Foydalanuvchi munozarasi:Fatilloyev Shamshod Fayzullo o`g`li

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O`zbekistonda ammoniyli selitra ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqodlar[manbasini tahrirlash]

       O‘zbekistonning qishloq xoʻjaligida keng  qoʻllaniladigan mineral oʻg‘itlardan biri bu ammiakli selitra   hisoblanadi. Ammiakli selitra havodagi namni o‘ziga tortib donachaalari oʻzaro yopishib, qattiqlashib qoladi,ozuqaviylik xususiyati pasayib, sepiluvchanligi yoʻqolib ,uni ishlatish qiyinlashadi bu esa qishloq xoʻjaligida foydalanishda bir muncha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.Bu mineral o‘g‘itdan portlovchi moddalar ishlab chiqarish xomashyosi sifatida ham foydalanish mumkinligi uning ishlatishda ,tashishda ,nazorat qilish kerakligini ko‘rsatadi bu esa qo‘shimcha xarajat talab etadi.Hozirgi kunda yurtimizda  ammiakli selitraning xossasidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun «Navoiyazot» AJ, «Maksam-Chirchiq» AJ, «Farg‘onaazot» AJ da ishlab chiqarilayotgan  ammiakli selitraga Rossiya davlatidan import qilinadigan brusit (Mg(OH)2) va magnezit (MgO) qo‘shimchalarini qo‘shib  ishlab chiqarilayotgani mineral o‘g‘itning tannarxi oshishiga sabab bo‘lmoqda.Shuning uchun import  qo‘shimchalarini o‘rnini bosadigan mahalliy xomashyolardan foydalanish o‘ta muhimdir.

      Ilmiy tadqiqotlar,izlanishlar natijasida import qo‘shimchalarini o‘rnini bosadigan mahalliy xomashyolar  mavjud ekanligi aniqlandi.Xomashyo bazasi ayni kunda Qizilqum fosforit kombinatida hozirgi kunda fosforitlarni boyitish jarayonida ajralib chiqayotgan 15 mln tonnadan ortiq sanoatda ishlatilmayotgan past navli fosforitlardir. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan zavodlarimiz ayni damda mamlakatimizning fosforli o‘g‘itlarga bo‘lgan 30% talabini  qondira olashini inobatga olib past navli fosforitlarni qayta ishlashning  eng soda texnologiyasini ishlab chiqish orqali ishlab chiqarishga yo‘naltirish, fosforli o‘g‘itlarning tanqisligi sharoitida foydalanish muhim hisoblanadi.

    Mahalliy xomashyoning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarishda qo‘llashning asosiy kamchiligi Ftor ,Sulfatlar,Kremniy saqlagan birikmalarning ko‘p miqdorda mavjudligi, qo‘shimcha erimaydigan moddalarning borligi  sabab ishlab chiqarish jarayonida qurilmalar,quvurlarga tiqilib qolishiga olib keladi.Shuning uchun yangi  yaratilgan texnologik liniya orqali, amalda suvda erimaydigan fosforitlarni mexanik qayta ishlab ,kislota yordamida parchalab, tarkibidagi har xil keraksiz qo‘shimchalardan tozlab, olinganidan so‘ng ammiakli selitraga qo‘shish natijasida ishlab chiqariladigan mineral o‘g‘it, hozirgi import qo‘shimchasi qo‘shib ishlab chiqarilgan ammiakli selitraga nisbatdan  xossasi bir necha barobar yuqori ,fosfor saqlagan  ammiakli selitra olish mumkinligi aniqlandi. Fatilloyev Shamshod Fayzullo o`g`li (munozara) 14:28, 20-Sentabr 2022 (UTC)

Mineral o`g`itlar ishlab chiqarishdagi dolzarb muammolarga yechimlar[manbasini tahrirlash]

Ammoniy selitraga qo’shiladigan qo’shimcha (boyitilmagan fosforit va past navli fosforitlar ) ammoniy selitraning fizik-kimyoviy,tovar xossalari yaxshilanishidan tashqari ozuqaviylik  xossasini  (P2O5 bo’yicha ) oshirish mukinligini ko’rsatmoqda.Qo’shiladigan qo’shimchaning hosildorlikga ta’sir ko’rsatkichlari.

      Bizga ma’lumki hozirgi kunda O’zbekistonda asosiy ekin turlaridan joriy yilda    3 mln 82 ming tonna paxta  , 7,6 mln tonna bug’doy yetishtirildi.Bunday yuqori natijaga erishish uchun mineral og’itlarning o’rni nihoyatda katta hisoblanadi.

    O’zbekistonda yiliga ammoniy selitra ishlab chiqarish (ОАJ: “Мaksam-Chirchiq”, “Navoiyazot”, “Farg’onaazot”) umumiy quvvati 1 мln. 700 ming tоnnаdan ortiqni  tashkil qiladi .Ammoniy selitraning gigroskopiklik,yopishqoqlik,elanish,donachalarning mustahkamligi,tabiy oqish burchagi , namlik sig’imi , to’kma zichlik kabi xossalarni yaxshilashdan tashqari ,portlovchilik xususiyatini pasaytirish mumkin va ozuqaviylik xossasini oshirishimiz mumkin agar qizilqum fosforitlarini  nitrat kislotaning turli me’yorlarida parchalab hosil bo’lgan birikmalarni ammiak ta’sirida neytrallash natijasida  o’simlik o’zlashtradigan birikmalarga aylanishi mumkinligini ko’rsatmoqda .Hosil bo’lgan moddalar aralashmasini yanada suvda eruvchan ,o’simlik o’zlashtira oladigan birikmaga aylantirish uchun  ishlab chiqarish jarayonida ammoniy selitraning donadorlashdan oldin 1700C dagi suyuqlanmasiga qo’shasak va ammoniy selitra parchalanmay qolgan fosforitlarni parchalab o’simlik o’zlashadigan holatga keltiradi.Qizilqum fosforitlari va ammoniy selitrani shunday massa nisbatda aralashtirish kerakgi, ammoniy selitra tarkibidagi  ozuqa elementi (N) ni  davlat standartlari (DATS) tamonidan belgilangan miqdorda ya’ni 34 % (N) dan pasaytirmasdan qo’shiladigan modda miqdorini belgilaymiz. Masalan  Ammoniy selitraning suyuqlanmasiga   ilmiy tadqiqotimizda ko’rsatilgan  tartibda qayta ishlangan,  Qizilqum fosforitlaridan asosiy kompanent (P2O5 dan) umumiy hisobda 1 % qo’shadigan bo’lsak  O’zbekiston bo’yicha 1 mln 700 ming tonnadan ortiq  ammoniy selitraning fizik –tovar xossalarni yaxshilashdan tashqari o’rtacha miqdorda 17 ming tonna (P2O5 bo’yicha ) fosforli o’g’itni hozirgi ishlab chiqarishdan tashqari qo’shimcha ravishda ishlab chiqarishga,qishloq xo’jaligiga jalb qilishimiz mumkinligini ko’rsatmoqda .Bizga ma’lumki 1 tonna tayyor mahsulot paxta olish uchun 50 kg (N) , 15 kg (P2O5) zarur ,1 tonna bug’doy olish uchun esa 30 kg (N) 11,5 kg (P2O5) kerak.Shuni inobatga 17 ming tonna (P2O bo’yicha )fosforli o’g’it O’zbekiston bo’yicha paxta yetishtirishga qo’shimcha ravishda 1mln 133 ming tonna paxta hosili olish imkonini yoki 1 mln 478 ming tonna hozirgi hosildorlikdan tashqari qo’shimcha ravishda bug’doy olish mumkinligini ko’rsatadi.

         Hozirgi kunda Ammoniy selitrani fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash uchun magnezit  va brusit kabi  import qo’shimchalardan foydalanilmoqda bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini oshishiga sabab bo’ladi . OAJ "Maksam-Chirchiq" va OAJ "Farg'onaazot", Ammoniy selitra ishlab chiqarish jarayonida qo’shiladigan magnezit qo’shimchasini yiliga 3 ming tonnadan ortiq import qilinishining o’zi  mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi.Hozirda “Navoiyazot AJ” da ham Rossiya davlatidan import qilinadigan brusit qo’shimchasidan foydanilmoqda undan tashqari ilmiy tadqiqotlar asosida bentonitli selitra ham ishlab chiqarish boshlangan.Qayta ishlangan Qizilqum fosforitlari import o’rnini bosadigan boshqa qo’shimchalarga nisbatdan yuqori samara bera oladi.

  Ammoniy selitra termik modiffikatsiyasi  aynan haroratning  32,27 °C  yuqori boʻlishi yoki belgilangan harorat intervalidan past boʻlishi ammoniy selitrani modiffikatsion oʻzgarishiga olib keladi natijada IV=III holatlari bir-biriga oʻzgarib turish natijasida Ammoniy selitraning kristall panjarasining bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi mineral oʻgʻitni sifatini fizik-kimyoviy xossalarini pasaytiradi. Mahalliy qo’shiladigan qo’chimcha qizilqum fosforitlari hozirda ishlab chiqaradigan selitraga nisbatdan termik barqaror ammoniy selitra ishlab chiqarish mumkinligini ko’rsatmoqda. 185.139.137.133 15:20, 20-Sentabr 2022 (UTC)

Qizilqum fosforitlari[manbasini tahrirlash]

Qizilqum fosforit basseyni 65 ming km2-maydonni egallagan va fosforitlarning oʻrtacha qatlami 2,5 m boʻlgan holda aniqlangan zahirasi 16,25 mlrd. tonna yoki 1,95 mlrd. t P2O5 tashkil etadi [12]. Unda Jeroy-Sardara koni eng koʻp oʻrganilganidir. Ushbu konda uchta uchastka: Janubiy Jeroy, Quruqquduq va Tashkura uchastkalari topilgan boʻlib, ularning umumiy zahirasi 291168 ming. t rudani yoki 55516 ming. t P2O5 ni tashkil etadi. Hozir gi kunda Tashkura uchastkasi (116619 ming. t ruda yoki 21255 ming. t P2O5) qayta ishlashga tayyorlangan va unda qazish ishlari olib borilmoqda. 2009-yili 1244,2 ming. t ruda yoki 210,5 ming. t P2O5 qazib olindi. Zahirasi 90141 ming. t ruda yoki 17294 ming. t P2O5 boʻlgan Quruqquduq va 84408 ming. t ruda yoki 16967 ming. t

P2O5 ga  egan boʻlgan  Janubiy  Jeroy uchastkalari  yaqin kelajakda ishlab chiqarishga jalb qilinadi. Jetimtau koni  zahirasi  rudasi tarkibida  oʻrtacha  20,25% P2O5 boʻlgan 50193 ming. t ruda yoki 10164 ming. t P2O5 miqdorida tasdiqlangan. Konda 0,8-1,5 m bitta qatlam  aniqlangan. Bunda  xomashyo texnologik  xossasi boʻyicha  Jeroy -Sardara  koni fosforitiga oʻxshashdir. Obyekt sanoat miqyosda oʻzlashtirishgan tayyorlab qoʻyilgan.
        Karakata  koni  ikkita: Aznek  va  Ayakquduq uchastkalaridan  tashkil  topgan. Zahiralar  boʻyicha Davlat  qumitasi  tomonidan (11.06.2010  yidagi  №414 sonli bayonnoma) Aznek uchastkasi zahirasi tarkibida 18,29% P2O5 boʻlgan 26947 ming. t ruda 10 yoki 4928 ming. t P2O5 miqdorida va Ayakquduq uchastkasi tarkibida 20,54% P2O5 boʻlgan 16105 ming. t ruda yoki 3308 ming. t P2O5 miqdorida tasdiqlangan. Fatilloyev Shamshod Fayzullo o`g`li (munozara) 15:30, 20-Sentabr 2022 (UTC)