Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Mr Javod

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

==SHARBATNING FOYDASI HAQIDA==
Chanqoqni qondirish uchun inson tomonidan iste’mol qilinadigan ichimliklar ichida eng mazali va foydalisi tabiiy sharbat hisoblanadi. Ta’m sifati borasida kimdir e’tiroz bildirsada (bilganingizday, ta’m borasida baxslashish befoydadir; kimgadir pivo mazasi yoqimli ko’rinsa, yana kimdir mineralli suvdan zavq oladi),sharbatning foydasi hech kimda shubha uyg’otmaydi. Bugungi kunda sotuvda mavjud bo’lgan sharbatlar assortimenti haqiqatdan ham kishini hayratda qoldiradi. Do’konlar tokchalari har qanday mavjud bo’lgan sharbatlar bilan, hammaga tanish olma, uzum, tomat, o’rik va shaftoli sharbatidan boshlab, ekzotik tropik mevalardan tayyorlangan sharbatlargacha to’ldirilgan. Bunday xilma-xillik har bir kishiga o’zi yoqtirgan maza va iforlarni tanlash imkonini beradi. Barcha diyetologlar va oziq-ovqat sohasidagi boshqa mutaxassislar sharbat, meva va sabzavotlarning inson organizmi uchun foydaliligini ta’kidlab, bularni kundalik oziqlanishda va chanqoqni qondirishda nafaqat mazali vosita sifatida, balki tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan foydali hisoblangan mahsulotlar sifatida iste’mol qilishga chaqiradilar. Sharbatni kunda iste’mol qilish bodibilding oziqlanishining ajralmas qismi hisoblanadi va, ayniqsa, professional sportchilar tomonidan rioya qilinishi uchun tavsiya qilinadi, shu jumladan, bodibilding bilan shug’ullanuvchi sportchilarga ham, chunki doimiy jismoniy yuklash va jismoniy mashg’ulotlardan toliqqan organizm tonusini ushlab turish uchun samarali qo’shimcha ozuqa lozim bo’lib, bu vazifani tabiiy sharbatlar bajaradi. Sharbatni iste’mol qilish kulturist organizmini mustahkamlab, tiklanishi uchun katta foyda keltiradi. Sharbatlar C vitaminining va askorbin kislotasining asosiy manbasi hisoblanadilar. Sharbatlarning ko’pchilik turi provitamin A (karotinga) boydir. Ayniqsa bu sariq va to’q sariq mevalardan ishlab chiqarilgan sharbatlarga tegishli. Ba’zi sharbatlar tarkibida yuqori darajada B1 (tiamin)vitamini, PP vitamini (nikotin kislotasi) mavjud. Turli tuman sharbatlarni o’rganganda, ularning tarkibida bugungi kunda ma’lum bo’lgan barcha vitamin va ularning mahsullarini topish mumkin. Tarkibi vitaminlarga boy bo’lgan sharbatlar immunitetni mustahkamlashga va insonning stresslarga qarshi bardoshliligini oshirishga yordam beradi, moddalar almashuvini yaxshilaydi. Yetarli darajada sharbat iste’mol qilgan kishi har doim quvvatga to’la, barra va butunlay sog’lom bo’ladi. Bodibildingda esa bu hislatlar muvaffaqiyatning asosiy tarkibiy qismlaridir. Sharbatlarda mavjud organik kislotalar ovqat hazm qilish yo’llari bezlariga qo’shimcha faollik beradi. Ular qisman oshqozon shirasini almashtirib, organizm tomonidan ozuqani qulay hazm qilishga yordam beradilar, sharbatlar tarkibida mavjud organik kislotalarning shunday xususiyati tana vaznining qo’shilib borishi jarayonida bo’lgan bodibilderlar uchun ayniqsa yoqimli bo’lib ko’rinadi. Bu davrda sportchilar ishonilmas hajmda oziqlanadilar, shuning uchun ham oshqozon alohida yordamga muhtojlik sezadi. Quyqali sharbatlarda pektin moddasi va kletchatkaning katta hajmi mavjud bo’lib, ular ichak peristaltikasiga yaxshi ta’sir o’tkazadilar. Lekin bunday sharbatlarni haddan ziyod iste’mol qilish istalmas oqibatlarga olib kelish havfini uyg’otishlari, oshqozonga salbiy ta’sir ko’rsatishlari mumkin. Shu bilan birga sharbatlar mineral moddalarga va mikroelementlarga boydir. Meva va sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlar buyrak va yurak-tomir tizimi kasalliklarida tavsiya qilinadi, chunki ular tarkibidagi temir birikmalari qon tarkibini va tomirlar sifatini yaxshilaydi, har qanday sharbat tarkibiga kiruvchi kaliz tuzlari esa organizmdan ortiqcha suvlarni chiqarishda yordam beradi. Tabiiy sharbatlarning yana bir ajoyib xususiyati ularning tarkibida mavjud bo’lgan uglevodlardadir (karbonsuvlar). Ushbu xususiyat saxarozaning kam miqdori fonida (olcha sharbatida, masalan fruktoza saxarozaga nisbatan 15 barobar ko’proqdir) glyukoza va fruktozaning katta hajmi bilan tavsiflanadi. Ko’p marotaba o’tkazilgan tibbiy tadqiqotlar saxarozaning katta hajmi yog’ to’qimalarining o’sishiga va qonda xolesterin tarkibining ko’tarilishiga sababchi ekanligini allaqachon isbotlagan bo’lib, moddalar almashinuvining buzilishida, yurak-tomir tizimi kasalliklarida, aterosklerozda va ko’plab boshqa kasalliklarda qat’iyan man etiladi.Shu bilan birga, katta jismoniy yuklashlarga duchor bo’luvchi kishilarda ham saxarozani haddan ziyod iste’mol qilishlari salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sportchilar kerakli uglevodlarni glyukoza sifatida olsalar, maqsadga muvofiq bo’ladi. Sharbat iste’moli alohida vitaminlar, mineral moddalar va organik kislotalar yetishmovchiligi yuqori darajada bo’lgan qish faslida ahamiyatni kasb etadi. Mr Javod (munozara)

  1. YOʻNALTIRISH [[]]