Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Zebo Hakimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yiqilmang , tura oling qaytadan...[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Sahifamni yaratyotganimda juda ko'p o'yladim." Nima haqida yozsam ekan? ", "Balki tarjimayi holimni yozarman", " Yutuqlarim haqida yozsammikan? ", "Balki kamchiliklarimni yozarman? " degan xayollarni ming marotabalab o'yladim, lekin o'ylab-o'ylab oxiri yaqindagina boshqalar uchun xursandchilikdek ko'ringan, ammo men uchun ruhiy zarba hisoblangan voqea haqida yozishga qaror qildim.Ha aniq yozaman.Men yaqinda eng nufuzli universitet Talabasi bo'ldim. Eng yuqori ballardan birini to'play oldim.Afsus, ming afsuski, grand emas, kontrakt asosida o'qishga qabul qilindim.Bu holat meni rostdan sindirdi...Qattiq sindirdi...O'zimga va bilimimga bo'lgan ishonch qolmadi...Haftalar davomida odamlar ko'ziga qarolmay yurdim.Tinmay " nega aynan menda shu holat " degan savollar meni kundan-kun zaiflashtirdi.O'zimni " omadsizlikda " ham aybladim...Men tayyor emasdim bu holatga.Chunki oilamizda hozir 4 ta kontrakt bo'ldik.Men agar grand asosida o'qishga kirsam, oilamga ancha yordam bo'lardi va ota-onamning menga bo'lgan cheksiz ishonchiga loyiq hisoblardim o'zimni.Lekin aksincha holatga tushib qoldim.Biroz vaqt o'tgach o'zgacha fikrlay boshladim, axir bu holatlar menga berilgan sinov emas, Ne'mat-ku!Ha aynan meni Alloh siyladi...Har doim ham faqat men istagan narsa bo'lmasligini tushuntirdi go'yo...Atrofimga qarashni va men boshqalardan ancha hozir Baxtli ekanliginmi his qildirdi...Ha, to'g'ri-da, hozir meni o'rnimda bo'lishni istayotganlar qancha...Men sindim , lekin yiqilmadim, o'rnimdan qayta tura oldim...Hozir rostdan ham mendan Baxtli inson yo'q.Har kunim shukronalik hissi ila o'tmoqda..Alhamdulillah...