Fransiya tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fransiya tarixiga oid birinchi yozma yozuvlar temir asrida yozib qoldirilgan. Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri – 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi.

18-asr oxirida Fransiya inqilobida monarxiya va unga tegishli binolar agʻdarildi.1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya – Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi.

Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

1986— 88-yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25-sentyabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1992-yil 3-yanvar[[da tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 14-iyul – Bastiliya ishgʻol qilingan kun (1789).

Qadimgi tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Massaliya yunon kumush tangasi, miloddan avvalgi 5—1-asrlar.
Vix saroyi, markaziy Fransiya, miloddan avvalgi 6-asr oxiri.

= === Manbalar

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]