Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Khalillaeva n

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fransuz tilida sonlarning ishlatilishi va ularning tasnifi

                                                                  Xalillayeva Nargiza Ravshanbek qizi                                 


Annotatsiya: Maqolada fransuz sonlarini o'rganish jarayonida uning shakllanishi, grammatikasi morfologiyasi, leksikalogiyasi va fanetikasi haqida so'z boradi. Kalit so'zlar : sanoq son, tartib son, ot


Kirish: Hozirgi kunda dunyoda 3000 dan ortiq til mavjud bo'lsa, har bir tilning mana shuncha o'ziga xos nafaqat leksikasi, balki grammatikasi ham mavjud. Ularda farqli va o'xshash jihatlar yetarlicha. Farqlari:grammatika, leksika, fonetika, orfoepiya tomonlama bo'lsa, o'xshash tomoni:morfologiyasi va orfografiyasidadir. Jumladan o'zbek va fransuz tilidagi birgina son so'z turkumini olib qaraydigan bo'lsak, ularning o'ziga xosligining guvohi bo'lamiz. Asosiy qism: Fransuz tilida so'zlar o'zlarining bildiradigan ma'nolariga ko'ra 2 turga bo'linadi : Les adjectifs numéraux cordinaux (sanoq sonlar) Les adjectifs numéraux ordinaux (tartib sonlar) Les adjectifs numéraux cordinaux. Sanoq sonlar combien? (necha ? Nechta ?) so'rog'iga javob bo'lib keladi :un, deux, trois, dix). Ular sifatlar va boshqa barcha determinativlar kabi otni aniqlab keladi Ot oldida sanoq son kelsa, artikl ishlatilmaydi.

             Les amis- deux amis.

Bir necha predmet yoki kimsalar jami haqida gap borganda sanoq son oldida artikl qo'llanadi: Toutes les trois sœurs sont élevées (Uchala opa - singil ham o'quvchi). Fransuz tilida sanoq sonlar odatda o'zgarmaydi. Ammo quyidagi sanoq sonlar bundan mustasno : Un (bir) sonning "une" formasi bo'lib u j.r dagi otlar oldida qoqoqo'llanadi. Un cahier-bitta daftar Une pomme - bitta olma Cent(yuz), vingt (yigirma) sanoq sonlari otlar otlar oldida kelib, ulardan keyin boshqa biror son qo'llanmasa, ular oxirida "s" harfi qo'shib yoyoziladi. Quatre vingts kilos de blés (89 kg bug'doy) Mille sonining mil formasi mavjud. Bu forma sanani ifodalashda qo'llaniladi: Nous sommes en mil neuf cent soixante dix huit (Biz 191978-yildamiz. Fransuz sonlarida vaqt ifodalovchi iboralar ham mavjud : Il est une heure- Soat 1 Il est deux heures- Soat 2 Il est midi- Kunduz soat 12 Il est minuit-Tungi soat 12 Il est midi est quart-Soat 12 dan 15 daqiqa o'tdi. Sanoq sonning gapdagi vazifasi : Ega(susujet Six et quatre font dix (6+4=10) Ot kesim (attribut) Nous sommes trente dans la classe (biz sinfda o'ttiztamiz)

           3.  To'ldiruvchi (complètement d'objet)

J'ai reçu un cinq (Men besh oldim) Tartib son (Les adjectifs numéraux ordinaux) Tartib son predmetlarning tartibini bildirib le quel(nechanchi ?) so'rog'iga javob bo'lib keladi.

         Sanoq sonlar oxiriga ième qo'shimchasini qo'shish orqali tartib son yasaladi.

Deux-deuxième trois-troisième. Tartib sonlar otni aniqlab kelganda, aniq artikl bilan qo'llanadi. Le premier élève c'est Sultan ( Birinchi o'quvchi bu Sulton). "e"harfi bilan tugagan sanoq sonlardan tartib son yasalganda so'z oxiridagi " e" harfi tushirib qoldiriladi: quatre - ququatrièm  ; onze-onzième Un, deux sonlaridan yasalgan tartib son ikki xil formaga ega : un-unième ; premier(e). Unième formasi faqat sanoq son bilan birga keladi: Vingt-et - unième (yigirma birinchi) Trente et unième (o'ttiz birinchi) Première - tartib soni o'zi aniqlab kelayotgan so'z bilan rod va sonda moslashadi : Notre première leçon commencera à neuf heures. (Bizning birinchi darsimiz to'qqizda boshlanadi). Deux-deuxième, second(e) Second formasi faqat ikkita narsani taqqoslagandagina ishlatiladi, qolgan hollarda deuxième formasi ishlatiladi : Cinq va neuf sonlarining tartib son formasi ozgina farqli: Cinquième ;neuvième. Tartib sonning gapdagi vazifasi : Ega (sujet) Le premier de la classe est Karim (Sinfning birinchisi Karim) Ot kesim (attrubut)

        Il est le premier dans notre classe ( U sinfimida birinchidir)
     3. To'ldiruvchi (complètement d'objet) 
        Je prendrai le premier ( Men birinchisini oldim) 
     4.  Aniqlovchi  (complètement attributif) 

J'ai appris par cœur la troisième leçon ( Men uchunchi darsni yodlaganman)

Xulosa : Bir so'z bilan aytganda fransuz tili va o'zbek tili grammatikasini chuqur o'rganish jarayonida shuni ko'rishimiz mumkinki, albatta so'z turkumarining kelib chiqishi, shakllanishi, orfografiya, orfoepiya, leksikasida farqli jihatlar katta bo'lishi mumkin, ammo yuqorida ko'rib o'tganimizdek o'xshash jihatlari ham mavjud. Tillar orasidagi o'xshash va farqli tomonlarini solishtirib o'rganish jarayonida til o'rganuvchi o'zini ustida ishlab yaxshi natijaga erishadi hamda bu qiyoslangan tillarni murakkab darajada o'rganishga yordam beradi shubhasiz. Shunday ekan til o'rganishni uni grammatikasini chuqur o'rganishdan boshlash lozim.


Foydalanilgan adabiyotlar :

На французском и узбекском языках Л.Е.Малина,Л.П. Андрейчикова ,У.Турниёзов Грамматика французского языка , Ташкент 1978

Jean de Bois, agrégé de grammaire, docteur ès lettre et René Lagane , agrégé de grammaire 21, rue de Montparnasse 75283 Paris Cedex 06