Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Yusupbayeva Maftuna/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Maftuna Yusupboyeva Ulugʼbek qizi 2005-yil 22-yanvar sanasida Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanida dunyoga kelgan. Oilada 4 ta farzand boʼlib, Maftuna toʼngʼich qiz.

U 2011-yili tumandagi 14-sonli umumiy oʼrta maktabiga oʼqishga chiqadi va 2016-yili oilaviy sabablarga koʼra oʼqishini tumandagi 29-sonli maktabga koʼchiradi. Maktabda koʼplab tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etib, tengdoshlariga oʼrnak boʼlgan holda uni "oltin medal" bilan tamomlaydi. 
Maktabni tugatgan yilining oʼzidayoq Qoraqalpoq Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga Davlat Granti asosida oʼqishga qabul etiladi.
Maftuna Yusupboyeva 2022-yildan beri respublika "Doʼrmon" ijodkorlari klubi aʼzosi hamda Toʼrtkoʼl tumanida joylashgan ustozi shoira Munavvar Yusupova boshchiligidagi "Onajonim sheʼriyat" klubi aʼzosi hamdir.

Uning sheʼrlari "Toʼrtkoʼlnoma" gazetasida chop etilgan va Maktabda oʼqib yurgan kezlari "Muborak lahzalar hamda qirq qiz dovrugʼi" nomli almanaxda chop etilgan.