oppozitsiyaga oʻtdi. U ishlab chiqqan 5-respublika konstitutsiyasini tanqid qildi, xalqni unga ovoz bermaslik haqidagi referendumga chaqirdi, prezident de Gollning hokimiyatini „diktatura“ sifatida ham baholadi. 1968-yilda de Gollning isteʼfosiga erishdi va prezidentlikka nomzodini qoʻya boshladi. 1971-yildan 1981-yilgacha „Sotsialistik partiya“ 1-kotibi boʻlgan. 1974-yilgi prezidentlik saylovlarida Valeriy Jiskar d’Estendan ozgina orqada qoldi.

Prezidentligining birinchi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1981-yil 24-yanvarda Kriteyl shahrida AQSH prezidenti Ronald Reygan bilan uchrashgan Mitteran Sotsialistlar partiyasidan nomzod sifatida prezidentlikka tavsiya etilgan. 1981-yil 21-mayda 51.75 % ovoz bilan Fransiya prezidentligiga saylangan. Mitteran davlat hokimiyatini markazsizlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish, ish haftasini qisqartirish va maoshlarni oshirish siyosatini olib borgan. Ish haftasini 39 soatgacha tushirgan, nafaqa yoshini 60 yosh etib belgilagan, ishchilar uchun 5 haftalikmehnat taʼtili joriy etgan, emg kam ish haqini 15 foizga oshirgan, ikkinchi va uchinchi farzandlar uchun nafqani koʻpaytirgan, yangi tugʻilgan farzandlar oilasi uchun imtiyozlar joriy etgan. 1981-yil oktabrda Adliya vaziri Robert Badenter tashabbusi bilan Fransiyada oʻlim jazosini ham bekor qildirgan. 1981-yil 29-oktabrda Fransiyaga immigratsiyani oshirish uchun qaror qabul qilgan. Unga koʻra, noqonuniy immigrantni faqat 1 yildan ortiq qamoq jazosiga huk qilishgandagi deportatsiya qilishga ruxsat berildi. 1982-yilda 100 mingga yaqin muhojirlar Fransiyada yashash huquqini oldi. 1986-yil sentabrda esa immigrantlar uchun barcha cheklovlar bekor qilindi, Fransiya korxonalari uchun chetdan ishchi kuchi oqib kela boshladi. Ular, asosan, Fransiyaning Shimoliy va Gʻarbiy Afrikadagi sobiq mustamlakalaridan edilar.


Fransua Mitteran va Ronald Reygan (1981)

Prezidentligining ikkinchi davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yil 24-apreldan 8-mayga qadar oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarining birinchi turida Fransua Mitteran 34,10 % ovoz oldi. Ikkinchi turda u kommunistlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va 54,01 % ovoz (16,7 mln saylovchi ovozi) olgan holda ikkinchi muddatga prezidentetib saylandi. 10-mayda Mitteran sotsialisttik partiya vakili Mishel Rokar boshchiligida yangi hukumat tuzdi. Mitteran tomonidan Milliy Assambleya tarqatib yuborilganidan keyin, sotsialistlar nisbatan koʻp oʻringa ega boʻlishdi. Mitteran faol tashqi siyosat olib bordi. 1990-yilda Lyuksemburgning Shengen shahrida Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida immigratsiya va turizmni rivojlantirish uchun YI ga aʼzo har bir davlat chegarasida bojxona va pasport tekshiruvlarini bekor qilish haqida kelishuv imzolandi. 1991-yil bahorida Mitteran mamlakat tarixida birinchi marta ayol kishi — Edit Kressonni hukumat boshligʻi etib tayinladi. SSSR qulaganidan soʻng, tashqi siyosatda Germaniya va AQSH bilan yaqinlashuv boshlandi. Lekin birinchi prezidentligi davrida SSSR bilan aloqalarni kuchaytirgan edi. Masalan, 1984-yil iyunda Moskvaga rasmiy tashrifi chogʻida qamoqqa olingan akademik va muxolifatchi Andrey Saxarov huquqlarini himoya qilib chiqqan edi. Mitteran 1992-yil fevralda Fransiyaning Albervil shahrida oʻtkazilgan XVI Qishki Olimpiada oʻyinlarini ochib berdi. 1993-yilgi parlament saylovlarida koʻp oʻrinlarni oʻng partiyalar egallagach, Mitteran sotsialistik tayanchdan ayriladi. 1995-yil mayda prezidentligini yakunlagan Mitteran, umri oxirigacha Kostitutsiyaviy kengash aʼzosi boʻlib qolgan. 1995-yil 9-mayda Moskvaga Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 50 yilligiga bagʻishlangan paradda ishtirok etish uchun kelgan. Mitteran 1996-yil 8-yanvarda saraton kasalligidan 78 yoshida vafot etadi. Prezident vafot etgan kunda Fransiyada milliymotam eʼlon qilindi. Mitteran Sharant departamentidagi Jarnak qabristoniga dafn etilgan. Dafn marosimida 170 mamlakatdan kelgan vakillar (ulardan 61 nafari turli davlat rahbarlari) qatnashgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning Shon-sharaf legioni ordeni;

Chexiyaning 1-darajali Oq sher ordeni (1999);

Finlandiyaning Oq atirgul ordeni (1983);

Islandiyaning Lochin ordeni (1983);

Italiyaning Shon-sharaf ordeni (1982);

Niderlandiya sheriordeni (1991);

Portugaliyaning shahzoda Genrix ordeni (1983);

Polshaning Shon-sharaf ordeni (1991);

Janubiy Afrikaning Yaxshi Umid ordeni (1994);

Ispaniyaning Izabella Katolichka ordeni (1982);

Buyuk Britaniyaning Hammom ordeni.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1].

[2].

[3].

[4].

[5].

  1. Andoza:"Mitterrand". The American Heritage Dictionary of the English Language (5th ed.). HarperCollins. Retrieved 22 August 2019
  2. Andoza:"François Mitterrand". Merriam-Webster Dictionary. Retrieved 22 August 2019
  3. {{"Fichier des décès – années 1990 à 1999" [Death file – years 1990 to 1999] (in French). National Institute of Statistics and Economic Studies. Retrieved 26 January 2021}}
  4. Andoza:Tiersky, Ronald. François Mitterrand: A Very French President. 2003, Rowman and Littlefield. pp. 38–42
  5. Andoza:Chrisafis, Angelique (5 October 2016). "François Mitterrand's love letters to secret mistress to be published". The Guardian. Archived from the original on 8 October 2016. Retrieved 8 October 2016