Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Karimova29

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Taʼlimiy korpus Korpus – muayyan tilning o‘ziga xos xususiyati va variantlarini aks ettiruvchi bir necha belgi asosida tanlab olingan elektron shakldagi matn parchalari, lingvistik tadqiqot uchun asos vazifasini o‘taydigan tizim. Til korpusi bugungi kunda jahonda tez taraqqiy etayotgan soha, u korpus lingvistikasi mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, til o‘rgatish maqsadida yaratilmoqda. Taʼlimiy korpus ona tili hamda xorijiy tilni o‘rganishda birdek ahamiyatli. Tilni o‘rgatishda lug‘at boyligining kattaligini ko‘rsata olish, so‘zning qo‘llanish imkoniyatini u yoki bu grammatik konstruksiya orqali tushuntirish uchun misollar massivini ko‘rsatishda korpus juda qo‘l keladi. Til taʼlimi uchun muhim bo‘lgan misolning doimiy yangilanib borishi, buni aks ettirib turish xususiyati hamda imkoniyati faqat korpusda mavjud. O‘qituvchi yangi, ishonarli, cheksiz hamda xilma-xil misollarni shu yerdan topa oladi, topshiriq, mashqlarni belgilashda qiynalmaydi, bir necha daqiqada mavzu bo‘yicha yangi-yangi misollardan iborat topshiriqlarni tayyorlay oladi. Karimova29 (munozara) 12:27, 27-Sentabr 2022 (UTC)