Foydalanuvchi:Yodgor Xurramov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lakayev Saidaxmat Norjigitovich

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lakayev Saidaxmat Norjigitovich 1952-yil 9-martda Samarqand viloyat Payariq tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1968-yilda maktabni aʼlo baholarga tugatib, shu yili Samarqand Davlat universiteti mexanika-matematika fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1973- yilda muvaffaqiyatli tamomladi.

Pedagogik va tashkilotchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.N.Lakayev 1973–1978–yillarda Moskva Davlat universiteti (MDU) professori Robert Adolfovich Minlos rahbarligida diplom ishi yozdi, stajirovkada bo‘ldi hamda shu universitetning matematika bo‘limi aspiranturasida tahsil oldi. Aspiranturani bitirib kelgan yosh olim 1978-yildan Samarqand Davlat universiteti mexanikamatematika fakultetida talabalarga tanlov fanidan maʼruza va seminarlar o‘tishni boshladi va iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishga jalb qildi. Jumladan, professorlar Sh.Qosimov, I.Ikromov, S.Imomqulov, J.Abdullayevlar talabalik yillarida S.N.Lakayev rahbarligida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishganlar. Hozirda S.N.Lakayev haqiqiy o‘zgaruvchining funksiyalari nazariyasi, funksional analiz, chiziqli operatorlar, o‘z-o‘ziga qo‘shma operatorlarning spektral nazariyasi fanlaridan maruzalar o‘qimoqda. Differensial tenglamalar va matematik fizika mutaxassisligi magistrantlariga ixtisoslik fanlaridan maʼruzalar o‘qib kelmoqda. S.N.Lakayev 1981-yilda (fizika-matematika fanlari nomzodi, Moskva Davlat universiteti) nomzodlik, 1992-yilda (fizika-matematika fanlari doktori, Sankt-Peterburg Davlat universiteti) doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. U matematik analiz, funksional analiz hamda matematik fizika va funksional analiz kafedralarida assistent, dotsent va 1993-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda. Mustaqillik davrida S.N.Lakayev ilmiy maktabi pedagogik kadrlar tayyorlashda salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Uning ko‘p qirrali faoliyatida yosh olimlarni tarbiyalash va mutaxassislar tayyorlash alohida o‘rin tutadi. Uning rahbarligida 2 ta fan doktori J.Abdullayev (2001), A.Xalxo‘jayev (2016) va 13 ta fan nomzodi J.Abdullayev (1992), E.Chulfa (1997), M. Mo‘minov (1997), A.Xalxo‘jayev (2001), Sh.Tilavova-Xudoynazarova (2001), I.Xayrullayev (2002), S.Samatov (2004), U.Soatov (2004), T.Rasulov (2005), Z.Mo‘minov (2008), I. Bozorov (2008), G. Yodgorov (2009), Sh. Xolmatov (2012), 3 ta falsafa doktori (PhD) Sh.Latipov (2017), S.Ulashov (2017), Sh.Qurbonov (2018) tayyorlangan. U oilali, 5 nafar (ikkita qiz va uch o‘g‘il) farzandi bor. Akademik S.N.Lakayev Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Respublikamiz fani yutuqlarini jahonga targ‘ib etish bo‘yicha qator yutuqlarga erishdi. Jumladan, Fransiya (1995, 2000), Italiya (1998, 2001), Germaniya (1996,1998, 2000-2012), Angliya (2000), Turkiya (1999, 2004), Rossiya (1995, 2000, 2011, 2016), Armaniston (2005, 2007), Malayziya (2012), AQSh (2013-2014) kabi mamlakatlarga taklif qilindi va xalqaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalar, ilmiy seminarlarda maʼruzalar qildi. Akademik Saidaxmat Lakayev 1994-2012-yillarda universitetda faoliyat ko‘rsatish bilan birga O‘zRFA Samarqand bo‘linmasi „Matematika“ bo‘limiga rahbarlik qildi, bo‘limda aspirantura va doktorantura ochdi.

Akademik S.N.Lakayev say’i-harakatlari tufayli Samarqand Davlat universitetida 2003- yilda „Matematik-fizika“ kafedrasi tashkil qilindi hamda kafedrada ixtisoslik bo‘yicha magistratura, aspirantura va doktoranturalar ochildi. Akademik S.N.Lakayevning tashkilotchilik faoliyati va bevosita ishtiroki natijasida Samarqand Davlat universitetida Matematik fizika va funksional analiz kafedrasi va Germaniyaning Rur, Bonn, Maynz, Braunshveyg universitetlari; Angliyaning Zusseks universiteti; Italiyaning SISSA, ICTP ilmiy markazlari, Rim universiteti; AQShning Kolumbiya (Missuri), Devis (Kaliforniya) universitetlari; Shvetsiyaning Stokgolm universiteti, Rossiyaning Moskva Davlat universiteti, Informatsiyani uzatish muammolari ilmiy tadqiqot instituti, Dubna shahridagi Yadro tadqiqotlari Birlashgan instituti; Malayziyaning Malayziya, Mara texnologiya universitetlari, Putra, Kebangsaan universitetlari kabi qator yirik ilmiy markazlar o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va ular bilan xalqaro ilmiy loyihalarni bajarish ustida ish olib borilmoqda. Akademik S.N.Lakayev ilmiy maktabi xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilmoqda. == Xorijiy olimlar bilan hamkorlik aloqalari. == S.N.Lakayev 1972-1978-yillarda Moskva Davlat universitetida stajirovkada bo‘lgan va aspiranturada tahsil olgan davrlarida ko‘plab xorijiy olimlar Ya.G.Sinay, R.L.Dobrushin, D.R.Yafayev, S.P.Merkuryev, P.Exner, P.Seba, A.Mogilnerlar, keyinchalik S.A.Vugalter, G.M.Jislin, S.Albeverio, J.Dell Antonio bilan tanishdi va ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Natijada S.N.Lakayev bir qator xorijiy mamlakatlarda ilmiy xizmat safarlarida bo‘ldi. U 1985-86-yillarda 10 oy Chexoslovakiyaning Karlov universitetida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordi, 1996 va 2000-yillarda Germaniyaning Rur va Bonn universitetlarida (5 oy) hamda 2001-2012-yillarda esa har yili (2-3 oy) shogirdlari J.Abdullayev, M.Shermatov, S.Samatov, M.Mo‘minov, Z.Mo‘minov, T.Rasulov va A.Xalxo‘jayevlar bilan birga Germaniyaning Bonn universiteti professori S.Albeverio taklifiga ko‘ra Germaniyaning DFG (Deutschen Forschungsgemeinschaft) ilmiy fondi DFG 436 UZB 113/3, DFG 436 UZB 113/4, DFG 436 UZB 113/6, DFG 436 UZB 113/7 grantlari asosida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordi, ilmiy seminar va konferensiyalarda maʼruzalar qildi. Bu grantlarda akademiklar Sh.Ayupov (shogirdlari bilan), Sh.Alimovlar ham ishtirok etdilar. S.N.Lakayev 1998 yilda Italiyaning Xalqaro nazariy fizika markazida (International centre for theoretical Physics — ICTP 3 oy), 2001 yil prof. J.Dell Antonio taklifiga ko‘ra Italiyaning SISSA ilmiy markazi va Rim universitetlarida (1 oy) bo‘lib, ilmiy seminar va konferensiyalarda maʼruzalar qildi va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Akademik S.N.Lakayev 2012-yilda Malayziya Mara texnologiya universitetiga taklif etilgan professor sifatida Malayziyaning Mara, Malayziya texnologiya universiteti, Putra, Kebangsaan universitetlarida 2 oy mobaynida magistr va olimlar uchun ilmiy maʼruzalar o‘qidi hamda prof. A.Ibrohim va M.Daruslar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Akademik S.N.Lakayev 2013-2014-yillarda Fulbrayt granti sovrindori sifatida 10 oy davomida AQShning Devis (Kaliforniya) va Kolumbiya (Missuri) universitetlarida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va Kolumbiya (Missuri), Prinseton (Nyu-Jersi), Fullerton, Irvayn, Devis (Kaliforniya), Ana J.Mendez (Puerto-Riko) universitetlarida matematik fizika ilmiy seminarlarida talabalar hamda olimlar uchun ilmiy maʼruzalar qildi, olingan ilmiy natijalarini muhokama qildi. 2017-2018-yillarda akademik S.N.Lakayevning 3 nafar shogirdi Sh.Latipov, S.Ulashov, Sh.Qurbonovlar falsafa doktori — PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 2018-yilda shogirdi prof. A.Xalxo‘jayev rahbarligida Sh.Lakayev PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Olimning 3 nafar shogirdi (M.Mo‘minov, Z.Mo‘minov, T.Rasulov) doktorlik dissertatsiyalarini himoyaga tayyor qilishgan, 3 nafar shogirdi (A.Xurramov, S.Do‘stov, A.Boltayev) va prof. J.Abdullayev, M.Mo‘minov, Z.Mo‘minovlarning 4 nafar shogirdlari (B.Mamirov, U.Shodiyev, N.Aliyev, U.Quljonovlar) PhD dissertatsiyalari talablariga mos ilmiy natijalarga erishganlar. Akademik S.N.Lakayevning shogirdlari hozirgi paytda Italiya (Sh.Xolmatov), Avstraliya (Sh.Allado‘stov), Malayziya (M.Mo‘minov, Z.Mo‘minov) va Turkiya (E.Chulfa) mamlakatlari ilmiy markazlarida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. == Umumlashgan Fridrixs modelining spektral xossalari. == Nemis va AQSh matematigi K.Fridrixs tomonidan 1938-yilda uzluksiz spektr qo‘zg‘alishini ifodalovchi model operatorini kiritdi. 1968 yilda ushbu operator L.D.Faddeyev tomonidan umumlashtirildi va har ikkala olim tomonidan tadqiq qilindi. Keyinchalik bu operator Fridrixs modeli deb ataldi. Taʼkidlash joizki, ushbu operatorning uzluksiz


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]