Foydalanuvchi munozarasi:Ibragimova O

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MOLIYAVIY HISOBOT Vikipediya, ochiq ensiklopediya 1. Moliyaviy hisobotning mazmuni, mohiyati va tarkibi Moliyaviy hisobot – xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar majmui bo’lib, u subyektning moliyaviy -xo’jalik faoliyatining holatini ma’lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko’rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Hisobot ma’lumotlari bo’yicha korxona rahbari mulkdorlar, ta’sischilar, boshqaruv va nazorat tizimi, yuqori tashkilotlar oldida hisobot beradilar. Birinchi navbatda shuni aytish joizki, korxonalar majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va yillik hisobotini topshiradi: ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlarga; davlat soliq inspeksiyasiga; O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuklatilgan boshqa davlat organlariga. Amaldagi qonunga binoan: 1[39][41]  barcha korxona va muassasalar uchun 1- yanvardan 31-dekabrgacha bo’lgan davr hisobot yili hisoblanadi;  yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili bo’lib, ular yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan shu yilning 31 -dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi. 1- oktabrdan keyin tashkil etilgan korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo’lgan sanadan keyingi yilning 31- dekabrigacha bo’lgan davrni birinchi hisobot yili deb hisoblashga ruxsat beriladi;  korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli tashkilotlarga topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 1- «Korxona balansi»; 2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»; 3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»; 4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»; 5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot». Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi. 2[40][42] Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar, hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi. Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda. Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy q o’yilmalari sifatida aks ettiriladi. Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga albatta qo’shiladi. Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti ilova qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi. 3[41][43] Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:  buxgalteriya balansi (1-shakl);  moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);  asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);  pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);  xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);  debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli). Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi: a) buxgalteriya balansi (1-shakl); b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); ye) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli). Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng, yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak. Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi, tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo’shilmaydi. Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak. 2. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish Moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo’limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko’rsatib yi g’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo’lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o’tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo’yicha hisob ishlarining ketma - ketligi quyidagicha: - ma’lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal -orderlar va qaydnomalarga o’tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo’yiladi; - 5010- schyotining debeti bo’yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo’yicha 2- qaydnomalarning yig’indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o’tkaziladi; - 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig’indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma’lumotlari tegishli jurnal -orderlarda aks ettiriladi; - jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi. Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi, bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2-qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi. Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi. Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal -orderlardan olib yoziladi. Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal -orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi. Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi. 3. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo’lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo’yicha qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar zarur. Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi. Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati, mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan. 4[42][44] Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin. Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati quyidagicha aniqlanadi: Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari Bu ko’rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Shu yo’l bilan hisoblab chiqilgan koeffitsiyent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko’rsatadi. Balans ma’lumotlari bo’yicha korxonaning sof aylanma mablag’lari yoki kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi. Sof aylanma mablag’lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - Qisqa muddatli majburiyatlar. Sof aylanma mablag’lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o’z qarzini to’lagandan so’ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma mablag’lari yoki kapitalining koeffitsiyenti quyidagicha topiladi: Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital Bu koeffitsiyent bir so’mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to’g’ri kelishini ta’riflaydi. Bunday ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish bo’yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi. Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona kapitalining tuzilishi ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Kapitalning tuzilishi ko’rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo’yilmalar qo’ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish d arajasini ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to’lash qobiliyatini aks ettiradi. Mulk koeffitsiyenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsiyenti) quyidagicha topiladi: Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o’rtacha yillik qiymati Bu koeffitsiyent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. U korxona egalarining korxonaga qo’yilgan mablag’lari umumiy summasidagi ulushini ko’rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik korxona moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo’ladi va tashqi kreditorlarga qaram bo’lmaydi. Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital Ushbu koeffitsiyent 0,5 dan kam bo’lishi, lekin ko’p bo’lsa, 1 dan oshmasligi kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi va uning o’sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan mablag’lar ulushini ko’payib borayotganini ko’rsatadi. 4. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalari tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» da aks ettiriladi. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi: yil boshiga qoldig’i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig’i. Hisobotning 3 va 6- ustunlarida yil boshi va oxiriga korxona balansida hisobga olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi. 4-ustunda hisobot davrida, qo’shimcha baholash qiymati ham qo’shilgan holda quyidagi manbalardan korxona tasarrufiga o’tgan asosiy vositalar aks ettiriladi: pulga sotib olish yoki yangidan qurish; aylanma mablag’lardan asosiy vositaga o’tkazilishi; boshqa korxona va tashkilotlardan bepul olinishi; inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy vositalar kirimi; lizing muomalalari bo’yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar. 5-ustunida qaytadan baholash natijasida narxini pasaytirish ham qo’shilgan holda quyidagi sabablarga ko’ra xo’jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan chiqarilgan obyektlar qiymati aks ettiriladi: pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha asosiy vositalar; asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag’larga o’tkazilgan obyektlar; boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilgan obyektlar; eskirishi natijasida obyektlarning hisobdan chiqarilishi; tabiiy ofatlar, avariya natijasida va boshqa sabablarga ko’ra obyektlarni hisobdan chiqarilishi. 7 va 10- ustunlarda asosiy vositalarning turlari bo’yicha hisobot davri boshiga va oxiriga jamg’arilgan eskirish summasi aks ettiriladi. 8-ustunda asosiy vositalarni qo’shimcha baholash natijasida qo’shimcha hisoblangan amortizatsiya summasi ham qo’shilgan holda hisobot davrida barcha asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. 9-ustunda tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’llar bilan xo’jalik tasarrufidan chiqib ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi. 11-ustunda asosiy vositalarning yil boshiga qolgan sof qoldiq qiymati aks ettirladi. Bu summa 3- va 7- ustun summalari farqidan iborat. 12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxiriga qolgan sof qoldiq qiymati aks ettiriladi. Bu summa 6- va 10-ustun summalari farqidan iborat. Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yo’nalishidagilarning harakati alohida ajratib ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati sohasiga tegishli obyektlar kiradi. Noishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal xo’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif, madaniyat va shunga o’xshaganlarda foydalaniladigan obyektlar kiradi. «Ma’lumot uchun» degan bo’limning 180 – 183 qatorlarida asosiy vositalar qaysi manbalar hisobidan sotib olinganligi (kirimi) aks ettiriladi. 5. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotni tuzish va uni to’ldirish Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag’lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag’lari o’zgarishini ko’rsatadi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi: - korxonaning pul mablag’lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish qobiliyatini, shuningdek shunga o’xshagan pul mablag’laridan foydalanishda korxona ehtiyojini baholash; - korxonaning sof aktividagi o’zgarishlarni, moliyaviy tarkibi va uning o’zgaruvchan vaziyat hamda imkoniyatlarga moslashish maqsadida pul oqimlarining summalari, shuningdek, o’z vaqtida tushishiga ta’sir etish qobiliyatini baholash; - turli korxonalarning operatsion faoliyati to’g’risidagi hisobotni taqqoslash. Chunki bu xo’jalik faoliyatining bir xil muomala va vaqealari uchun buxgalteriya hisobining turli usullaridan foydalanish oqibotlarini bartaraf etadi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobotda pul mablag’lari oqimi quyidagi faoliyatlar bo’yicha tasniflanadi: operatsion faoliyati; investitsion faoliyati va moliyaviy faoliyati. Operatsion faoliyatidan olinadigan pul mablag’lari hajmi korxona faoliyati samarasining hal etuvchi ko’rsatkichi hisoblanadi. Chunki u tashqi moliyalash manbalarisiz ssudalarni qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash, dividendlar to’lash va yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Operatsion faoliyatidan bo’lgan pul mablag’lari harakati birinchi navbatda daromad olish bo’yicha asosiy faoliyat natijasi hisoblanadi. Investitsion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni berish va olish. Bularga bino, asmavzu – uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni sotish va sotib olish, aksiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan tushum va boshqa korxonalarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish, fyuchers, forvard, opsion va svop – shartnoma bo’yicha tushumlar va ular bo’yicha to’lovlar kiradi. Fyuchers shartnoma – ma’lum miqdordagi moliyaviy instrumentlarni yoki belgilangan miqdordagi tovarni erkin savdo birjasida kelishilgan narxda oldi – sotdi to’g’risidagi shartnoma. Forvard kontrakti – tovar yoki moliyaviy instrumentlarni kelajakda jo’natish va hisob – kitob qilish bo’yicha oldi – sotdi to’g’risidagi bitim. Opsion kontrakt (mukofatli bitim) – bu ma’lum miqdordagi moliyaviy instrumentlar yoki tovarlarni kelishilgan muddat ichida belgilangan miqdorda mukofat to’lash evaziga qayd etilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi. Moliyaviy faoliyat – bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning xususiy kapitali va qarzlari hajmi va tuzilishida o’zgarish hosil bo’ladi. Quyidagi pul mablag’larining harakati bunga misol bo’ladi: Pul mablag’larini tushumi Pul mablag’larining chiqimi Aksiyalar chiqarishdan olinadigan tushumlar Хususiy aksiyalarni sotib olish bo’yicha to’lanmalar Qarzga olingan mablag’lar tushumi Qarzlarning qaytarilishi Aksionerlarga dividendlar to’lash va kapitalning boshqa ko’rinishdagi taqsimlanishi Moliyalashtiriladigan ijara bilan bog’liq bo’lgan majburiyatlar bo’yicha to’lovlar Pul oqimlari to’grisidagi hisobotda quyidagi moddalar o’z aksini topadi: «Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari» (010–satr.) moddasida yuklab yuborilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) lar uchun hisobot davrida korxonaning bankdagi hisob – kitob schyotiga va kassasiga tushgan mablag’lar ko’rsatiladi. «Material, tovar va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’lari» (020-satr.)moddasida uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun to’lanmalardan tashqari, materiallar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi «Хodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari» (030–satr.) moddasida pul mablag’larining quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi ko’rsatiladi: xodimlarga to’langan mehnat haqi, mukofotlar, maqsadli davlat fondlariga to’lanmalar, budjetga daromad solig’i to’lash; kasaba uyushmasiga ajratmalar, aliment to’lovlari, turar joy fondiga to’lovlar, xodimlarga berilgan bank kreditl ari bo’yicha to’lovlar va shunga o’xshagan xodimlarga va xodimlar nomidan kassadan va bankdagi schyotlardan to’lanadigan boshqa pul mablag’lari aks ettiriladi. «Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (040-satr.) moddasining «chiqim» degan xonasida olingan royalti, turli rag’batlantirishlar va boshqa daromadlar, savdo korxonalari bilan tuziladigan bitimlar bo’yicha olingan komission yig’imlar aks ettiriladi. «Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (050-satr.) modd. Plus, minus, alomatlariga qarab 010,020,030,040-satrlar yig’indisi ko’rsatiladi. «Asosiy vositalarni sotib olish va sotish» (060-satr.) moddasining «Kirim» ustunida turli asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablag’lar summasi, «Chiqim» ustunida mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan asosiy vositalar uchun to’langan summa ko’rsatiladi. «Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish» (070-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida mol yetkazib beruvchilarga xarid qilingan nomoddiy aktivlar uchun to’langan summasi, «Kirim» ustunida nomoddiy aktivlarni sotishdan tushgan mablag’lar summasi ko’rsatiladi. Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish» (080-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida birjada to’langan komission xarajatlar va foizlar qo’shilgan holda qimmatli qog’ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotib olish uchun to’langan pul mablag’lari summasi, «Kirim» ustunida qimmatli qog’ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotishdan tushgan pul mablag’lari aks ettiriladi. «Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (090-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida boshqa investitsion faoliyat bo’yicha to’langan summa, «Kirim» ustunida – olingan pul mablag’lari ko’rsatiladi. «Jami investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (100-satr.) moddasida 060, 070, 080, 090-satrlarning plus bilan yozilgan summalarini jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim» ustunida ko’rsatiladi. «Olingan va to’langan foizlar» (110-satr.) moddasining «Kirim» ustunida olingan, «Chiqim» ustunida to’langan foizlar summasi ko’rsatiladi. «Olingan va to’langan dividendlar» (120-satr.) moddasining «Kirim» ustunida olingan, «Chiqim» ustunida to’langan dividendlar summasi aks ettiriladi. Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq boshqa instrumayentlardan kelgan pul tushumlari» (130 -satr.) moddasida xususiy kapital bilan bog’liq hisobot davrida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki boshqa instrumentlar bo’yicha aksionerlardan tushgan pul mablag’lari summasi aks ettiriladi. «Хususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to’lovlari» (140-satr.) moddasida keyinchalik tarqatish yoki bekor qilish uchun korxonada turgan xususiy aksiyalar bo’yicha egalariga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi «Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari» (150-satr.) moddasining «Kirim» ustunida hisobot davrida tushgan kreditlar va qarzlar, «Chiqim» ustunida to’langan kreditlar va qarzlar ko’rsatiladi. «Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari» (160-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida ijara (lizing) ga beruvchiga to’langan summa, «Kirim» ustunida – ijara (lizing) ga oluvchidan tushgan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi «Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari» (170-satr.) moddasining «Chiqim» ustunida boshqa moliyaviy faoliyat bo’yicha to’langan, «Kirim» ustunida olingan pul mablag’lari ko’rsatiladi «Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (180-satr.) moddasida 110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim» ustunida ko’rsatiladi. «Тo’langan daromad (foyda) solig’i» (190-satr.) moddasida to’langan daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi. «Тo’langan boshqa soliqlar» (200-satr.) moddasida daromad (foyda) soliYoidan tashqari to’langan soliqlar, boj to’lovlari va ularga tenglashtirilgan yig’im va ajratmalar summasi ko’rsatiladi. «Jami to’langan soliqlar» (210-satr.) moddasida 190 va 200 satrlar summasi aks ettiriladi. «Jami moliyaviy–xo’jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi» (220-satr.) moddasida 050, 100, 180, 210-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «Chiqim» ustunida ko’rsatiladi. «Yil boshidagi pul mablag’lari» (230-satr.) moddasida korxona balansining 320-satr 3-ustunida ko’rsatilgan pul mablag’larini hisobga oladigan (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarning qoldiq summalari aks ettiriladi. «Yil oxiridagi pul mablag’lari» (240-satr.) moddasida korxona balanstning 320-satr 4-ustunida ko’rsatilgan pul mablag’larini hisobga oladigan (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarining qoldiq summalari aks ettiriladi. «Chet el valutasidagi pul mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot» bo’limida hisobot davrida korxonaning valuta mablag’larini harakati ko’rsatiladi. Valuta mablag’lari muomalalar sodir bo’lgan paytda, valuta mablag’larining qoldiqlari esa hisobot davrining oxirgi sanasiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining belgilagan kursi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy valutasida aks ettiriladi. «Yil boshiga qoldiq» (250-satr) moddasida korxonaning valuta schyoti va kassasida hisobot davri boshiga qolgan valuta mablag’lari ko’rsatiladi. «Jami valuta mablag’larining tushumi» (260-satr) moddasida 261, 262, 263, 264-satrlarda ko’rsatilgan valuta mablag’larining hisobot davridagi umumiy tushumi aks ettiriladi. «Jami sarflangan valuta mablag’lari» (270-satr) moddasida 271 dan273-gacha satrlarda ko’rsatilgan korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan valuta mablag’larining umumiy summasi aks ettiriladi. «Yil oxiridagi qoldiq» (280-satr) moddasida 250+260-270 satrlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadigan hisobot yili oxiriga qolgan korxonaning valuta schyotlarida va kassasida turgan valuta mablag’lari summasi aks ettiriladi. 6. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotni tuzish Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar mavjud. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko’rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko’rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi. 1. Bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi: AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. 2. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to’g’ri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi: BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10 bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha baholanadi. 3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi: ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko’rsatadi. 4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi: Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati 5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi: Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / bir aktsiyaning bozor qiymati 6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi: AD = D + (S* - S) / S, bu yerda D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi, S* - sotish narxi, S – sotib olish narxi 7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi: TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan sof foyda Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va «yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun yetarli darajada foyda olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.