Foydalanuvchi munozarasi:Sevinch09

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

,,Odam bo'lish romani haqida[manbasini tahrirlash]

Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida Oʻzbek adabiyotida Odam boʻlish qiyinOʻlmas Umarbekovning „Odam boʻlish qiyin“ romani tugʻildi. Asar real voqealarga asoslanib yozilgandek oʻziga jalb etadi. Asarda ota-onaga hurmat, qadr-qimmat, odamiylik tuygʻulari, yosh qalbning tuygʻulari, oʻzbeklarning sodda va mehribonligi, oʻspirin bolaning orzulari va shunga oʻxshash voqealar ibrat qilib yoritib berilgan.

Unda Oʻzbek ayolini yaqqol namoyon etgan Hojar buvi (Zavod aya yoki „Otinbibi“), kuni faqat qora mehnatda oʻtadigan qoʻllaridan har doim benzin isi alqab turadigan Obid aka, oʻzining jonkuyar mehnati uchun „Qahramon unvoni“ni olgan qishloqning oldi odami Yusuf aka, Maktabda yaxshi xulqi va aʼlo baholar bilan oʻqib kelayotgan Abdulla va Qishloqning aqlli qizi Gulchehraning hayotidan hikoya qilingan.

Asar qahramonlari Abdulla, Gulchehra, Samad, Sayyora kabi endigina maktabni bitirgan, katta hayot ostonasida turgan yoshlardir. Ularning har birini oʻz maqsadi, oʻz rejalari bor. Lekin, bu qahramonlarning bir biridan farqi — ana shu maqsadlariga qanday erishishlarida.

Abdulla — yaxshi, oʻqimishli va ziyoli oilaning yakka — yu yolgʻiz farzandi. Maktabda aʼlo baholarga oʻqib, oltin medal bilan yakunlaydi. U yaxshi tarbiya olgan, doimo yaxshi oʻqishga, yaxshi kasb egasi boʻlishga, yuqori choʻqqilarni zabt etishga intilgan. Lekin bu intilish keyinchalik boshqa yoʻnalishga oʻzgarib ketadi. Maqsadlar, rejalar oʻsha, ammo maqsadga erishish yoʻli oʻzgaradi. Abdulla otasiga oʻxshashni xohlamaydi, shohona hayotni, yaxshi mansablarni istaydi, bu yoʻlda bir qizning hayotini barbod qiladi.

Gulchehra — oddiy qishloq qizi, chiroyli, aqlli qiz. U ham maktabni yakunladi, koʻpchilik qatori shaharga ketmasdan, qishloqda qolib, uni obodonlashtirishni, qayta qurishni orzu qiladi. Ilk bor sevib qoladi. Balki bu sevgi ham emasdir. Ahir hech kimga koʻngil qoʻymagan, yaxshi yomonni farqiga bormaydigan qiz edi. Abdulla va Gulchehraning sevgisini yoshlikdagi oddiy havas deb tushinish mumkin. Ikkisi ham bu hisni ilk bor tuyishadi va ilk bor dunyoda shunday tuygʻular borligini bilishadi. Sevinch09 (munozara) 05:43, 27-Fevral 2024 (UTC)[javob berish]