Frank Ross

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Frank Ross
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francis Ross
Tavallud sanasi 18-fevral 1998-yil (1998-02-18) (26 yosh)
Tavallud joyi Ellon, Shotlandiya
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2015 Aberdeen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2020 Aberdeen 12 (1)
2018Greenock Morton (ijara) 15 (1)
2019—2020Ayr United (ijara) 0 (0)
2020—2022 Go Ahead Eagles 22 (0)
Milliy terma jamoa
2013

Shotlandiyaning 15 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi[1]
1 (0)
2013

Shotlandiyaning 16 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi[2]
5 (0)
2014—2015

Shotlandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi[3]
7 (1)
2015—2018

Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi[4]
6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 8-noyabr uchun)

Francis Ross (talaffuzi: Frensis Ross) (1998-yil 18-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Frank Ross futbolchilik faoliyati davomida „Aberdeen“, Greenock Morton", „Ayr United“ va „Go Ahead Eagles“ futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Frank Ross „Aberdeen“ futbol klubi safidagi ilk oʻyinini 2015-yilning 16-mayida „Dundee“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[5]. 2016-yilning 3-iyulida Frank Ross „Aberdeen“ futbol klubi bilan ikki yillik yangi shartnoma imzolagan[5]. 2017-yil 3-dekabrda Ross „Rangers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jarima zarbasidan klubdagi birinchi golini kiritgan[6]. 8-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinda Frank Ross „Dundee“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobida gʻalaba) asosiy jamoa tarkibida maydonga tushgan[7].

Ross 2018-yil yanvar oyida Shotlandiya chempionati vakili „Greenock Morton“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan[8]. Shundan soʻng, 2019-yilning 8-iyulida Ross „Ayr United“ futbol klubiga yanvar oyigacha ijara asosida oʻtgan[9].

Frank Ross 2019-yilning may oyida „Aberdeen“ futbol klubi bilan yana bir yilga moʻljallangan yangi shartnoma imzolagan[10]. Biroq, 2020-yil 12-iyunda Ross „Aberdeen“ futbol klubini tark etgan[11].

2020-yilning 20-avgustida Ross Gollandiyaning „Go Ahead Eagles“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ross Shotlandiyaning Ellon shahrida tugʻilgan. Frank Ross sakkiz yoshida „Aberdeen“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan[13].

Frank Rossning katta singlisi Natalie Ross Shotlandiya ayollar milliy futbol jamoasi va klublarida, shu jumladan „Arsenal“ va „Celtic“ futbol klubida ayollar futboli oʻynagan[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 8-sentyabr holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Aberdeen 2014—2015 Shotlandiya Premer ligasi 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2015—2016 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
2016—2017 3 0 1 0 0 0 2 0 6 0
2017—2018 4 1 0 0 0 0 2 1 6 2
2018—2019 1 0 0 0 1 0 0 0 2 0
2019—2020 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 12 1 1 0 1 0 4 1 18 2
Greenock Morton (Ijara) 2017—2018 Shotlandiya chempionati 15 1 3 1 0 0 0 0 18 2
Ayr United (Ijara) 2019—2020 Shotlandiya chempionati 0 0 0 0 2 0 0 0 2 0
Go Ahead Eagles 2020—2021 Eerste diviziyasi 15 0 0 0 0 0 3 0 18 0
Jami 42 2 4 1 3 0 7 1 56 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Francis Ross“. www.scottishfa.co.uk. Scottish Football Association. Qaraldi: 19-may 2019-yil.
  2. „Francis Ross“. www.scottishfa.co.uk. Scottish Football Association. Qaraldi: 19-may 2019-yil.
  3. „Francis Ross“. www.scottishfa.co.uk. Scottish Football Association. Qaraldi: 8-noyabr 2015-yil.
  4. „Francis Ross“. www.scottishfa.co.uk. Scottish Football Association. Qaraldi: 8-noyabr 2015-yil.
  5. 5,0 5,1 „Frank Ross signs new deal“. Aberdeen F.C. (18-iyun 2016-yil). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2016-yil.
  6. „Aberdeen 1-2 Rangers“. BBC Sport (3-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 4-dekabr 2017-yil.
  7. „Dundee 0-1 Aberdeen“. BBC Sport (8-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2017-yil.
  8. „Frank Ross: Aberdeen midfielder joins Morton after signing new deal“. BBC Sport. BBC (18-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2018-yil.
  9. Durent. „Aberdeen midfielder joins Ayr United on loan spell“. The Press and Journal (8-iyul 2019-yil). Qaraldi: 9-iyul 2019-yil.
  10. „Frank Ross signs contract extension“. afc.co.uk (28-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  11. „Aberdeen FC player departures“. Aberdeen FC (12-iyun 2020-yil).
  12. Cryle. „Ex-Aberdeen winger Frank Ross signs for Dutch outfit Go Ahead Eagles, with club announcing move via Scottish-themed social media clip“. The Press and Journal (20-avgust 2020-yil). Qaraldi: 8-sentabr 2020-yil.
  13. „Francis Ross“. AFC. 2016-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2016-yil.
  14. „5 Natalie Ross“. Celtic F.C.. — „Her brother Frank Ross plays for Aberdeen.“. Qaraldi: 8-aprel 2019-yil.