Foydalanuvchi:Xolmetova Zilola Umirbek qizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XIVA shahri - Òzbekiston shimoli ģarbida , Xorazm viloyatining janubida , Amudaryo chap sohilida joylashgan shahar . Xiva tumanining markazi ham ushbu shahar hisoblanadi. Maydoni 0,08 kv.kmni ya'ni 25 gektarni tashkil etadi. Xiva arxeologik ma'lumotlarga kòra miloddan avvalgi V asrda barpo etilgan. Shahar nomi qadimiy qismda joylashgan Xivaq (Xeyvaq) quduģi bilan boģliq.

Xiva tòģrisidagi ilk ma'lumotlar X asrdan boshlab arab-fors tillaridagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi. Rivoyat qilishlaricha, shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Nuhning òģli Som bòlajak shahar yoniga quduq qazdirgan va keyin Xivaga asos solgan. 12-13-asrda shahar ravnaq topgan. Keyinchalik 1220-1221-yil shaharni Chingizxon qòshinlari vayron etgan.

XVI-XIX asrlarda shahar taraqqiy eta boshlagan. Hammaga ma'lumki , Xiva shahri me'morchilikka boy shahar. Xiva shahri haqli ravishda muzey shahar nomini olgan. Ichan qal'aning eng e'tiborga molik inshootlari orasida qadimiy shahar devori, Said Aloviddin maqbarasi, Kòhna Ark, Toshhovli va Nurillaboy saroyi , minoralar va Islomxòja ,Kalta minor, Pahlavon Mahmud majmuasi , Muhammad Aminxon madrasasi, 218 ustunli juma masjidini misol keltirish mumkin. Markaziy Osiyoda birinchilardan bòlib Xiva shahri Jahon merosi sifatida YUNESKOning jahon madaniy merosi ròyxatiga kiritilgan. Xiva shahrining 2500 yilligi 1997-yilda jahon miqyosda keng nishonlandi. Xiva shahriga hozirgi kunda "ochiq osmon ostidagi muzey " deya ta'rif beriladi.

Qadimda Xiva shahridan Buyuk ipak yòli bòlgan va bu yerdan kòplab karvonlar òtgan. Xiva shahri Buyuk ipak yòlining markazi hisoblangan. Shahar yonidan Polvonyop ( Xeykaniq) kanali òtgan . Hozirgi kunda shahar qayta tiklanmoqda.[1][2][1]

  1. 1,0 1,1 [https//uzbek.travel.com// „Uzbek.travel -Xiva“].
  2. „Xiva shahar“.