Foydalanuvchi:Xurshida Davirova
Donishqishloq latifalari. O`zbekiston qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub turkum she`rlar. 1976-1991-yillar oralig`ida yaratilgan “Donishqishloq latifalari”, undagi afanditabiat Matmusa obrazi el orasida mashhur bo`lib ketdi. Xalqona yo`llarda, xalq latifalari ruhida bitilgan bu asar XX asr ikkinchi yarmi o`zbek adabiyotidagi ijtimoiy satiraning yaxshi namunasidir. Soddadil Donishqishloq odamlari, Matmusa sarguzashtlari bilan bog`liq bir qarshda shunchaki hazil, beozor tuyulgan she`riy latifalar o`sh yillarning teskari haqiqatlari ustidan chiqarilgan o`tkir aybnomalardir.
Shoir muqaddima she`rda aytganidek, keyingi she`rlarda Matmusa haqidagi latifalar tizimi ko’zga tashlanadi. Turkumdagi «Matmusaning qalpog`i», «Matmusaning lagani», «Qiziquvchan Matmusa», «Matmusaning mehmondo’stligi», «Matmusa va o’g’rilar» kabi she`rlar yumor yo’li bilan yozilgan bo’lib, ularda qalpoqni «yuvgan» Matmusaning pirovardida o’sha qalpoqni ichkilik haqiga berib ketishi, bozordan lagan sotib olgan Matmusaning uning keyingi holatini o’ylab, sindirib, qaytadan chegalatib olishi kabi «omilkorligi»dan butun qishloq qoyil qolishi, yangi bo’yalgan simyog`ochga uning tepasiga yopishtirilgan qog`ozdagi yozuvni o’qiyman, deya chiqib, yangi kiygan ishton-ko’ylagini bo’yoq qilishi, o’zi qutqargan shaharlikni o’z galstugidan daraxtga osib, «quritib» qo’yishi, uni talagan o’g‘rilarning ovozi chiqmasligi uchun chalgan karnaylari bilan to’ylardagi chalingan karnayni adashtirib qo’yishi kabilar shular jumlasidan. Turkum tarkibidagi «Matmusa – rassom», «Matmusaning dutori, «Matmusaning qo’shig`i», «Matmusaning Amerika ochishi», «Matmusaning haykali», «Matmusaning eshak sotgani», «Matmusaning bog`i» kabi she`rlar satiriklik jihati yetakchi bo’lgan she`rlardir. Ularda jamiyatda mavjud illatlar zaharxanda kulgu orqali qoralanadi. Xususan, yakka shaxsga sig`inish, «katta»larning yo’rig`idan chiqmaslik, jamiyatning ongsiz vakili kabi o’zining mavhum kelajakka tomon odimlash, buyruqbozlikka ko’nikmaning shakllantirilganligi, mavjud «tizim»larning xizmatida bo’lish, o’z manfaati uchun haqni nohaq deyishga tayyor bo’lish, mehnat qilgan kishining chetda qolib, tekinxo’rlar «telefonli» amaldorlarning hosilga ega chiqishi kabilar shular jumlasidan. So’nngi she`rning xulosasi ham shunga yarasha: O`zingiz bir hisoblang Xodim ko’pmi, qumursqa... Kirib oling siz ham bir Telefonlik yumushga. Umuman, ushbu turkumning o’ziga xos jihatlari undagi she`rlarning yagona qahramoni – Matmusaning mavjudligi, yagona makon – Donishqishloqdagi hangomalar aks ettirilganligi, yagona zamon, ya`ni Matmusa yashayotgan zamon tasvirlanganligi, she`rlarning hammasi hajviy usulda yozilganligi, g`oyaviy-mavzuviy jihatdan umumiy mazmunni, ya`ni Matmusa bilan bog`liq latifalar tasviriga bag`ishlanganligi, she`rlardagi yaxlit tasvir noma`lum, ya`ni hayotda borligi gumon bo’lgan makon bo’lsa-da, badiiy to’qima uchun o’rinli bo’lgan shartli-kinoyaviy nomlangan Donishqishloq tushunchasining mavjudligi kabilarda aks ettirilgan. Kulish oson, kulgining tagiga yetish qiyin. Afandi yo`lda yotgan ko’zguni olib, o’zining aksini ko’ribdi-yu: “E, bu narsa siznikimidi?” deb uni yana joyiga qo’yib ketaveribdi. Ko’pchiligimiz Afandining soddaligidan kulib qo’yaqolamiz. Aslida, buning zamirida ulkan fojia yotganini, bunda o’zligini, o’zini taniyolmasdan yashayotgan kimsaning achinarli holati bayon etilganini kamdan- kam odam anglab yetadi. Mahorat baribir birlamchi. Erkin Vohidov hajviyotini ming-minglab kitobxonlarga suyukli qilib turgan eltuvchi kuch ham o’sha – mohirlik.
«Donishqishloq latifalari» she`rlar turkumida shoir kuch-qudratga to‘lgan, lekin bu kuchni yangilik deya odamlarga zarar keltiruvchi ishga sarflagan shaxs fojiasini («Matmusaning charxpalagi»), tandir ichiga tushib olib o‘z izmini eshakka topshirgan gumroh bandaning kulgili holati («Tandir kiygan Matmusa»)ni yumoristik uslubda yoritishga erishgan. Ularda yangilik ketidan quvgan jamiyat, o‘z tandiri»ga kirib olib boshqaruvni eshakmiyaga topshirgan, natijada yo‘lini yo‘qotgan sho‘ro davlati yashirin tarzda kulgi ostiga olingan. Yoki, to‘qqiz oyda bajariladigan yumushni uch oyda bajarish talabini qo‘ygan, bajarilmagan ishni bajarildi deya bong urayotgan jamiyatning kulgili holati («Matmusaning uylanishi») o‘ziga xos talqin topganini ko‘ramiz. Hajvchi, birinchi galda, qoyillatib kuldira olsin, o’ylantira olsa, undan ham yaxshi, der edi Ne’mat Aminov. Jahondagi ko’pchilik kulgi ustalari kabi Erkin Vohidov ham ana shu aqidaga tayanib ijod qiladi. Bu uning “Donishqishloq latifalari” turkumida yaqqol ko’rinadi.