Foydalanuvchi munozarasi:Baymoq Ota

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oshiq Posho hayoti va ijod yo'li. U yashagan davrda ijtimoiy-siyosiy va adabiy muhit[manbasini tahrirlash]

Asl ismi Ali bo'lgan Oshiq Posho XIV asrning mashhur tasavvuf shoiridan biri hisoblanib, 1272-yilda Kirshehir yaqinidagi Arapkirda tug'ilgan. Uning ajdodi ona tarafdan ham ota tarafdan ham davrning ahamiyatli oilalaridan bo'lgan.Otasi Muhlis Posho Xurosondan Amasyaga ko'chib kelgan Ilyos otaning o'g'lidir.Ilyos ota davrinig mashhur din olimlaridan biri bo'lgan. Uning muridlari ko'p bo'lib G'iyosiddin II Kayhusrav buni to'g'ri qabul qilmagan. Chunki uning muridi bo'lgan Is’hoq ota Ilyos ota qarshiliga qaramay qo'zg'olon ko'taradi va 1241-yilda qo'zg'olon bostirilish davomida o'ldiriladi . Elvan Chalabiy bergan ma’lumotiga ko'ra bu qo'zg'alon a’zolari bellariga xristianlik belgisi bo'lmish zunnor taqib yurishgan ekan.Shuning uchun ham Ilyos ota bu shogirdini so'ziga kirmaganligi sababli qarg'gan.

Shayh Ilyosnning (Ilyos otani shunday deb ham chaqirishgan) Umar, Yahyo, Mahmud va Muhlis kabi to'rt o'g'li bo'lgan. Oshiq Posho shulardan Muhlis Poshoning o'glidir. Muhlis Posho olim va fozil bir zot bo'lib, suniylardan bo'lgan. Muhlis Posho Misirga ketdi va Malik Zohirning e’tiborini qozonadi. U yerda yetti yil yashagandan so'ng Vataniga qaytadi.Bu davrda G'iyosiddin II Kayhusrav hukmdor bo'lib, adolatsizlik, fitna avj olgan edi.G'iyosiddin II Kayhusrav hatto otasi Alovuddin Kaykubodni zaharlab o'ldirishgacha boradi. Mo'g'ullar bosqini davom etib turgan bir paytda Muhlis Posho tuhmatga qoladi va 17 marotaba zindonga tashlanadi. Muhlis Posho Saljuqli sultonlaridan G'iyosiddin II Kayhusrav (1237-1245), İzzeddin Kaykavus (1246-1249), Alovuddin II Kaykubod (1249-1254), Rukneddin IV Qilicharslon(1254-1257, 1259-1266) va G'iyosiddin III Kayhusrav(1266-1284) davrlarida turli xil tartibsizlik ichida umr kechiradi. 1266-yilda Rukneddin IV Qilicharslonning bo'g'ib o'ldirilishiga ham guvohi bo'ladi. Olti oydan so'ng yurti Arapkirga qaytadi.Umrini tugab borayotganini bilgan Muhlis Posho Kirshehirga keladi. Bu yerda Otasining o'quvchilaridan biri bo'lgan Shayh Usmonni ziyorat etish bilan birgalikda unga o'g'lini tarbiyalashini vasiyat etadi va ikki yildan so'ng 1274-yilda vafot etadi.

Oshiq Posho boshqaruv zayif, Mo'g'ullar zulmi borgan sari ortgan bir zamonda tug'uldi va bolaligi shu davrda kechdi. Uning tarbiyasiga mas’ul bo'lgan Shayh Usmon uni yuksak darajada tarbiyaladi. Shu tarzda zohiriy va botiniy bilimlarga ega bo'ldi. Oshiq Poshoning yoshligi o'sha davrda ilmiy, siyosiy, adabiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo'lgan Kirshehirda kechdi. Bu yerda ilm o'choqlaridan biri Jaja madrasasi joylashgan bo'lib, Oshiq Posho ham shu ilm markazi ziyosidan bebahra qolmagan. U arabcha va forscha bilan birgalikda arman va ibroniy tillarini ham o'rgandi. O'zi yozib qoldirgan ma’lumotlariga ko'ra hatto Hizir alayhissalomning shaxsan o'zi ham unga ustozlik qilgan va Oshiq taxallusini ham u bergan. Shunday qilib Ilmi laduniyni ham egalladi. Bunga ishora qilib uning o'g'li Elvan Chalabiy :“Valilardagi zavqlar fano maqomiga yetishishi bilan g'aflatdan uzoq holda har soniya Haqni eslash va hushyor bo'lish bilan birgalikda o'zligini yo'qotish, o'zini tark etish holatini Oshiq Posho shaxsan boshdan kechirgan ”- deydi. Oshiq Posho ichki va tashqi go'zalikka ega bo'lgani, ochiq chehrali, yaxshi xulqli va yaxshilik ulashishda tengi yo'qligini ham ta’kidlab o'tgan. Davrning eng zakiy olimi bo'lganligi sababli butun qiyinchiliklarga u yechim topgan .

Oshiq Posho hayoti haqida ko'p ma’lumotlar yetib kelmagan. U haqida faqatgina manbasi esa Oshiq Poshoning o'g'li Elvan Chalabiyning “Manokib-ul Qudsiya fi Menasib-ul Unsiya” asari, mashhur tazkirashchi Latifiy va Oshiq Poshoning shoh asari hisoblanmish “G'aribnoma” asarlarida uchraydi. Bu ma’lumotlarda biz Oshiq Posho uch Saljuq sultoni va ikki Usmoniy sultonlari davrida yashagani haqida ma’lumotlar topishimiz mumkin. Bular Saljuqiy sultonlaridan: G'iyosiddin III Kayhusrav (1266-1284), Sulton II Mas’ud (1284-1296, 1302-1310), Alovuddin III Kaykubod va Usmoniy sultonlardan Usmong'oziy va O'rhong'oziy davrlaridir.

Shunday alg'ov-dalg'ov davr bo'lishiga qaramay Oshiq Posho  ilmni mukammal o'rgandi. Ustozlari unga ilm sarchashmalarini bir-bir ko'rsatib bordilar. Bulardan Sulaymon-u Turkmaniy tasavvufdan ilm o'rgatgan bo'lsa, qaynotasi Shayx Usmon unga din va boshqa tillardan ta’lim berdi. Hizr alayhissalom esa unga g'oyib ilmidan ta’lim berdi.Shu yo'sinda Oshiq Posho o'z davrining yetuk diniy, siyosiy allomalridan biriga aylandi.Usmong'oziyning nomiga xutba o'qilib sultonligi e’lon etilgan tadbirda ishtirok etdi. Keyinchalik Kirshehirni Usmoniylar tasarufiga o'tishida ulkan dastak bo'ldi va Kirshehir beyi etib tayinlandi. Bundan tashqari Misrga elchi bo'lib jo'natilgani, Anadoluning voliysi Timurtosh Poshoning vaziri bo'lgani ayrim manbalarda uchraydi.

Elvan Chalabiy ma’lumotiga ko'ra Oshiq Posho Safar oyining o'n uchinchi kuni hijriy 733 yilida, milodiy 3-noyabr 1332-yilida 63 yoshida Kirshehirda vafot etgan.Shohasar hisoblangan maqbarasi Kirshehirda joylashgan bo'lib, xalq tomonidan ziyoratgohga aylantirilgan . Oshiq Posho uchun eng buyuk ta’rif davrning olimi va mutasavvufi bo'laturib xalq bilan bo'lgan aloqasidir. U Anadoluning ostin-ustun holatida va qarama-qarshilik avj olgan davrda xalq turk xalqiga yo'l ko'rsatuvchi yo'lboshchi vazifasini bajargan. Asarlarida ham shu fikrlar bo'y ko'rsatadi va bu fikrlar xalq uchun tushunarli bo'lishi uchun Turk tilida yozganligi tahsinga sazovor. Asarlarida ba’zi so'zlari O'rxun obidalari, “Qutadg'u bilig”, “Dada Korkut”, “Masnaviy” va Yunus Emre asarlari tilini ifoda etsa, ba’zi ifodalarida esa Sulaymon Chalabiy asarlari tili aks etiladi. Me’rojnoma va Mavlud kabi turla bilan birgalikda Layli va Majnun, Yusuf va Zulayho kabi buyuk masnaviylarning ilk ko'rinishlari Oshiq Posho ijodidan yer olgan:

Allah adın eytlüm evvel ibtidâ Andan oldı ibtidâ vü intihâ

Ishq bobidagi tengi yo'q shoir Sinon Posho ham “G'aribnoma ” bulog'idan so'z olgandir. Bundan tashqari Turk devon adabiyoti ko'zga ko'ringan namoyondalaridan Yazij o'g'li Mehmed, Kaygusiz Abdal, Eshref o'g'li Rumiy, Boqiy, Shayh G'olib va boshqalarning asar yozish tilidan tortib, tushunchalarini ifodalashigacha Oshiq Poshoning ta’siri sezilib turadi. Oshiq Poshoning adabiy yo'li Turk adabiyotida va Devon adabiyotida XIX asrgacha saqlanib turdi. Misol tariqasida, uning she’rlaridan parchalar Ahmadiy va XVII asrda hikmat sohasida o'z yo'lini kashf etgan Nabiy asarlarida keltirilgan. Nabiy yo'lining davomchilaridan Rami Mehmed Posh ova Koja Ragip Posho ham to'g'ridan to'g'ri Oshiq Poshoga murojat etadi.

Oshiq Posho turkchaga ulkan ehtirom bilan qaragan. Uni tom ma’noda birinchi turk tilshunos-filologi deb aytsak ham bo'ladi. Qaysi til bo'lsa-bo'lsin til tovushlarga bog'liqligi, o'pkadan boshlab havo va tovush yo'linining holati, tovushlarning yuzaga kelishi va bir qolibga aylanib ma’no bildirishi eng birinchilardan bo'lib ishora etgan olim Oshiq Poshodir. Bundan tashqari tovushlar bilan harflarning bo'liqligi, tovushlarni bir-biriga qo'shilishi orqali so'zlar vujudga kelishini ham aytib o'tgan. Bulardan kelib chiqib fors tili ta’siriga qaramay turk tili grammatikasiga mos asarlar yozgani va unda turkcha so'zlarni ko'p qo'llagani uni turk tili peshvosiga aylantirgan. Shunga o'xshagan uslub ayni davrda Gulshahriyda ham bo'lgan.Faqat Gulshahriy asarlarini ko'ngli tusaganicha yozgan . U davrda Turk tiliga hech kim nazar solmagan, ya’ni ko'p asarlar davrning mashhur tili bo'lmish Fors tilida yozilgan. Shunga ishora qilib Oshiq Posho o'z asarini o'z tilida yozishga kirishgan."G'aribnoma”dan keltirilgan quyidagi jumlalardan biz bu haqida to'liqroq ma’lumot olishimiz mumkin: Gerçi kim söylendi bunda Türk dili İlla ma‘lum oldı ma‘nî menzili Türk diline kimsene bakmaz-ıdı Türklere hergiz gönül akmaz-ıdı Türk dahı bilmez-idi ol dilleri

İnce yolı ol ulu menzilleri 

Bu Garîb-nâme anın geldi dile Kim bu dil ehli dahı ma‘ni bile Tâ ki mahrûm kalmaya Türkler daki Türk dilinde anlayalar ol Hak’ı

Asarlari: “G'aribnoma” -Oshiq Poshoning eng mashhur masnaviysi.Bu asar bazi manbalarda “Devon-I Oshiq”, “Devon-I Oshiq Posho”, “Maorifnoma” va “Ganjnoma” nomlari bilan yuritilsa ham, muallif uni “G'aribnoma” deb ataydi.

Bu Garib-nâme anın geldi dile Kim bu dil ehli dahı ma‘ni bile

O'n bo'limdan iborat bu asarning nusxalarida baytlar soni turlichadir.Baytlar soni o'rta hisobda o'n ikki mingdir. Ammo biz o'rgangan Sulaymoniya Laleli nushasida baytlar soni 10613 ni tashkil qiladi . Asar debochasi (kirish so'z) forscha bo'lib, boshdan oyoq aruzning “foilotun-foilotun-foilun” vaznida yozilgan.

Asarning bosh qismida asar haqida ma’lumot berilmoqda va har bir bo'lim uchun ikki baytdan iborat tavsif berilgan. Bundan so'ng 228 baytlik qismda tavhid va munojotlar keltirilgan. Shu tarzda asarning asosiy qisimlari kelgan.Bu asar haqida ilk ma’lumotlar shoirning og'li Elvan Chalabiyning “Manokib-ul Qudsiya” asarida keltirilgan .

O'n bo'limdan tarkib topgan bu asarning har bir bo'limi o'z ichiga yana o'n qissani olgan va har bir qissaning hajmi qissadan qissaga ortib boradi. Bu “G'aribnoma” ni alohida o'ziga xosligidir. Bunga sabab qissa mavzulari borgan sari kattalashib borishidir.Umumiy hisobda “G'aribnoma” 550 mavzuni o'z ichiga olgan. Asarning ilk nusxalari XV asrga oiddir va hozirgacha qo'limizda 116 ta nusxasi yetib kelgan. Bulardan 81 tasi Turkiya Respublikasi 35 tasi boshqa davlat kutubxonalarida saqlanmoqda.Bu asarning o'ziga xos jihatlaridan yana biri buning hajman kattaligidir.Bunga sabab ba’zi baytlarning aynan yoki bir-biriga o'xshash shakldaqo'llanilishidir. “G'aribnoma”ning aniq va jozibador shakli, sodda tili bordir.

Asarning yana bir xususiyati shundaki, arabcha va forscha so'zlarning faqatzarur holatlarda qo'llanilishidir. Juda ko'p joylarda arabcha va forscha so'zlarning turkcha muqobili ishlatilgandir. Bu jihatdan asar ochiq va sodda, tushunishga osonasardir. Asar XIV asrda yozilgan bo'lib hozirgi til nuqtai narazdan qaralganda juda ko'p arxayik so'zlar keltirilgan. Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: ag-, “yuksal-”, agu / agı “zahar”, agırla- “yuqori tut-”, ar- “og'ir tush-”, berk “mustahkam”, buñ /muñ “moammo”, çapın- “yugurmoq“ çeri “askar” dün“oqshom”, ır- “uzoqlash-”, kirtü/girtü “haqiqat”, ög “akl”, süñük “suyak”, tan“ajoyib, hayron qolarli”, ün “ovoz”, yigreg “ustun”, yumış “hizmat”… O.Posho bu asarni hijriy 730, milodiy 1330-yilda yozib tugatgan. Bunga ishora qilib bunday deydi:

   Bu kitâbun hatmı uş oldı tamâm

Toptolu yüz dâsitan geldi tamâm Yidi yüz otuz yılında hicretün

Sözi irdi hatmine bu fikretün 

“Faqrnoma” - ikki nusxadan iborat bo'lib, biri Roma Biblioteka kutubxonasida olti varoqlik 161 baytdan iborat.Ikkinchisi esa Manisa Murodiya kutubxonasida 201 baytdan iborat.Bundan ko'rinadiki, Roma nusxasi to'liq emas. Mavzusi dunyoga hirs qo'ymaslik, nafsning istaklariga bo'ysunmaslik va doim Haqni yod etish, g'aflatga tushmaslikdir. Oshiq Posho Faqrni ko'ngil oluvchi va go'zal bir qush shaklida tasvirlab, qo'nish uchun joy qidirib uchishini tasvirlaydi. Qush qo'nishga qulay joy qidirib arsh, bitiruv malakaviy, jannat va yer atrofidan uchib o'tarkan ulardan har biri uni o'ziga chorlaydi, ammo Faqr ularni rad etadi. Yo'lda tartib bilan Odam, Nuh, Ibrohim, Muso vaIso Payg'ambarlar atrofidan uchadi.Ular ham qushni yonlariga da’vat etishadi.Ammo Faqr o'z boshiga tushgan holatlarni bahona qilib ular taklifini ham rad ertadi. So'ngra borib olamlar sarvari Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) yoniga borib qo'nadi va shunday deydi: “Men faqrligim bilan faxrlanaman”. Shundan so'ng nasihatga o'rin bergan shoir Faqrni go'zalligini, tavozeligini vachin sevgi qandayligini aytib o'tadi va haqiqiy do'st Haqqa undaydigan bo'lishi, bunday insonlarning etagidan mahkam tutishga chorlaydi.

“Vasfi-hol” -Oshiq Poshoning 39 baytlik kichik masnaviysidir. Bu asarda vaqt tilga olinadi va uning qadriga yetish kerakligi aytib o'tiladi. Oshiq Poshoga ko'ra O'tmish, Hozir va Kelajak bordir. Vaqt o'tib ketsa uni qaytarib bo'lmaydi.Kelajakdan esa hechkim najot kutmasligi kerak.Haqiqat esa yashab turgan bugunimizni qadriga yetishdir, uni to'gri baholay olishdir.Bugunni mazmunli o'tkizmasangiz o'tmish haqida so'zlash, kelajakka ishonish befoydadir. Umirni toat ibodatda Alloh uchun sarf etish va oxiratda ham shu tarzda foyda topish kerak.

“Hikoya” -59 baytlik kichik she’riy hikoya bo'lib Agah Sirri Levand tomonidan nashr etilgan. Asar qahramonlari musulmon, xristian va yahudiy birodarlar haqida. Uch birodar safarda bir birlariga hamroh bo'lishi va ularning safar chog'idagi hangomalari haqida. Hikoya haqida:

Bu masnaviy “G'aribnoma”ning kutubxonachi Bey Raif Yelkenjida topilgan yangi bir nusxasining oxiridan joy olgan.Hikoyaning sarlavhasi yo'q.

Hikoyaning mavzusi o'zlari ziyrak, zukko bo'lmaganlari holda men zakiyman deb da’vo qilganlar keyin pushaymon bo'lishlariga misol tariqasida qalamga olingan. Shoir Oshiq Posho hikoyaning so'ngida shunday o'git beradi: Og'izlaridan luqmalarini olganini ko'r, Da’vogarning ishi shunday bo'ladi, buni bil. Qanchalik ko'p bilmasin da’vogar, baribir uni bir so'z bilan yengadi ma’no sohibi. Orifning har dam so'zida ma’no bor, johilning ishi doim oqilman deb da’vo qilishdir.Orif bo'lsang, bunga da’vo qilmagin, sidq ichida tur, gumonga bormagin.

Bu hikoya biroz o'zgargan holda xalq orasida ham tarqalgan. Xalq orasidagi variant esa shu shaklda tilga olinadi: mavlaviy, rufaiy, bektoshi tariqatlaridagi uch kishi bir-birlariga yo'ldosh bo'lib safarga chiqishadi. Yo'lda bir shaharga duch kelishadi.Bir xonadon ularga tunash uchun joy beradi.Xonadon sohibi ularni urfga ko'ra mehmon qiladi.Bu mehmonlar ochliklaridan hamma narsani paqqos tushirishadi.Qorinlari to'yadi.Dasturxonda bir holva qoladi. Shunda Mavlaviy va Rufaiy tariqatidagilar Bektoshi tariqatidagi sherigini mazah qilish uchun, holvani ertalab yeyishni taklif qilishadi. Holva kamligi uchun uni kim eng chiroyli tush ko'rsa, o'sha yeyishini aytishadi. Keyin o'rinlariga yotishadi. Sheriklarini uxlatib bektoshi tariqatidagi yo'lovchi turib holvani hammasini yeydi, keyin yana o'rniga yotadi. Ertalab uyg'onib hammalari tushlarini aytishga kirishishadi.Mavlaviy tariqatidagi yo'lovchi tushida Mavlono Rumiy kelib uni yettinchi osmonga olib ketganini, Rufaiy tariqatidagi yo'lovchi tushida Ahmad Rufaiy kelib uni yetti daryoni kezdirgani aytadi.Bektoshi tariqtidagi yo'lovchi esa burro til bilan ularga javob berib ularni mot qilgani yoritiladi.Oshiq Posho esa bu hikoyada Tariqat sohiblari o'rnida Musulmon, Yahudiy, Xristian kishilarni yo'ldoshliklarini tasvirlaydi.Keyinchalik xalq orasida yuqorida keltirib o'tganimiz shaklida yoyiladi.

“Kimyo risolasi” - kimyoga oid risola bo'lib, bu asar Oshiq Poshoga oidligi biroz shubhalidir. Bunga sabab uning mavzusi emas, chalkashligidir. “She’rlar” -bunga Oshiq Poshoning turli yillarda yozgan g'azallari va turli janrdagi she’rlarnini misol keltirish mumkin. “Risola fi Bayon-us Sema” -Bursalik Mehmet Tohir xabar bergan bu asar hali hanuz topilmagan.