Foydalanuvchi:Zohir Nur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manasning yozma variantlari

  1. Rus olimi V.V.Radlov tarafidan yozilib olingan varianti. Buning ko‘lami 9449 qatordan iborat.
  2. 1922-1926 yillari K. Miftakov bilan I.Abdraxmanov tarafidan Saginboy Orozbakovdan yozib olingan variant. Bu variant 5505 bet , 180378 qator she’rdan iborat.Uning qisqartirilgan varianti Ch. Aytmatovning bosh so‘zi bilan qo‘shilib 4 kitob bo‘lib dunyo yuzini ko‘rdi.
  3. 1935-1937 yillari K.Jumabayev bilan I.Abdraxmanov tarafidan Sayaqboy Karalayevdan yozib olingan variant. Bu variant 84830 betdan iborat. 1940-1947 yillari undan eposning ikkinchi, uchinchi bo‘limlari “ Semetey ”, “Seytek” yozilib olingan. Hammasi 500554 qator she’rdan iborat.
  4. 1935-1948 yillari K.Kidirbayeva, T.Bayjiyev tarafidan yozilib olingan Shapak Irismendeyevning varianti. Bu variant 66926 qatordan iborat, uning 24588 qatori Manasning o‘zigagina ta’luqli.
  5. 1936-1941 yillari Togolok Moldaning (Bayimbet Abdraxmanovdan ) o‘zining yozib bergan varianti. Bu variant 53045 qatordan iborat.
  6. 1938-1949 yillari manaschining o‘z o‘g’li M. Bagishov, I. Musayev tarafidan yozilib olingan Bagish Sazanovning varianti 114445 qatordan iborat.
  7. 1935-1945 yillari honanda va bastakor Moldobasan Musulmankulovdan K. Kidirbayeva tarafidan yozilib olingan varianti. Bu variant 100820 qator she’rdan iborat.
  8. 1946-1952 yillari mashhur folklorchi , manassevar Ibrayim Abdraxmanov o‘zi yozib bergan variantning ko‘lami 51035 qator she’rdan iborat.
  9. 1959-1972 yillari Mambet Chokmarovdan yozilib olingan variant, bu variant 148557 qator she’rdan iborat. Bularning barchasi -Sovet paytlarida yozilib olingan variantlar.

Manas 21 asrda ham ozining umrini yana uzaytirib kelmoqda va yangidan-yangi variantlari yaralmoqda.

Zohir Nur