Foydalanuvchi munozarasi:Ozoda Komolxon qizi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent viloyati Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi– Inson kamol topib, jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo‘lib yetishishi bir qator omillarga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Masalan, uning nasl-nasabi, dunyoga kelgan oilasidagi muhit, o‘qish-yozishni o‘rgangan dargohida ta’lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat, do‘st-u birodarlarining fazilatlari, hamkasblari bilan aloqalari va hokazo. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Ammo insonga kitob deb atalmish bir buyuk ne’mat in’om etilganki, uning ahamiyatini boshqa biror narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblaydi. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

         Insonni o‘qimishli, ziyoli ekanligini uning bir og‘iz so‘zidan ham bilib olish mumkin. Kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytiradi. Yaxshi kitob o‘qigan sari kishida hayotga o‘zgacha bir nazar bilan qarash boshlanadi. Muxtasar qilib aytganda, kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Bir narsa aniq: zamonaviy inson kitobsiz yashashi mumkin emas. Kitob o‘qish, bu — hayotdagi o‘sish, ilgarilash, rivojlanish, kamol topish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, mustaqil ta’lim olishdir. Demak, u insonga foyda keltiradi, o‘ziga ishonchini mustahkamlashga yordam beradi. Ziyo maskani! Ha anglaganingizdek, bugun so‘zimiz kitob va kitobsevarlarning sevimli oshyoni kutubxona haqida bo‘ladi. Hamma zamonlarda ham insoniyat kutubxonaga ehtiyoj sezgan, kutubxonadan foydalangan va kutubxonalar doimo ma’rifat va ma’naviyat maskani darajasida e’zozlangan. Har bir inson dastlabki tarbiyani, ya’ni ma’naviy ozuqani oilada ota-onadan oladi. Ulg‘aygan sari kitobga murojaat qila boshlaydi. Kitob tafakkur, ma’naviyat, ahloq manbai ekanligi, uning inson kamolotida tutgan o‘rni erkin fikrlash, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charhlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlayveradi, kitob o‘qimagan insonning esa ongi ma’naviy qashshoqligicha qolaveradi. Qisqa qilib aytganda, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Kitob beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksaklikka erishishning eng asosiy manbaidir.” Inson umri, uning har bir kuni, har soati, har daqiqasi “Hayot” deb atalmish ajib bir “kitob” zarvaraqlariga bitilib boradi. Kitob - millatni millat qiladi, xalqni o‘zini tanishiga, milliy g‘ururini uyg‘otishiga xizmat qiladi. Haqiqiy kitob saviyani yuksaltiradi, dunyoqarashni kengaytiradi. Kutubxona esa insoniyatni birlashtiradi. Ma’lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas. Quyida shunday kutubxonalardan biri bo‘lgan, ellik yillik tarixga ega Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi va tumanda faoliyat yuritayotgan boshqa kutubxonalar faoliyati yoritiladi. Toshkent viloyatining Zangiota (avvalgi Kalinin) tumanida 1970 yilning sentyabr oyida madaniyat bo‘limi tasarrufida markaziy va bolalar kutubxonalari tashkil etilib, dastlab ularning jami kitob fondi 4000 dona bo‘lgan. 1980 yilga kelib ushbu kutubxonalar markazlashgan kutubxonalar tizimiga o‘tgan va tumanning qishloq fuqarolar yig‘inlarida uning filiallari tashkil etilgan. Jami markaziy va bolalar kutubxonasi hamda 24 ta filial kutubxonalari 2006 yilgacha tuman markazlashgan kutubxonalar tizimi sifatida aholiga xizmat ko‘rsatib, ma’naviy ozuqa ulashib kelgan. 2006 yilgi huqumat qarorlariga asosan, ushbu kutubxonalar ta’lim muassasalari tasarrufiga o‘tdi. O‘n uch yil mobaynida markaziy kutubxona tuman markazidagi avvalgi joyida saqlab qolinishiga erishilib, tuman aholisiga doimgidek xizmat ko‘rsatishni davom ettirib keldi.(Ko‘p joylarda bunday kutubxonalar yo‘q bo‘lib ketgandi). Ammo bu kutubxona tuman markazidagi dorixonaning omborxonasida, moslashgan tarzda faoliyat yuritar edi. Vaziyatdan, sharoitdan qat’iy nazar bu yerda faoliyat yuritgan, kasbiga sadoqatli bo‘lgan fidoiy kutubxonachilar tuman aholisi orasida kitobxonlikni va yangi chop etilgan kitoblarni targ‘ib qilishdan to‘xtamadilar. Shu o‘rinda 1980-1990 yillarda fidoiylik bilan xizmat qilgan, kutubxonaga rahbar bo‘lgan xodimlarni eslashni joiz deb bildik. Bular: Dilbar Jo‘rayeva, Azim Nishonov, Ra’no Voxidovalar (barchalarini Olloh rahmatiga olgan bo‘lsin), ushbu kutubxonaning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan insonlar sanaladilar. Shuningdek Toshkent viloyati “TURON“ kutubxonasiga va Toshkent viloyati tumanlaridagi markazlashgan kutubxonalar tizimiga uzoq yillar rahbarlik qilgan Vazira Sobirovani ham bu kutubxonanig rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan doim aholining kitob o‘qilishiga, yoshlarning kitobxon bo‘lib tarbiyalanishlariga hamda Respublika kutubxonalariga qaratgan yuksak e’tiborlari sababli, 2019 yil 7 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” 4354-sonli Qarori qabul qilindi. Bu Qaror Zangiota tumani aholisi va kutubxona xodimlari uchun muhim voqea bo‘ldi. Chunki, Zangiotaliklar ma’naviyatli, yoshlari bilimga chanqoq, kitobsevar insonlardir. Yana bir quvonarli jihat shundan iboratki, 50 yillik tarixga ega, o‘sha saqlanib qolingan kutubxona o‘zining yigirma minglik kitob fondi bilan tumanda barpo etilgan muhtasham madaniyat saroyida axborot-kutubxona markazi sifatida axborot-bibliografiya xizmati, fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati, abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati, aborot-kommunikasiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati shuningdek texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limilari asosida faoliyat yurita boshladi. 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning to‘rtinchi tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan” Tashabbus tuman hokimidan tortib tumanning kutubxonachi va kitobxonlari uchun katta shodiyonaga aylandi. Shu o‘rinda Zangiota tumani hokimi A.U.Tamikayevning tuman yoshlarini kitobxonlikka jalb qilish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bilan bog‘liq barcha tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlari, bu borada olib borilayotgan islohotlarning nechog‘li to‘g‘ri ekanligini qalbdan his qilishlari va buni amalda targ‘ib qilayotganliklarini alohida ta’kidlash joiz. Ilgari surilgan to‘rtinchi tashabbus doirasida 2019 yilning iyul oyida AKM tashabbusi bilan tuman miqyosida ikki marotaba "Bizni kitobxonlik birlashtiradi", "Komillik kitobxonlikdan boshlanadi" shiori ostida kitob marafoni, ijodkorlar bilan uchrashuv tarzda, kitob do‘konlari va nashriyotlar jalb qilingan holda o‘tkazilganligi, bu marafonda bosh homiy tuman hokimligi bo‘lganligi, turli tashkilot, korxona xamda tadbirkorlar faol ishtirok etganligi, natijada AKMning kitob fondi 3544 dona yangi chop etilgan badiiy adabiyotlar va 7 dona kompyuter jamlanmasi, 2dona 3/1 nusxa ko‘chirish apparati, 3 dona kondisioner, 80 dona yangi kitob javoni, 80 dona o‘quv zali uchun stol-stul, kabinet jihozi bilan axborot-kutubxona markazi boyitilishiga erishilganligi so‘zimizning isbotidir. Marafonda ijodkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod, shoirlar Botirjon Ergashev, Rustam Mirvohid hamda xonanda Shuhrat Daryolar ishtirok etib, marafonga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdilar hamda o‘zlarining sara kitoblari bilan kutubxona fondini boyitdilar. Aslida biz bugun bayon etayotgan kutubxona, tuman aholisi bilan el suygan, hurmat qozongan O‘zbekiston Qahramonlari, Xalq yozuvchi va shoirlari, akademik, olimlar, Zulfiya va Nihol mukofoti sovrindorlari, Xalq artistlari, sportchilari bilan muntazam uchrashib turadigan ko‘prik vazifasini bajarib kelgan. Bulardan: O‘zbekiston Qaxramonlari, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov, O‘zbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripov,Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq artisti Zikir Muxammadjonov, O‘zbekiston xalq shoirlari Muxammad Yusuf, Anvar Obidjon, Sirojiddin Sayyid, Maxmud Toir, Usmon Azim, O‘zbekiston xalq yozuvchilari Shukrullo, O‘tkir Xoshimov, Toxir Malik, Erkin A’zam, Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘zbekison xalq artistlari Muxammadali Abduqunduzov, Tesha Mo‘minov, Gavhar Zokirova, Muqaddas Xoliqova, Zuhra Ashurova, Farrux Zokirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shohida Ismoilova, akademiklar Naim Karimov, Akmal Saidov, Abdulla A’zamov, Navoiyshunos olimlar Yusuf Tursunov, Bobomurod Eraliyev, adabiyotshunos olimlar Umarali Normatov, Abdurasul Gʻofurov, Ibrohim Gʻofurov, Muxabbat Sharofiddinova, Bahodir Karim, Boburshunos olimlar Burobiya Rajabova, Botir Yo‘ldoshev, kompozitor Dilorom Omonullayeva, shoiralar Tursunoy Sodiqova, Kavsar Turdiyeva, Muxayyo To‘laganova, Muxayyo Mirsaidova, shoirlar Nodir Jonuzoq, Rustam Musurmon, Rustam Mirvohid, Ahtamquli, Nihol mukofoti sovrindorlari xonandalar Rayhon Gʻaniyeva, Ilyosbek Arabov, raqqosa Muhabbat Qurbonova hamda xonanda Shuhrat Daryolar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari Mohinur Jalolova,Chaman Jonuzoqova, Osiyo Jaylobovalar, ehhe, tuman kutubxonasida mehmon bo‘lib, kitobsevarlar, kitob shaydolari bilan uchrashganlarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. 2020 yil 22 yanvar kuni AKMning rasman ochilishi marosimi an’anaga sodiq qolgan holda kitob marofoni va ijodkorlar bilan uchrashuv tarzida o‘tkazildi. Marosimda senator, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalq shoiri Mahmud Toir, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari Nasiba Xoldorova, “TURON” axborot-kutubxona markazi ma’muriyati, “TURON” viloyat axborot-kutubxona markazining sobiq rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vazira Sobirova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar Botirjon Ergashev, Zohid Olov, shoiralar A.Umirova, S.Mehmonova, Ozarbayjon madaniyat markazi xodimi Kifoyatxonimlar tuman aholisi va yoshlari bilan uchrashdilar. Ushbu o‘tkazilgan marofonda kutubxona fondi yana mingga yaqin yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitilib, hozirgi kunda jami AKMning kitob fondi 32 mingdan ziyodni tashkil etadi. 2019 yil iyunь oyiga qadar markaziy kutubxonadan 700 nafar kitobxon foydalangan bo‘lsa, Prezident qarori, hokimlik tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, shakllantirilgan yangi fond sababli axborot- kutubxona markazining kitobxonlari soni keskin oshib, hozirga kelib 4500 nafarga yetdi. Axborot-kutubxona markazi negizida tuman axolisining barcha qatlamini qamrab olish, aholi orasida adabiy muhitni shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini o‘stirish va yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman markazidan olis 28 ta MFYda hamda ko‘zi ojizlar jamiyatida ko‘chma kutubxonalar tashkil etilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar maktabgacha ta’lim muassasasi, Maxsus avariya tiklash boshqarmasiga qarashli 15361-sonli harbiy qism, Samarqand zooveterenariya institutining Toshkent viloyat filiallari bilan hamkorlik shartnomasi asosida faoliyat olib borilmoqda. Bundan tashkari yuzdan ziyod qariyalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor hamda ko‘zi ojiz fuqarolarga AKM xodimlari tomonidan kitob elituvchilik xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Kitob shunday bir moʻjizakorki, ularni mutolaa qilgan sari kitobxonlar ma’naviy yetuklik cho‘qqisini zabt etadilar. Axborot-kutubxona markazida “Kitob-qalb quyoshi” nomli faol kitobxonlar klubi tashkil etilgan. Klub a’zolari adabiyotshunos olimlar, filologlar, tarixchilar hamda kitobsevar yoshlardan iborat bo‘lib, AKMning barcha ommaviy, yoshlarni kitob o‘qishga jalb etishga qaratilgan tadbirlarda AKM xodimlariga yaqindan yordam berib kelmoqdalar. 2020 yilning 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan vidioselektor yig‘ilishida, O‘zekiston Respublikasi Prezidenti Murojatnomasida va yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ta’minlash, “Besh muhim tashabbus” doirasida tuman yoshlari o‘rtasida AKMga yoshlarni jalb qilish, yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib yetishishiga alohida ahamiyat qaratilib, ular bilan ishlash bo‘yicha har oyda oylik rejalar tuzilib, umumta’lim maktablarida, mahallalar, tibbiyot muassasalarida, korxona va tashkilotlarda yangi chop etilgan badiiy adabiyotlarining taqdimotlari, davra suhbatlari, uchrashuv va xotira kechalari, intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Ayniqsa “Akademik va yoshlar uchrashuvi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlamentlararo ittifoq ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidovning axborot-kutubxona markaziga qilgan tashrifi va yoshlar bilan uchrashuvi aholi orasida katta taassurot uyg‘otdi. Shu kuni A.Saidov axborot-kutubxona markaziga 485 dona badiiy va huquqshunoslikka oid yangi adabiyotlar sovg‘a qildi. Shuningdek 2020 yil 9 fevral kuni o‘sib kelayotgan yosh avlodni millatparvar, o‘z yurti tarixi haqida chuqur bilimga ega, intelektual salohiyatli va jahon tarixidagi buyuk shaxslarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida o‘zbek xalqining ikki buyuk farzandi, she’riyat mulkining ikki sultoni Mir Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludi kunlariga bag‘ishlab “Asrlarga asrdosh – avlodlarga zamondosh” deb nomlangan ijodkorlar bilan uchrashuv kechasi o‘tkazildi. Uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari N.Jonuzoq, adabiyotshunos olim Sayfiddin Rafiddinov, Navoiyshunos olim Yusuf Tursunovlar ishtirok etdilar. Tadbirda 350 nafar tuman aholisi ishtirok etib ularning 180 nafari yoshlardan iborat bo‘ldi. 2020 yil 11 fevral kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan, tuman madaniyat, mahalla jamoat fondi tuman bo‘limlari hamkorligida buyuk mutaffakkir Alisher Navoiy va davlat arbobi, shox va shoir Z.M.Bobur tavalludlari kuniga bag‘ishlangan “She’riyat mulkining ikki sultoni ” mavzusida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Alisher navoiy nomidagi adabiyot muzeyining katta ilmiy xodimi, Navoiyshunos olim Yusuf Tursunov va tumanimiz ijodkorlari A.Xatamov va O.Quvvatovlar mehmon bo‘ldilar. Tadbirda 220 nafar tuman aholisi ishtirok etdilar. 2020 yil 26 fevral kuni AKMda umumta’lim maktablari o‘quvchilari va 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yosh kitobxonlar o‘rtasida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining tuman hokimi sovrini uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. AKM hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi tashabbusi hamda Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, Xalq ta’limi, Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limlari hamkorligida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhum tashabbusi doirasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda 80 nafar yoshlar ishtirok etdilar. 2020 yil ko‘klamning ilk kuni hassos shoira, bahor, Vatan, ezgulik va nafosat kuychisi – Zulfiyaxonim tavalludi kuniga 105 yil to‘lishi munosabati bilan, yurtimizda bahor shukuhi kezib yurgan qutlug‘ sana 1-mart kuni Zangiota tumani Axborot-kutubxona markazida "Bahor keldi seni so‘roqlab..." mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Unda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Xalq ta’limi xodimi, adiba Muhayyo To‘laganova, shoira Muhayyo Mirsaidova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari Chaman Jonuzoqova, Osiyo Jaylobova, shuningdek, nuroniy otaxon va onaxonlar, tumanning 14-umuta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari va faol kitobxonlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida Zulfiyaxonimning bosib o‘tgan ibratli hayoti haqida hikoya qilinib, ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy va she’riy chiqishlar namoyish etildi. Uchrashuv qizg‘in taassurotlarga, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Mehmonlar va kitobxonlar uchun kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Ijodkor mehmonlar kutubxonaga o‘z kitoblaridan taqdim etishdi. Tadbir so‘nggida kutubxonaga 55 nafar yangi yoshlar a’zo bo‘lib, o‘zlari qiziqqan kitoblarini o‘qish uchun oldilar. Respublikamizda 2020 yilda pandemiya tufayli karantin e’lon qilingan kundan boshlab, axborot-kutubxona markazi ko‘pgina madaniy-ma’rifiy muassasalar qatorida o‘zining kitobxonlarini onlayn tarzda xizmat ko‘rsatish tartibiga o‘tib, Telegram t.me/zangiota_akm, facebook www.instagram.com/zangiota_akm, instagram www.instagram.com/zangiota_akm, YouTube Zangiota axbotot-kutubxona markazi, www.zangiotaakm.zn.uz, Twitter @ZangiotaAKM tarmoqlarida rasmiy kanallarini yaratdi. AKMda kitoblarning elektron shakli yaratilib, onlayn tadbirlarni o‘zining kitobxonlariga havola etib bordi. Bulardan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Axmad tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi, kechada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, adabiyotshunos olim Bohodir Karim, tuman “Istiqbol” gazetasining bo‘lim boshlig‘i, filolog Dilbar Sharipovalar ishtirok etidilar. “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan onlayn tadbirda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, tumandoshimiz Mohinur Jalolova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, adiba Muhayyo To‘laganova, shoira Muhayyo Mirsaidovalar ishtirok etdilar. Karantin davrida har kuni AKM fondidagi durdona asarlarning onlayn taqdimotlari o‘tkazilib, ularning elektron shakli kanallarda berib borildi. Shuningdek, onlayn kitob ko‘rgazmalari, adiblarning tavallud kunlariga bag‘ishlangan ijodiy, she’riyat va xotira kechalari onlayn tarzda kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Karantin qisman yumshatilgach kutubxonada karantin qoidalariga rioya qilingan holda tadbirlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Joriy yilning 27 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan vidioselektor yig‘ilishida, «Yoshlar forumi-2020», Prezidentning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish chora-tadbirlari dasturi va «Besh tashabbus»ning to‘rtinchi tashabbusi doirasida joriy yilning 28 yanvar kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida «O‘tkan kunlar ibrati» nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Kechada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, adabiyotshunos olim Bahodir Karim va adabiyotshunos olimlar Olim To‘laboyev, Olim Usmonovlar, «Tong yulduzi» gazetasi muxarriri Ahtamquli, hamda «Hilol» nashriyoti muxarriri Bobomurod Eraliyevlar ishtirok etadilar. Tadbirda 80 nafar yoshlar ishtirok etdilar.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi “Buyuk allomalar, adib va mutaffakkirlarimiz ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3721-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli Qarori hamda 2020-yil 26-dekabrdagi “Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish”ga qaratilgan “Yosh kitobxon” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi (07-07/1-1502, 28.12.2020-y.) majlis bayoni ijrosini ta’minlash, Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida  joriy yilning 30 yanvar kuni “Yosh kitobxon” tanlovining mahalliy bosqichi  bo‘lib o‘tdi. “Yosh kitobxon” tanlovi 3 yosh  10-14 yosh, 15-19 yosh, 20-30 yoshlilar  toifasida tashkil etildi. Unda  22  nafar yoshlar ishtirok etib, ikkita shart bo‘yicha bellashdilar. 10-14 yosh toifasida: 14-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Kamron Muhammadiyev, 15-19 yosh toifasida: 15-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchisi Nazokat Jo‘rayeva, 20-30 yosh toifasida: Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Madinabonu Gʻulomovalar birinchi o‘rinni egallab, ko‘rik tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4865 sonli “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” gi Qarori hamda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha  ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash va yoshlarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga jalb etish, aholi orasida adabiy muhitni shakllantirishga erishish, yoshlar ongida milliy adabiyotimizning durdona asarlari, ajdodlarimizga hurmat ruhini singdirish maqsadida joriy yilning 6 fevral  kuni  Alisher Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan allomaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Asrlarga asrdosh- avlodlarga zamondosh” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Kechada Navoiyshunos olim, tarjimon, tadqiqotchi, “Zilol buloq” nashriyoti muharriri Bobomurod Eraliyev va Muqimiy nomidagi drama teatri aktyorlari ishtirok etdilar.
       Tadbirda buyuk siymo ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu kechada 120 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
         Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi  781-son qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Milliy dasturi tasdiqlanishi, ushbu dasturda aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” deb belgilaganligi munosabati bilan joriy yilning 5 aprel  kuni axborot-kutubxona markazida kitob haftaligining tantanali ochilish marosimi davra suhbati va Daniyalik yozuvchi Xans Kristian Andersen ertak kitoblarining taqdimoti shaklida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “Barkamol avlod yurt kelajagi” va “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilinib, X.K.Andersenning “Qor malikasi”, “Laylaklar”, “Sandiq samalyot” nomli kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
         “Kitobxonlik haftaligi” doirasida joriy yilning 6 aprelь kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan “Navro‘z” MFYda  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan AKMga sovg‘a qilingan yangi adabiyotlar yuzasidan “Kitobsiz yashab bo‘lmas” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilinib, Erkin A’zamning “Yozuvchining bog‘i”, Toxir Malikning “Baxt qasri”, “So‘ngi o‘q” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot ko‘tarinki, bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi va kitobxonlarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbirdan so‘ng 25 nafar kitobxon AKMga a’zo bo‘lib ko‘tgazma uchun olib borilgan kitoblardan o‘qish uchun oldilar.
         “Kitobxonlik haftaligi” doirasida joriy 7 aprel kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 32-sonli umumta’lim maktabida O‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludi kuni munosabati bilan “Meni albatta o‘qirlar va unutmaslar…” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Adabiyotshunos olim B.Karimning “Abdulla Qodiriy fenomeni” hamda “O‘tkan kunlar ibrati” nomli kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.  Taqdimotda 30 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
        “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 8-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent viloyai “TURON” axborot-kutubxona markazi va Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Oilamiz bilan kutubxonaga…”, “Kitobxon oila” loyihalari asosida  “Maroqli mutolaa” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek Milliy kutubxona tomonidan tashkillashtirilgan kitob karvoni “Bibliobus” tuman markazi va Nazarbek MFYsiga tashrif buyurib, yangi chop etilgan sara kitoblarning yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirda 3 nafar faol kitobxon oilalar  “Kitobsiz yashab bo‘lmas”, “Kitob ma’naviyatning qanotidir”,  “Kitobning oilamizda tutgan o‘rni” mavzularida o‘zlarining fikr muloxazalari bilan o‘rtoqlashib oilada kitob o‘qishga qiziqtirish usullarini aytib o‘tdilar, hamda badiiy adabiyotga oid savollarga tezkor javob berdilar. Tadbirda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva ishtirok etib, uchchala oilaga  hamda tuman axborot-kutubxona markaziga Milliy kutubxonada chop etilgan sara kitoblardan sovg‘a qildi. Shuningdek Toshkent viloyati  “TURON” axborot-kutubxona markazidan Muyassar Maxkamova tomonidan ham oilalarga va AKMga kitoblar  sovg‘a qilindi. Tadbirda 80  nafar kitobxonlar ishtirok etib, o‘zlari qiziqqan kitoblardan o‘qish uchun oldilar. Kunning ikkinchi yarmida shunday tadbir Nazarbek mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi. Mahalla idorasiga yig‘ilgan yoshlar va aholi hamda kutubxonachilar o‘rtasida qiziqarli rebus o‘yinlari o‘tkazildi. Tadbirda 50 nafar aholi va yoshlar ishtirok etdilar. O‘tkazigan davra suhbati va qiziqarli o‘yinlar, ayniqsa kitob karvoni “Bibliobus”ning tashrifi Zangiotaliklarda katta taassurot qoldirdi.
       9 aprel kuni ya’ni “Kitobxonlik haftaligi” ning beshinchi kuni Zangiota tumani axborot-kutubxona markazida  "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Buyuk sohibqiron, sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag‘ishlab “Dovyuraklar yashar abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va To‘lqin Hayitning “Buyuk salohiyat sohibi”, Fransuz  Temurshunos olimi, professor Marsel Brionning “Menkim, sohibqiron – Jahongir Temur” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda tumanimizning 14,15-sonli umumta’lim makab o‘quvchilari va 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirok etib, Amir Temur o‘gitlari va u haqidagi she’rlar  hamda kitob, kitobxonlik, kutubxonalar haqidagi hikmatli so‘zlardan yodlab berdilar. Shuningdek haftalikning tantanali yopilish marosimida “Yosh kitobxon-2021” tanlovining viloyat bosqichiga chiqqan g‘oliblar Muhammadiyev Kamron, Gʻulomova Madinabonu, Jo‘rayeva Nazokatlar qatnashib, kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘stligi haqida so‘zlab berdilar va tanlovda qatnashish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida aytib, bu tanlovda ishtirok etib, o‘zlariga nimalarni olganliklari haqida so‘zlab berdilar. Tadbirda 150 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
       Milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, zamonaviy o‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etgan, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib va tavalludining 85 yilligini keng nishonlash hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida joriy yilning 24 aprelь kuni “O‘zbek estrada san’atining asoschisi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Gavhar Zokirovalar, O‘zbekistondagi Ozarbayjan elchixonasi qoshida tashkil etilgan Xaydar Aliyev nomidagi Ozarbayjan madaniyat markazi direktor muovini janob Zeynalov Po‘lad Muallim, yozuvchi Ashurali Jo‘rayev, umidli honanda Nodir Tursunovlar ishtirok etdilar.
       Xalqimiz orasida “Kitobsiz aql – qanotsiz qush” degan maqol bejizga aytilmagan. Inson har bir ilmni ustoz va albatta, kitobdan o‘rganadi. Kitob – insonning eng yaqin do‘stidir. Tashkillashtirayotgan har bir davra suhbatlarimizda so‘zboshi sifatida bu kabi ibratli fikrlarni talqin qilishimiz orqali yoshlarni chuqur hayotiy tajribaga safarbar eta olamiz. Shu ma’noda bugungi tadbirda ham yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, aholining barcha qatlamini kitob o‘qishga jalb qilish, milliy o‘zbek adabiyoti, xususan, hozirgi zamonaviy durdona asarlar bilan tanishtirishdan iborat. Bugungi kunda aholi o‘rtasida bestseller bo‘lgan “Yurak bo‘ronlari” nomli kitobining muallifi  O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi, yozuvchi Ashurali Jo‘rayev bilan suhbat o‘tkazilib uning ushbu kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda 450 nafar aholi va yoshlar ishtirok etdilar.
       Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan faxriylarimizga yuksak ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish davlatimizning hamisha e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Joriy yilning 6 may kuni Zangiota tuman Kengashi deputati, tuman axborot-kutubxona markazi direktori Surayyo Axmedova xodimlari bilan birgalikda tumanda istiqomat qilayotgan bugungi tinch va nurafshon kunlarimizning sababchilari bo‘lgan Ikkinchi jahon urishi qatnashchisi Esonali Mo‘yiddinov hamda front orti faxriysi Rahima Oyxo‘jayevalar xonadonlariga tashrif buyurib, ular holidan xabar oldi va ular bilan dildan suhbat qurdi. Yuzma-yuz suhbat chog‘ida faxriylar dunyo xalqlari boshiga musibat solgan mash’um urush, o‘sha og‘ir kunlarni matonat bilan yengib o‘tgan ota-bobolarimizning yengilmas irodasi, cheksiz matonati haqida so‘zlab berishdi. Yoshlarga bugungi tinch-osoyishta kunlarga osonlikcha erishilmagani, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash lozimligi yurtimizda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda chuqur bilim olish, yaxshi kasb egasi bo‘lish, shu orqali Vatanimiz taraqqiyoti uchun hissa qo‘shish yosh avlodning muqaddas burchi ekanligini ta’kidladilar. Bo‘lib o‘tgan bu suxbat video tasmaga yozilib AKMda 9-may Xotira va qadrlash    kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda yoshlar e’tiboriga havola qilindi.
         Respublika bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilayotgan "Yurtim munavvar oqshomlari" festivali doirasida Zangiota tumanida ham ushbu festivalni o‘tkazish uchun 14 may kuni soat 19:00da start berildi. Tumanning Yoshlar bog‘ida axborot-kutubxona markaziga sayyor kutubxona tashkil etish uchun maydon ajratildi. Bu yerda kutubxona tomonidan yangi chop etilgan  kitoblardan ko‘rgazmalar tashkil qilinib, kitoblar noan’anaviy tarzda sirli sandiqlarda namoyish qilindi. Kitobxonlar kitob o‘qib o‘tirishlari  uchun ham noodatiy sharoit yaratilib, kitobxonlar o‘tirib kitob o‘qishlari uchun chim ustiga to‘nkalar qo‘yilib, yostiqchalar to‘shaldi. Maydon axborot-kutubxona markazi faoliyatini yorituvchi va QR kodli kitoblar plakatlari hamda kitoblarning maketi bilan bezatildi. Ajratilgan maydonni bezatishda milliylikka alohida e’tibor qaratildi. Asosiy ko‘zlangan maqsad esa  aholining hech qanday to‘siqsiz, erkin holatda kutubxonadan foydalanishiga sharoit yaratildi. 14-maydan 14-iyunga qadar bo‘lib o‘tadigan ushbu festival doirasida AKM tomonidan har kuni turli mavzularda tadbirlar o‘tkazish belgilanib, qiziqarli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbir davomida har kuni 150 nafardan ziyod aholi kutubxona xizmatidan foydalanib, yangi chop etilgan kitoblar bilan tanishmoqdalar. Ha , aytgancha bu yerda yana Kumush, Otabek,  shum bola va boy obrazlari jonli gavdalantirilmoqda. AKM tomonidan juda qizikarli va maroqli tashkillashtirilgan ushbu tadbirda tuman hokimi A.Tamikayev boshchiligidagi bir guruh muttasaddilar hamda tumanga tashrif buyurgan mehmonlar ham  ishtirok etmoqdalar.

2019-2020-2021 yillarda AKM rahbarligida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. AKM tomonidan Zangiota tumani haqida “Ozod elning obod go‘shasi” nomli bibliogrfik ko‘rsatkich tuzilib, 20 nomda kartoteka yuritilib, o‘lkashunoslik ishlariga alohida e’tibor karatilmokda. “Zangiota-muqaddas dargoh”, “Zangiotalik ijodkorlar”, “Tumandagi bunyodkorlik ishlari”nomli kartotekalar shular jumlasidandir. Undan tashqari 21 nomda kitob ko‘rgazmalari tashkil qilinib, unda kutubxonamizning eng sara kitoblari kitobxonlarga tavsiya qilinib kelinmokda. Hozirgi kunda AKMning shaxsiy veb-saytini yaratilib kitobxonlarga, QR – kod orqali kitoblar targ‘iboti olib borilmoqda hamda to‘rtta MFYda AKMning filiallarini ochish, may-iyun oylarida “Eng yaxshi yosh kitobxon oila”, “Eng na’munali oila kutubxonasi” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish, “Men sevib o‘qigan kitob”, “Meni o‘zgartirgan kitob”, “Kitobning mening hayotimda tutgan o‘rni” mavzularida yoshlar orasida so‘rovnomalar o‘tkazish, so‘nggi yillarda kitobxonlar orasida “bestseller” (eng ko‘p o‘qiladigan) kitoblar mualliflari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, innovasion texnologiyalarni amalda tadbiq etish maqsadida AKMda ma’lumotlar bazasini yaratish, elektron kataloglar tuzish, elektron kundalik va kitobxonlar formulyari yuritish ustida ish olib borilmoqda.

         Joriy yilning 19-21may kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkillashtirilgan “Central Azia – 2021 fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusida o‘tkazilgan XIV xalqaro forumda Zangiota tumani axborot-kutubxona markazi direktori, tuman Kengashi deputati “Shuhrat” medali sohibasi S.Axmedova ishtirok etdi hamda “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

AKM Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent viloyati “TURON” AKM, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi, tuman hokimligi va uning 86 ta MFYlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tumandagi harbiy institut va harbiy qismlar, “Adabiyot ziyosi” gazetasi, tuman “Istiqbol” gazetasi, tuman oila va mahallani qo‘llab-quvvatlash hamda FHDYO, xalq ta’limi bo‘limlari, tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. AKMda olib borilayotgan ishlar 2019 yildan bugungi kunga qadar muntazam ravishda televideniya va boshqa OAV da yoritilib kelinmoqda.