Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Anoraxon Boqijonova

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qobiliyat -bu shaxs xususiyatlarining shunday yig‘indisidirki, u odamning biror faoliyatga o'rgatish va uni takomillashtirishning muvaffaqiyatli bo'lishini ta'minlaydi. «Ishchi kuchi yoki har qanday mehnatga qobiliyat deganda, - deb yozadi K.K.Platonov, - organizmda odamning jonli shaxsi egalik quluvchi hamda u tomondan doimo biror iste'mol qiymatini yaratishda ishga tushiriladigan jismoniy va ma'naviy qobiliyatlar yig'indisini tushunamiz»1. Qobiliyat xuddi xarakter singari shaxsning boshqa tuzilishlari bilan bir qatorda qoʻyilgan mustaqil bo'lmay, balki uning turli xususiyatlarining ma'lum yigʻindisidir, ya’ni shaxsing biror faoliyat yuzasidan bilim, ko'nikma va malakalarni boshqalarga nisbatan tez va oson o'zlashtirishi bilan bog'liq bo'lgan psixologik xususiyatdir.Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi is'tedod deb ataladi. Is'tedod bu kishiga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va keng doirada bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir.
Qobiliyat- bilimdan farq qiladi. Bilim bu- ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo'lgan xususiyatlardir. Qobiliyat- bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi u ma'lum darajada bilim olish mahsulidir.

Pedagogik qobiliyat-pedagoging pedagogik faoliyatni boshqara olish imkoniyatini va shu faoliyat bilan muvaffaqqiyatli shug'ullana olishini, shuningdek pedagogik jarayonlarni tashkil etish borasidagi xususiyatlarining komponentlaridir. Pedagogik qobiliyat- ta'lim-tarbiyaviy maqsadlar va o'quvchilaring individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda zaruriy shakl, metod va vositalarni samarali qo‘llay olishdir. Pedagogik qobiliyatlar quyidagi asosiy 3 guruhga ajtatiladi:

Pedagogik qobiliyat turlari:

•Didaktik
•Akademik 
•Perseptiv 
•Kommunikativ
•Tashkilotchilik 
•Psixologik tashxis 
•Diqqatni taqsimlash 
•Tashabbusga, ijodga ilhomlantirish 
•Gnostik
•Konstruktivlik
Didaktik qobiliyat-oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni tushuntirish, ya'ni o‘quvchilar bilan muloqot qilishida pedagogning ta'lim, tarbiyaviy hamda metodlarni chuqur o'zlashtirgan holda dars berish qobiliyatidir.
Akademik qobiliyat-barcha falar yuzasidan muayyan bilimga ega bo‘lish,ya'ni o‘qituvchi o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida va o‘zlashtirishda namoyon etishidir.
Perseptiv qobiliyat-qisqa daqiqalarda auditoriya holatini idrok qila olish fazilati, ya'ni tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, kuzatishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini va psixik holatini o'ziga singdirib idrok etadi.
Kommunikativ, nutqiy qobiliyat-ixcham, ma'noli, ohangdor, muayyan ritm chastotaga ega bo'lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urgʻuga rioya qilishidir. O‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar bilan o‘zaro muloqotga kirishishida muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi muomala madaniyatini muntazam o‘zida singdirib shakllantirib borishi lozim.
Tashkilotchilik qobiliyati-sinf guruhi yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste'dodi ya'ni sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga va to‘garaklarga jalb qila olishida namoyon bo'ladi.
Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati-insonning kelajagini oqilona tasavvur qilish bashorati tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishidir.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati(bir necha ob'ektlarga bir vaqtning o‘zida ongini qarata olish) O‘qituvchida diqqatning barcha xususiyatlari: hajmi, idora qilinishi, safarbarligi taraqqiy etgan bo'lishi muhimdir.
Tashabbusga, ijodga ilhomlatirish qobiliyati-bilim oluvchilarni tashabbuskorlikka, ijodga yo'naltirish va ijodkorlikni shakllantirish.
Gnostik qobiliyat-tadqiqotga layoqatlilik yangilik yarata olish ya'ni o‘qituvchi o'z fanini chuqur bilishi amaliyotda namoyon etishi va yangilik yarata olishidir.
Kostruktiv qobiliyat-o‘qituvchining o‘quv tarbiyaviy faoliyatini puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko'ra olishi.
Pedagogik faoliyat - bu yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarning mehnat faoliyati. 

Pedagogik mahorat -o‘qituvchi muvaffaqiyatli ishlashi uchun pedagogik mahoratga ega boʻlishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori boʻladi.

Pedagogik qobiliyat -qobiliyat faoliyat jarayonida paydo boʻladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik, mashq, oʻqish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa, yana iste'dod, layoqat va zehn, ya'ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat boʻlishi ham zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi.
Olimlaring uzoq yillar olib borgan ilmiy tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatlarning quyidagi asosiy sifatlari ko'rsatilgan: 
- o'z kasbiga muhabbat, o'quvchilarni seva olishi; 
- mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi; 
- pedagogik taktga ega bo'lishi;
- o'z kasbiga ijodiy yondashishi;
- javobgarliki his etishi;
- tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi va hokazo.