Foydalanuvchi:ZILOLA JAMOLOVA

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faqat yaxshi kayfiyat: Toksik pozitivlikning nozik tuzog‘i

Optimizm va yaxshi kayfiyatning aslida hech bir zarari yuq. Biroq ular me'yor darajasida bo‘lmas ekan, xavfli oqibatlarga olib kelishi aniq. Aytaylik, siz og‘riq, qo‘rquv va qayg‘u hislarini tuyishni inkor qilasiz. Yomg‘irdan quyosh nurini, umidsizlikdan umidni, mojarodan ko‘ra uyg‘unlikni afzal ko‘rasiz. Umuman olganda, odamlar qayg‘u yoki tushkunlikni his qilib ko‘rishdan zavqlanmaydilar , doimo baxt va muvaffaqiyatga umid qilish esa ular uchun tabiiy holat sanaladi. Aslida esa hayot-tajribalarning murakkab aralashmasidir.

Diqqatni hayotning faqat yorqin tomonlariga yo‘naltirish, yoqimsiz fikrlar yoki his-tuyg‘ularni qabul qila olmaslik, vaqtinchalik tinchlik illuziyasini yaratishi mumkin. O‘z o‘rnida bu holat - yolg‘on va o‘tkinchi bo‘lib, haqiqiy quvonch hissining aksidir. Yoqimsiz his-tuyg‘ularni bostirishga urinish, hayotingizda mavjud boshqa insonlardan ham xuddi shunday ijobiylikni talab qilish odatda, sizga o‘zingiz izlayotgan baxtni bera olmaydi. Bu esa, ko‘pincha teskari natijalarga olib keladi. Toksik pozitivlik o‘zining zararli ta’sirlariga ega bo‘lib, ijobiylikdan ko‘ra salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi.

Bu jarayon qay tariqa xavfli tus olishi mumkin?

Toksik pozitivlik, sodda qilib aytganda, haddan ortiq ko‘tarilgan ijobiylikni ifoda etishdir. Xo‘sh, bu nima degani?

- Bunda, siz doim o‘zingizni yaxshi his qilishingiz kerak, hatto ko‘ngilsiz holatlarda ham;

- Ijobiy hislarni tuyish - bu sizning tanlovingiz.

Toksik pozitivlik faqatgina hislar bilan bog‘liq emas. Mazkur jarayon fikringiz va fikrlash tarzingizga ham tegishli. Yaьni, bunda, sizning asl holatingizdan ko‘ra, ijobiy fikrlashingiz ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lishini anglatadi.  

"Salbiy fikrlash bilan kurashish, sizga shukronalik tuyg‘usini beruvchi narsalarga diqqatingizni qaratish... farovonlik uchun juda muhim", -deydi Kaliforniyalik terapevt Viki Botnik. Biroq, u, baxt - shunchaki iroda masalasi emasligini ta’kidlaydi. " Masalan, "qoshlaringizni chimirmang" kabi o‘ta sodda maslahatlar, oxir-oqibat jazolovchi vositaga aylanib qolishi va bu, o‘zimiz uchun yaxshiroq haqiqatni yaratishga yetarli kuchimiz yo‘qligini anglatadi", deydi Botnik. Bu mafkura o‘z tabiatiga ko‘ra oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan, ko‘pincha chigal va o‘ta og‘ir muammolarga to‘la hayot haqiqatini inkor etadi.

Ijobiylik hamma narsaga ham yechim bo‘la olmaydi. Ehtimol, toksik pozitivlik ortida quyidagilarni boshdan kechirayotgan bo‘lishingiz mumkin:

- ruhiy salomatlik bilan bog‘liq bezovtalik;

- travma (jismoniy/ruhiy jarohat);

- qayg‘u;

- bullying (tajovuz),e’tiborsizlik yoki zo‘ravonlik;

- o‘zaro munosabatlarning darz ketishi;

- jismoniy kasallik yoki sog‘liq bilan bog‘liq qo‘rquvlar;

- moliyaviy havotirlar yoki ishsizlik.

Ijobiy kayfiyatni hamisha his qilish qiyin kechishi mumkin, biroq shunday vaziyatlarda tushkunlik va noaniqlikni boshdan kechirish ham aslida normal. Og‘riqni tan olish sizda salbiy munosabat borligini yoki kuchsiz ekanligingizni anglatmaydi. Biroq ayni shu narsa toksik pozitivlikni aniqlash uchun ham belgi bo‘lishi mumkin.  

Toksik pozitivlik qanday namoyon bo‘ladi?

Toksik pozitivlik odatda yashirin ravishda shakllanib boradi va u ko‘pincha yomonlikdan ko‘ra yaxshilikni afzal ko‘rish istagidan boshlanadi. Masalan, sizni ishdan bo‘shatishdi, o‘zingizga: "Ha, bu men uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi! Nihoyat, endi o‘zimga maqul keladigan ishni topishim mumkin”,-deya dalda berasiz. Aslini olganda, bunday munosabatning yomon tarafi yo‘q. Xuddi shu holatda o‘zingizga biroz yoqqan ishni yo‘qotganingiz uchun qayg‘urish ham zarar qilmaydi.

Boshqa bir misolni ko‘rib chiqamiz, deylik, siz ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanasiz. Kunlik mashg‘ulotlaringiz, oilangiz, do‘stlaringiz yoki sevimli itingizning fotosuratlarini doimiy ravishda boshqalar bilan bo‘lishasiz. Hamisha yaqinlaringiz va sizdagi mavjud imkoniyatlar uchun qanchalik minnatdor ekanligingizni takidlashni ham unutmaysiz.

Biroq so‘nggi paytlarda, o‘zingizni yaxshi his qilmayapsiz. Ishingizga qo‘yiladigan talablar kuchaygani sari, doimiy stress va hissiy charchoqdan aziyat chekyapsiz. Yetarlicha uyqu haqida gapirmasa ham bo‘ladi, ertalab o‘rningizdan turish esa kun sayin qiyinlashmoqda. O‘zingizni baxtsiz his qilganingiz bilan, kechinmalaringizni biror inson bilan bo‘lisha olmaysiz. Buning o‘rniga, saralangan suratlaringizni tarmoqda ulashishda davom etib, shaxsiy postlaringizni esa soxta tabassum bilan bezayverasiz.

Natijada, yaqinlaringizning hech biri sizdagi qayg‘uni payqamaydi, yoki asl holatingizdan bexabar bo‘lgani sabab, ularning ko‘magiga muhtojligingiz haqida tasavvur ham qilmaydilar. Toksik pozitivlik, shuningdek, doim boshqalarga ma’qul keladigan ishlarni bajarishingizga, bu esa oxir-oqibat sizni holdan toydirishga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Vaqtingiz tig‘iz bo‘lsa-da, kimgadir yordam berishga rozi bo‘lganmisiz? Mas’uliyat bilan to‘lib-toshganingizda ham qo‘shimcha vazifalarni bajonidil qabul qilasizmi?

O‘zingiz yordamga muhtojligingizni tan olishdan ko‘ra, aqliy yoki hissiy quvvatingiz bo‘lmagan narsalarga ham rozilik beraverish, uzoq vaqt mobaynida nahot sizga o‘z taьsirini ko‘rsatmasa?

O‘zingizda yoki boshqalarda sezishingiz mumkin bo‘lgan toksik pozitivlikning asosiy belgilari:

- hayot haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish;

- siz uchun yoqimsiz bo‘lgan muammo yoki tashvishlarni muhokama qilishdan bosh tortish yoki yomon narsalarni o‘ylamaslik;

- atrofingizdagi odamlarga ham sodir bo‘layotgan ko‘ngilsizliklarni eslamasliklari uchun takliflar berish;

- odamlarni mavjud holatlarida ayblashga moyillik;

- og‘riq va qayg‘u faqat yetarlicha harakat qilmaganlar uchun bo‘ladi, degan ishonch;

- qandaydir nuqsonli his-tuyg‘ularni boshdan kechirish va ifoda etishda qiyinchiliklar, yoqimsiz fikrlar va his-tuyg‘ulardan voz kechish odatlari.

Xo‘sh, toksik pozitivlikning uzoq muddatli ta’siri qanday?

"Faqat yaxshi kayfiyat" mentaliteti insonda qoniqish va baxtga erishish haqida noto‘g‘ri taassurot shakllanishiga olib keladi. Vaholanki, har doim ham o‘zingizni yaxshi his qilish imkonsiz. Toksik pozitivlik hayotning murakkab haqiqatlarini inkor etadi va shu jumladan, o‘z hikoyangiz muallifi sifatida his-tuyg‘ularingiz va tajribalaringiz nazorati to‘liq o‘z qo‘lingizda,- degan fikrni ilgari suradi.

Albatta, bu mutlaqo to‘g‘ri degani emas. Siz keraksiz his-tuyg‘ularni boshqarish va ular keltirib chiqaradigan qayg‘uni yengillashtirish yo‘llarini o‘rganishingiz mumkin. Shunga qaramay, ularning paydo bo‘lishiga butunlay to‘sqinlik qila olmaysiz.

Hislaringizga bee'tibor bo‘lsangiz, ayni shu narsa kutilgan natijani bermasligi mumkin. "Barcha his-tuyg‘ular haqiqiy va zarurdir", deydi Botnik. Uning tushuntirishicha, qayg‘u, g‘azab va zaiflikka yo‘l qo‘yish, ularni qabul qilishni o‘rganish ko‘pincha to‘liq hayotga va batamom integrasiyalashgan shaxs shakllanishiga sabab bo‘ladi.

Muammoni tan olishdan bosh tortish, mavjud yechimlarni o‘rganishga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birgalikda, bunday munosabat, barchasi ko‘ngildagidek ketayotganini o‘z-o‘zingizga taьkidlash orqali, vaziyat kutilmagan tomonga o‘zgaradigan bo‘lsa, sizda zaxira rejangiz bo‘lmasligini anglatadi. To‘satdan yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar, tahlikaga solishi va sizni hissiy jihatdan yengish uchun kurash olib borishi mumkin. Salbiy his-tuyg‘ular, og‘riq va qayg‘uni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, his-tuyg‘ularingizni bo‘shatish yordam berishi mumkin.

Barcha hislar ahamiyatga ega, hatto azob beradiganlari ham Keraksiz his-tuyg‘ularni bostirish, ularni butkul yo‘q qilmaydi. Aksincha, sizdagi bor ruhiy yukingizni ham og‘irlashtirishi mumkin. Toksik pozitivlik, shuningdek, ojizlik, uyat va aybdorlik hislarini ham kuchaytirib yuboradi. O‘zingizdagi qayg‘u hissi uchun masuliyatni olmay, yuzaga kelayotgan ko‘ngilsizliklarga nisbatan ijobiy fikr yuritishda davom etadigan bo‘lsangiz, urinishlaringiz zarracha ham foyda bermasligi aniq.

Agar sizdagi tushkun kayfiyat - ruhiy salomatlik bilan bog‘liq bo‘lsa, jiddiy oqibatlarga, masalan doimiy xavotir va depressiyaga olib keladi. Bunday vaziyatlarda soha mutaxassislari bilan ishlash, samara berishi mumkin. Optimizm albatta, ruhiy salomatligingizni tiklashda muhim ahamiyatga ega, biroq siz faqat yaxshi kayfiyat bilan depressiya yoki xavotirdan xalos bo‘la olmaysiz. Professional ko‘mak va davolash usulisiz, mazkur alomatlar zararli tus olishi mumkin.

UmidvorlikHayotning son-sanoqsiz eslatmalari – ular xoh ijobiy, salbiy, yoki beparvo, ishtiyoqsiz kayfiyat bo‘lsin, ular orasidagi narsalar – noyob tajribalaringizga to‘liq ta’m berish uchun birlashadi. Demak, ularning barchasi qiymatga ega. Ijobiy fikrlash kuchi haqida gapiradigan odamlar ko‘pincha yaxshi niyatlarga ega. Ular jismoniy yoki hissiy og‘riqning murakkabliklari haqida yetarlicha bilishmas.

Xo‘sh, "xavotirlanma, baxtga intil" chaqiruvlari yordam bermasa, nima qilasiz?Botnik bunday vaziyatlarda hayotning baland-pastini tushunadigan odamlar bilan bog‘lanishni, kerak bo‘lganda ijtimoiy tarmoqlardan maьlum muddat tanaffus qilishni, sizni chinakam ilhomlantiradigan narsalarga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Uning fikricha, ijobiylikning yomon tarafi yo‘q. Bu faqat og‘riqni boshdan kechirganingizdan keyin, uni ifodalab, tekshirib va shu uchun vaqtni to‘g‘ri yo‘naltirganingizdan keyingina paydo bo‘lishi zarur."