Foydalanuvchi munozarasi:ADUuz

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seni vazifang maqolalarni ximoya qilish yo`qolgan maqolalarni qayta tiklash va h.k ekan meni aybimni tushuntur men oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyurug`iga asosan o`z OTM malumotlarini kiritdim sen esa taxrirlading o`chirib tashlading keraksiz malumotlarni kiritding maqsadingni tushuntir Aloqani kutaman +998993270376 --ADUuz (munozara) 07:15, 30-Oktabr 2019 (UTC)

Foydalanuvchilar bilan qoʻpol munosabatda boʻlish yaxshi emas. Hozirgi qilgan harakatingiz juda ham haqoratli chiqdi. Shuning uchun munozara sahifangizni tahrir qilishdan mahrum etildingiz. Sizni 3 kunga chetlashtirdim. Chetlashtirish muddati nihoyasiga yetganida, yana shunday davom etsangiz, yana chetlashtirilasiz. Malikxan munozara 15:19, 30-Oktabr 2019 (UTC)

Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi musobaqasida ishtirok eting![manbasini tahrirlash]

Assalomu alaykum hurmatli foydalanuvchi. Sizni Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi musobaqasida faol ishtirok etishga taklif etamiz. Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi — bu vikimarafon boʻlib, har yili aprel oyida oʻtkaziladi. Marafon davomida Markaziy Osiyo bilan bogʻliq barcha mavzularda maqolalar yaratiladi. Marafonning maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyada Markaziy Osiyo haqida keng qamrovli kontent yaratishdir. Marafonda Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan har bir foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Musobaqa Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi tomonidan tashkil etilmoqda. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi 3 qatnashchisi $200, $100 va $50 miqdoridagi pul mukofotlari hamda futbolka(lar) bilan taqdirlanadi!

Musobaqa qoidalari va boshqa malumotlarni quyidagi sahifa orqali olishingiz mumkin: https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:2021-yilgi_Markaziy_Osiyo_oyligi

Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi musobaqasida faol ishtirok etib sifatli maqolalar yarating va sovrinlarga ega bo'ling! Muxriddin Azimov (munozara) 19:20, 30-Mart 2021 (UTC)[javob berish]