Foydalanuvchi:Zarguloy Qosimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KASBGA YO'NALTIRISH ASOSIDA INGLIZ TILINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Annotatsiya: Mazkur maqolada professional ta'lim muassasalarida kasbga yo'naltirilgan ingliz tilini o'qitishning o'ziga xos xusussiyatlari, kasbiy lingvodidaktika tamoyillari va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, kasbiy lingvodidaktikaning asosiy tamoyili ingliz tilining mutaxassislik fanlari bilan fanlararo aloqadorlik asosida o'qitishning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Kalit so'zlar: Maxsus maqsadlarga yo'naltirilgan ingliz tili, kasbiy lingvodidaktika, fanlararo integratsiya, metod, mutaxassislik. KIRISH: Axborot va integratsiyalashuv jamyoni nihoyatda kuchaygan bugungi kunda mamlakatlararo ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalaming yanada kengayishi chet tillarni o'rganishni hayotiy zaruratga aylantirdi. Shu bois respublikamizda chet tillari, xususan, ingliz tili uzluksiz ta'lim tizimining maktabgacha ta'limdan to oliy ta'limdan keyingi malaka oshirish tizimlarigacha bo'lgan barcha bosqichlarda, barcha yo'nalishlar va ixtisosliklarda o'qitilmoqda. Bunda oliy ta'limgacha o'quvchilarga ingliz tili bitta tayanch dastur asosida o'qitilsa, oliy ta'lim bosqichida esa, ikkita yo'nalish chet tilni filologik maqsadlarda o'qitish, ya ni bo'lg'usi chet tili o'qituvchilarini tayyorlash va nofilologik yo'nalishda tilni muayyan maqsadlarga va kasblarga yo'naltirib (Language for Specific Purposes, LSP) o'qitish farqlanadi. ADABIYOTLAR SHARHI A.K. Krupchenko kasbiy linvodidaktika ob'ektiv ijtimoiy talab asosida, ya'ni turli soxa egalarining chet tillarni xalqaro ma'lumotlar va tajriba almashishda vosita sifatida egallash chtiyojlari asosida yuzaga kelganini, bu tarmoq ancha avval Xatchinson va A. Uolters tomonidan ingliz tilini maxsus maqsadlarda o'qitish "Engfish for Specific Purposes" sifatida ilgari surilganini ta'kidlaydi [1]TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL Manbalarni o'rganish mazkur tarmoqning uzoq tarixga va o'z tamoyillariga ega ekanligini ko'rsatadi. Hozirga qadar G'arb lingvodidaktikasida kasbiy lingvodidaktikaga oid 300 dan ortiq asarlar yaratilgan bo'lib, ularda kasbiy lingvodidaktikaning integrativlik, ko'p darajalilik, modellashganlik, variantlilik, kommunikativlik, modullilik, kasbiy yo'nalganlik kabi asosiy tamoyillari ko'rib chiqilgan. Kasbiy lingvodidaktika lingvodidaktikaning tarmog'i sifatida didaktika, kasbiy pedagogika, kasbiy psixologiya va psixolingvisika, lingivistika, kommunikatsiya (muloqot) nazariyasi va maxsus fanlar bilan o'zaro uzviy bog'liq bo'lib, buni quyidagilar bilan asoslash mumkin [2]: kasbiy lingvodidaktika ta'lim berish bilan bog'liq ekan, demak, u didaktika bilan uzviy bog'liq; chet tilidagi kasbiy kommunikativ layoqatlarini shakllantirishda shaxsiy fazilatlar, qobiliyat, kasbiy layoqat haqida gap ketar ekan, bu o'z o'zidan kasbiy psixologiya va psixolingvistika bilan bog'liqlikni ko'rsatadi;gap chet tilini o'qitish haqida ketar ekan, albatta, kasbiy lingvodidaktika lingvistika bilan bevosita bogʻliq.chet tillarini o'qitishning asosiy maqsadi kasbiy, sohaviy va madaniyatlararo muloqotga o'rgatishdan iborat, demak, kasbiy lingvodidaktika muloqot yuritish nazariyasi, etika me'yorlari bilan ham bog'liq. A.K.Krupchenko kasbiy lingvodidaktikaning asosiy vazifalari sifatida [4]: kasbiy lingovodidaktikaning nazariy metodik asoslarini ishlab chiqish; kasbiy lingovodidaktikaning asosiy tamoyillarini aniqlash; chet tilini maxsus maqsadlarda o'qitilish maqsadlarini oydinlashtirish; chet tilini kasbiy-sohuviy o'qitish mazmunini aniqlash; mutaxassislarni chet tiliga o'qitishning shakl va metodlarini tanlash; chet tilini kasbiy sohaviy o'qitishning o'quv metodik ta'minoti va texnik. vositalarini tanlash kabi masalalarni ko'rsatib o'tadi. Kasbiy lingvodidaktikaning asosiy va qo'shimcha tamoyillari A.N. Kuznesova. tomonidan keng tavsiflangan bo'lib, asosiy tamoyillari sifatida ijtimoiy-kasbiy muhitni yaratish, kompetensiyaviy yondashuv talablari, integrativligi, fanlararo aloqadorlikni inobatga olish, chet tilida kasbiy kompetensiyalarini kompleks shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kabi. Qo'shimcha tamoyillar sifatida esa til o'rganuvchining yoshi, ta'lim olishdagi muammolari, modulliylik, tilni o'qitishda uzviylikni ta'minlash, materiallarning originalligi va autentliligi kabi qator tamoyillar inobatga olinishi kerakligi qayd etib o'tiladi.Kasbiy lingvodiktikaning ko'rsatib o'tilgan vazifalari va tamoyillaridan kelib chiqqan holda, kasbiy lingvodidaktikani tilni kasbiy- sohaviy o'qitishning pazariy asoslari, uning metodik, didaktik, lingvistik xususiyatlarini o'rganuvchi fan, deb izohlash mumkin.Kasbiy lingvodidaktikaning asosiy tamoyillaridan biri boʻlgan chet tilini mutaxassislik fanlari bilan bog'langan holda o'qitishning mazmuni, shakli va vositalari G. Dadamirzaev va Q. Fayzullaevlar tomonidan maxsus tadqiq etilgan bo'lib, ular o'quv Tänlari asoslari o'rtasidagi bog'liqlik yoki turli o'quv fanlarining elementlararo integratsiyasini fanlararo bog'lanish, deya ta'kidlaydilar. A.Hasanov esa o'z ishida fanlararo aloqadorlikning quyidagi turlarini ko'rsatib o'tadi:bo'lajak mutaxassisning dunyoqarashini shakllanishiga yordam beruvchi metodologik va konseptual aloqadorlik, bilim va malakaning dolzarblashuvini ta'minlaydigan mazmunga ega fanlararo aloqadorlik, bo'lajak mutaxassisning kasbiy muhim shaxsiy sifatlari shakllanishiga qaratilgan tarbiyaviy aloqadorlik;o'rganilayotgan fanning bở lajak kasbiy faoliyat elementlari bilan entlari tayanadigan metodik aloqadorlik. XULOSA VA MUNOZARA W aloqalariga Demak, professional ta'lim muassasalarida chet tillarini o'qitishda fanlararo aloqa chet tili mashg'ulotlarda bevosita kasbga, sohaga oid autentik materiallardan foydalanish natijasida talabalarning mutaxassislikka oid bilimlarining boyib borishga va sohaga doir eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishga olib keladi va talabaning chet tilni o'rganishga motivatsiyasining oshishiga yordam beradi. Bizningcha, ingliz tilini mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalashtirib o'qitishda ingliz tili mavzulari mutaxassislik fani mavzulari bilan bog'lashda mutaxassisning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib saralanishi muhim. ADABIYOTLAR RO'YXATI: TA'SIR FAKTORIYATI: 3934 E-ISSN: 2181-4343 https://wordlyknowledge.u 1. Dadamirzayev G., Fayzullaev K.M. Fanlararo boglanishning muhandislik talimidagi o'rni // Zh. Pedagogika fanlari.-M., 2016. No 1. B.34-36. 2. Krupchenko A.K., Kuznetsov A.N. Professional lingvodidaktika asoslari (monografiya). Akademiya APK va PPRO-M., 2015. 232 r. 3. Krupchenko A.K., Kuznetsov A.N. Professional lingvodidaktikaning natijasida:Monografiya. Lambert Akademik nashriyoti. M., 2011.-215 b.

4.Kuznetsova IV. SVE Federal Davlat Ta'lim Standartining umumiy kompetentsiyalarining qo'llanilishi va Oliy Ta'lim Federal Davlat Ta'lim Standartining universal kompetentsiyalari // Yaroslavl Pedagogika byulletèni. 5. Yaroslav, 2018. № 5. C-167-173. 6. Xoshimova D.U. Rus tilining zamonaviy faoliyati va tillararo o'zaro ta'sirlar kontekstida lakunalarni o'rganishning lingvistik va didaktik asoslari: Diss. dok. ped. Fanlar, -T., 2017.209 b. 7. Raxmatov, 3. N., & Rashidov, D. N. (2023). “Oʻztemiryoʻllovchi” marketing strategiyasini ishlab chiqish mexanizmi. Fanda innovatsion yutuqlar 2022, 2(17), 55-60