Foydalanuvchi munozarasi:Madina Muzaffarovnaa

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bakalashkadagi oxirgi tomchi[manbasini tahrirlash]

Bakalashkadagi oxirgi tomchi yaʼni umrning oxiri va suv degan jumla bilan bogʻliqdek. Shu bir tomchi ham bizga hayot bagʻishlaydi. Suvni oqib tinishi, umrning esa oʻtishi bir-biri bilan mazmunan oʻxshash. Bakalashkadagi suv oxirigacha ishlatilgan va uning soʻngi tomchisi ham kimgadir foydasi tegadi. Huddi shunday gap u goh yaxshiliklarga goh yomonliklarga oʻxshaydi. Tabiiyki suv tomchilardan tashkil topgan. Demak bakalashkadagi oxirgi tomchi bu inson umrining soʻngi lahzalariga oʻxshaydi. Biz bilamizki, suvsiz insonlar bir haftadan ortiq umr koʻra olmaydilar. Mutaxasislarning fikriga koʻra, faqat Moskvada yiliga 65 million bakalashkali suv sotilarkan. Eng qimmati esa Los Anjelesda. Buning 1 litri 90$ va bezatilgan idishlarda sotishgan.--Madina Muzaffarovnaa (munozara) 18:24, 20-May 2022 (UTC) Bakalashkadagi oxirgi tomchi[javob berish]

Abdulla Qodiriyning „oʼtgan kunlar“ romani[manbasini tahrirlash]

Reja:

  • |.Kirish
  • ||.Asosiy
  • 1."Oʻtgan kunlar" romanida ufurib turgan milliy ruh
  • 2.Kumush va Zaynab taqdirida muhabbat fojeasi
  • 3.Taqdirlar toʻqnashuvi
  • |||.Xulosa
      Inson ongini zabt etib, uni komil va barkamol shaxs darajasiga olib chiqadigan ilohiy bir kuch bor, bu adabiyotdur. Aynan shu kuchli qurol bizni hayotda oʻz oʻrnimizni egallab olishimizda yaqindan koʻmak beradigan beminnat yoʻlboshchimiz hamdir. Adabiyot inson va uning kamoloti uchun xizmat qilar ekan, demak u-xalq mulki. Hech birimiz har qanday davrda, har qanday sharoitda adabiyotsiz yashay olmaymiz. Zero, inson doimo tarbiyaga, maʼrifatga va badiiy zavq olishga muhtoj. Shunday ekan, tarbiyaviy-estetik ahamiyatga ega boʻlgan asarlar hech qachon oʻz qiymatini yoʻqotmaydi. Bunday durdona asarlarni yaratish uchun esa ijodkorda nihoyatda katta bilim va koʻnikma boʻlmogʻi lozim. Oʻzbek romanchiligiga asos solib, milliy nasr uchun yangi davrni boshlab bergan, adabiyotimizni zamonaviy jahon badiiyati yuksaklariga yaqinlashtirgan ijodkor Abdulla Qodiriyni shunday yuksak isteʼdod egasi deb baralla aytishimiz mumkin. Bu noyob isteʼdod sohibi XX asr oʻzbek adabiyoti tarixida faxrli oʻrin egallaydi. A.Qodiriy qanchalik mohir shoir, publisist, hikoyanavis va qissanavis, oʻtkir hajvchi boʻlmasin, u eng avvalo tom maʼnoda buyuk romannavis sifatida oʻz xalqi adabiyoti tarixida alohida oʻrin egallaydi.
  1. Abdulla Qodiriy 1909-yildan boshlab ijod bilan shugʻullana boshladi. Dastlab kichik-kichik sheʼrlar, maqolalar, hajviy asarlar bilan matbuotga qatnashdi. Oʻsha kezlarda „Ahvolimiz“, „Millatinga“ singari sheʼrlari „B axtsiz kuyov“ pyesasi, „Juvanboz“, „Uloqda“, „Jinlar bazmi“ va boshqa hikoyalarini yaratdi. U oʻzining asarlari bilan barcha jadidchilar kabi xalqni ezgulikka, ilm-maʼrifatli boʻlishga chorlardi. Abdulla 1917-yildan soʻng dastlab jurnalistika sohasida faoliyat koʻrsatdi. 1923-yildan boshlab „Mushtum“ jurnalida maʼsul lavozimda ishladi. Felyeton, maqola va hajviy hikoyalari bilan jurnalga faol qatnashib, birinchi oʻzbek satriy jurnalining asoschilaridan biri sifatida tanildi. 1924-yilda Moskvada V.Bryusov nomidagi Oliy Adabiyot institutida olingan tahsil qodiriy ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. U Moskvadan qaytgach, yana matbuot sohasida ishladi va oʻzbek jurnalistikasining asoschilari qatoridan munosib oʻrin oldi. Rus tilini mukammal bilgan yozuvchi 1927-1939-yillarda ruscha-oʻzbekcha lugʻat tuzish, rus tilidagi darsliklarni oʻzbekchaga oʻgirishda faol ishtirok etdi. A.Chexov, N.Gogol, Mark Tven, Emil Zolya, Deni Didro kabi yozuvchilarning bir qancha asarlarini tarjima qilgan. Qodiriyning asarlarida asosiy gʻoya doimo yaqqol ifoda qilinadi, odamlar va ularning turmush tarzi „koʻz oldimizda turgandek“ tasvir etiladi, bu asarning sujeti doimo qizizqarli, tili boy va shirali boʻladi.
   2. Qodiriy asarlarini zoʻr ishtiyoq bilan oʻqilishining asosiy sababi ham aynan shunda, yaʼni uning xalqchil tilda sodda qilib yozilganidir. Xar bir yaratilayotgan asar eng avvalo xalq uchun uning maʼrifati uchun xizmat qilmogʻi lozim. Buni chuqur idrok etkan adibning deyarli barcha asarlari xalqni qiynayotgan muammolarga qaratilgan edi va bu muommolarni keltirib chiqaradigan asosiy sababni ilmsizlikda koʻrardi. Aynan ilmsizlik, maʼrifatsizlik nafaqat birgina insonni, balki butun boshli xalqning tannazuliga olib kelishini asarlari bilan isbotlashga harakat qilardi. Shuning uchun ham, uning asarlari har qnday davrda boʻlmasin, oʻzining chin muxlislarini topa oladi. Qisqasi, Qodiriy xalq dardini kuylagan mohir soʻz ustasi, adabiyot deb atalmish gulzorda oʻzining xushboʻy gullarini eka olgan bogʻbon, soʻzlarni bir-biriga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan terib, undan nafis dur yasay olgan zargardir!

Abdulla Qodiriy ' --Madina Muzaffarovnaa (munozara) 18:58, 23-May 2022 (UTC) [1][javob berish]

Sheʼriyat shaydosiman[manbasini tahrirlash]

Reja:

  • 1.Kirish. Qalb mudom sheʼriyatga ehtiyoj sezadi.
  • 2.Asosiy qism:
  • a)sheʼr oʻqish bizga xush bagʻishlaydi.
  • b)sheʼriyat ezgulikka yoʻgʻrilgan fikrlarni doston etadi.
  • 3.Xulosa. Sheʼriyat va qalb tarbiyasi.
       Tomchida olam aks etganday ana shu biz necha misollarning oʻzidanoq, haqiqiy, yuksak sheʼriyatning qudratini koʻrish, inson qalbi mudom sheʼrga talpinishining sabablarini mushohada qilish mumkin. Faqat birgina emas, sheʼr dunyo dagʻalligidan ozor yurakka tiriklik nafasini ufuradi, koʻngilni yumshatadi, mehrga, ezgulikka moyil qiladi, oʻz botininga nigoh tashlashga undaydi, bir soʻz bilan aytganda qalbni tarbiyalaydi. 
       Adabiyot va sheʼriyat shunday nafosat va nazokat bilan va uygʻun olamki, unga qadam qoʻygan ijodkor qalb kechinmalarini, ezgu tuygʻularini qogʻozga tushiradi, ezgulikka yoʻgʻrilgan fikrlarni olamga doston etadi.
       Men sheʼriyatni insonning oʻzi bilan, odamlar bilan, tabiat bilan, xudo bilan ruhoniy suhbati deb bilaman. Ishonchim komilki, odamzod dunyoga kelganda bu olamning pok tasviri qalbiga muhrlangan boʻladi ota-ona, vatan, doʻstdan tortib yaratgunigacha, mehr, muhabbat, adolat va xurlikdan tortib eʼtiqodgacha. U roʻbaro kelgan hayot ana shu pok, ideal tasavvurday goʻzal boʻlsa, zavqlanadi, unga mos kelmasa iztirob chekadi. Kim bilandir ruhoniy suhbat ehtiyoji tugʻiladi. Yuragida tugʻilgan dardlarga malham, savollarga javob olgisi keladi, ruh taskin va hamdard izlaydi.   Sheʼriyat
Fayl:She'riyat shaydosiman

Madina Muzaffarovnaa (munozara) 03:49, 28-May 2022 (UTC)[javob berish]

  1. Abdulla Qodiriy