Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Sharofat Ismoilova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaxshi kitob mutolaasi xuddi epidemiyaga o’xshaydi. Uni sevimli insonlaringdan birining qo’lida ko’rasan va senda ham o’qib chiqish xumori boshlanadi. Men esa bu ikki asarni maktabimizda, avval 10-11 sinf o‘quvchi qizlari qo‘lida, keyin quyi sinf o‘quvchi qizlari qo‘lida (usti o‘ralgan holda) qayta-qayta ko’raverdim va ... Albatta, bu asarlar jahon adabiyoti durdonasiga aylanib qolishiga shubham bor, ammo ularda o’smirlik tuyg’ulari, muhabbat, hayotsevarlikning betakror tasviri bor!

  “Yulduzlar aybdor”da og’ir kasallikka chalingan o’smirlarning qudratli azoblarga nozik jussasi, muhabbat to’la qalbi bilan kurashayotganini ko’rib beixtiyor hayotim davomida ko’rgan jamiki qiyinchiliklarim zarradek arzimas bo’lib tuyuldi. 

Biz tragediya deb qabul qiladigan ayrim hayotiy hodisalar shunchaki hodisot ekan… Muhabbat esa biz umrimiz soniyalarini sarflashga arziydigan oliy tuyg’ulardan biri! Asarda faqatgina ikki juftlik muhabbati emas, onaning farzandga bo’lgan muhabbati ham beqiyos tasvir etilgan. Bunday fidoyilik va jo’shqin fojeaviy yakun tarixi “To seni topgunimcha”da ham talaygina. Uill Treynorning tavakkal va omadga to’la o’tmish hayoti uni o’zining aravachaga mixlangan hayotiga evtanaziya yo’li bilan nuqta qo’yishga arziydigan sabab sifatida keltirilsa-da, Uillning onasi o’rnida bu hodisani hecham hazm qilolmadim, afsus… Ammo asarlardagi qizlar, xuddi atirgullardek!!! Garchi ular chiroyli va to’kis bo’lmasa-da baribir guldek latofatli, faqat va faqat sevishga arziydi! Aslida ham ayol gulning o’zi, parvarishlasang ochiladi, qo’pollik qilsang sanchiladi, ko’rsang ko’zni quvnatadi. U hattoki, singanida, qurib qolganida ham dunyoga muattar iforlarini taratib ketadi! Sharofat Ismoilova (munozara) 09:54, 7-Iyun 2022 (UTC)