Foydalanuvchi:WWBM/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston yoʻl belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ro‘yxatda Tojikistonda qo‘llaniladigan yo‘l belgilari mavjud. Tojikistondagi yoʻl belgilari koʻp jihatdan Rossiya va MDH mamlakatlarida (Ozarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston) qoʻllaniladigan yoʻl belgilariga oʻxshaydi, chunki Oʻzbekiston 1991-yilda parchalanib ketgunga qadar Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan.

Belgilar O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 10.04.2013 yildagi O‘RQ-348-son "„Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"[1], O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalari, 12.04.2022 yildagi 172-son „Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida“[2]. Belgilardan foydalanish va ishlab chiqarish qoidalari, shuningdek ularning tasvirlari GOST R 52289-2004[3] va GOST R 52290-2004[4] standartlari bilan belgilanadi. Ushbu belgilar Yoʻl belgilari va signallari toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasiga mos keladi.

Ogohlantiruvchi belgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga xavfli yo‘l qismiga yaqinlashayotganligi haqida axborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora ko‘rishni talab qiladi.

1. Ogohlantiruvchi belgilar
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
1.1 Shlagbaumli temir yo‘l kesishmasi
1.2 Shlagbaumsiz temir yo‘l kesishmasi
1.3.1 Bir izli temir yo‘l 1.3.1 — bir izli temir yo‘l, 1.3.2 — ikki va undan ortiq izli temir yo‘l belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo‘l kesishmasi oldida o‘rnatiladi.
1.3.2 Ko‘p izli temir yo‘l
1.4.1 Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashuv Aholi punktlaridan tashqarida temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo‘shimcha ogohlantirish beradi.
1.4.2
1.4.3
1.4.4
1.4.5
1.4.6
1.5 Tramvay yo‘li bilan kesishuv
1.6 Teng ahamiyatli yo‘llar kesishuvi
1.7 Aylanma harakatlanish bilan kesishuv
1.8 Svetofor bilan tartibga solish Harakatlanish svetofor bilan tartibga solinadigan chorraha, piyodalar o‘tish joyi yoki yo‘l qismini bildiradi.
1.9 Ko‘tarma ko‘prik Ko‘tarma ko‘prik yoki solda kesib o‘tish.
1.10 Sohilga chiqish Daryo yoki suv havzasi qirg‘og‘iga chiqishni bildiradi
1.11.1 Xavfli burilish 1.11.1 — o‘ngga, 1.11.2 — chapga yo‘l belgilari yo‘lning kichik radiusli yoki ko‘rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.
1.11.2
1.12.1 Xavfli burilishlar 1.12.1 — birinchi burilish o‘ngga, 1.12.2 — birinchi burilish chapga yo‘l belgilari yo‘lning xavfli burilishlari bo‘lgan qismini bildiradi.
1.12.2
1.13 Tik nishablik
1.14 Tik balandlik
1.15 Sirpanchiq yo‘l Qatnov qismi o‘ta sirpanchiq bo‘lgan yo‘l qismi.
1.16 Notekis yo‘l Qatnov qismi notekis bo‘lgan yo‘l (o‘nqir-cho‘nqir, o‘ydim-chuqur joylar, ko‘prikning yo‘lga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.
1.17 Tosh otilishi xavfi Transport vositasining g‘ildiragi ostidan shag‘al, tosh va shunga o‘xshashlarning otilib chiqish ehtimoli bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.18.1 Yo‘lning torayishi 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — o‘ngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
1.18.2
1.18.3
1.19 Ikki tomonlama harakatlanish Yo‘lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi.
1.20 Piyodalar o‘tish joyi 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o‘tish joyini bildiradi.
1.21 Bolalar Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o‘xshashlar)ga yaqin yo‘lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.
1.22 Velosiped yo‘lkasi bilan kesishuv
1.23 Taʼmirlash ishlari
1.24 Mol haydab o‘tish
1.25.1 Yovvoyi hayvonlar
1.25.2 Pastlab uchuvchi qushlar
1.25.3 Kemiruvchi va sudralib yuruvchi hayvonlar
1.26 Toshlar tushishi Tosh ko‘chishi, surilishi va tushishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.27 Yonlama shamol
1.28 Pastlab uchuvchi samolyotlar
1.29 Tunnel Sunʼiy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtog‘ining ko‘rinishi cheklangan tunnelni bildiradi.
1.30 Boshqa xavf-xatarlar Ogohlantiruvchi belgilarda ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlar bo‘lgan yo‘l qismini bildiradi.
1.31 Sunʼiy yo‘l notekisligi Yo‘lning sunʼiy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
1.31.1

Burilishning yo‘nalishi Kichik radiusli, ko‘rinishi cheklangan yo‘lda harakatlanish yo‘nalishini va yo‘lning taʼmirlanayotgan qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.31.2

1.31.3
T-simon chorrahada yoki yo‘l ayrilishlarida harakatlanish yo‘nalishini, taʼmirlanayotgan yo‘l qismini aylanib o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
1.32 Tirbandlik Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati bo‘lgan joyga o‘rnatiladi.
1.33 Qatnov qismi kesishmasi hududi 1.30 yotiq chizig‘i bilan belgilangan chorrahaga yaqinlashayotganligini anglatib, oldinda tirbandlik yuzaga kelganligi tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorrahaga kirish, agar to‘xtash chizig‘i yoki 5.33 yo‘l belgisidan o‘tib bo‘lgan haydovchiga esa qatnov qismlari kesishmasiga kirishni taqiqlanishini bildiradi.
1.34 Diqqat, boshqariladigan to‘siq Ushbu yo‘l belgisi boshqariladigan to‘suvchi qurilmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.35 Piyodalarning yo‘l yoqasidan yurishi mumkin bo‘lgan hudud

1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o‘rnatiladi. Zaruriyat bo‘lganda, bu belgilar 7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.

Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda o‘rnatiladi.

Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10 — 15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisisiz) o‘rnatilishi mumkin.

1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam bo‘lmagan masofada o‘rnatiladi.

Imtiyoz belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo‘lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

2. Imtiyoz belgilari
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
2.1 Asosiy yo‘l Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin o‘tish huquqini beradi. Belgi asosiy yo‘l boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga o‘rnatiladi.
2.2 Asosiy yo‘lning oxiri
2.3.1 Ikkinchi darajali yo‘l bilan kesishuv 2.3.2 — tutashuv o‘ngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo‘l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o‘rnatiladi.
2.3.2

Ikkinchi darajali yo‘l bilan tutashuv
2.3.3

2.4 Yo‘l bering! Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.5 To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan To‘xtash chizig‘i oldida, agar u bo‘lmasa, kesib o‘tiladigan qatnov qismining chetida to‘xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o‘tilayotgan yo‘ldan, 7.13 qo‘shimcha-axborot belgisi bo‘lganda esa asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerak.

Bu belgi temir yo‘l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o‘rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to‘xtash chizig‘i oldida, u bo‘lmasa, belgi oldida to‘xtashi kerak.

2.6 Ro‘para harakatlanishning ustunligi Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo‘lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo‘lning tor qismida bo‘lgan yoki ro‘paradan unga yaqin bo‘lgan transport vositasiga yo‘l berishi kerak.
2.7 Ro‘paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz Yo‘lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro‘paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Taqiqlovchi belgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taqiqlovchi belgilar yo‘l harakatiga ayrim taqiqlar, muayyan cheklovlar kiritadi yoki ularni bekor qiladi.

3. Taqiqlovchi belgilar
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
3.1 Kirish taqiqlangan Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.
3.2 Harakatlanish taqiqlangan Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
3.3 Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan
3.4 Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko‘rsatilmagan bo‘lsa) yoki ruxsat etilgan to‘liq vazni belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.

3.4. yo‘l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.

3.5 Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan
3.6 Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan Traktorlar va o‘ziyurar uskunalarning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.7 Tirkama bilan harakatlanish taqiqlangan Yuk avtomobillari va traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek, mexanik transport vositalarini shatakka olish taqiqlanadi.
3.8 Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek, chorva (poda) haydab o‘tish taqiqlanadi.
3.9 Velosipedda harakatlanish taqiqlangan Velosipedda va mopedda harakatlanish taqiqlanadi.
3.10 Piyodaning harakatlanishi taqiqlangan
3.11 Vazn cheklangan Haqiqiy umumiy vazni belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining, shuningdek, transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.12 O‘qqa tushadigan og‘irlik cheklangan Har qanday o‘qiga tushadigan haqiqiy og‘irlik belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.13 Cheklangan balandlik Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilgandan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.14 Cheklangan kenglik Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
3.15 Cheklangan uzunlik Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanadi.
3.16 Eng kam oraliq Belgida ko‘rsatilganidan kam bo‘ylama oraliq masofada harakatlanish taqiqlanadi.
3.17.1 Bojxona Bojxona (nazorat punkti) oldida to‘xtamasdan o‘tib ketish taqiqlanadi.
3.17.2 Xavf-xatar Yo‘l-transport hodisasi, avariya, yong‘in yoki boshqa xavf-xatar vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining bundan keyin harakatlanishi taqiqlanadi.
3.17.3 Nazorat joyi Transport vositalarining tekshirib o‘tkazilishi majburiy bo‘lgan vaqtincha yoki doimiy nazorat punktlarida o‘rnatiladi.

Ushbu yo‘l belgisi 2.5 yo‘l belgisi bilan birga o‘rnatilishi mumkin.

3.18.1 O‘ngga burilish taqiqlangan
3.18.2 Chapga burilish taqiqlanadi
3.19 Qayrilish taqiqlangan
3.20 Quvib o‘tish taqiqlangan Soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi.
3.21 Quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri
3.22 Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri To‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o‘tish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).
3.23 Yuk avtomobillarida quvib o‘tish taqiqlangan hududning oxiri
3.24 Yuqori tezlik cheklangan Belgida ko‘rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.25 Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri
3.26 Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan Yo‘l transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanadi.
3.27 To‘xtash taqiqlangan Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.28 To‘xtab turish taqiqlangan Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.29 Oyning toq kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.30 Oyning juft kunlarida to‘xtab turish taqiqlangan (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
3.31 Barcha cheklovlarning oxiri 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.32 Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan
3.33 Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan

3.1 — 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2 — 3.8 belgilari taʼsir oralig‘ida joylashgan korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, ushbu belgilar taʼsir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli bo‘lgan transport vositalariga taʼsir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

3.27. belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida taʼsir qilmaydi;

Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan „Nogiron“ tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi bo‘lganda 3.27 belgisining taʼsir doirasida to‘xtashga ruxsat etiladi.

3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.

3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, qayrilib olish joyigacha, ular bo‘lmaganda — aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi.

Yondosh hududlardan yo‘lga chiqish joylarida yoki yo‘lning dala, o‘rmon yo‘llari va boshqa doimiy harakatlanish, o‘tib ketish uchun mo‘ljallanmagan yo‘llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning taʼsiri yo‘qolmaydi.

Aholi punktlariga yetmasdan o‘rnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.

Belgilarning taʼsir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:

  • 3.16 va 3.26 belgilari uchun 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi bilan;
  • 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi orqali;
  • 3.24 belgisining taʼsir oralig‘i undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi ko‘rsatilgan 3.24 belgisini o‘rnatish bilan;
  • 3.27 — 3.30 belgilarining amal qilish oralig‘i oxiriga 3.27 — 3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha axborot belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 qo‘shimcha axborot belgisi bilan qo‘llaniladi.
  • 3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizig‘i bilan birgalikda qo‘llanishi mumkin, bunda belgilarning taʼsir hududi yo‘l chizig‘i uzunligi bilan aniqlanadi.
  • 3.10, 3.27 — 3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomonida o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning taʼsiri faqat o‘sha tomonga amal qilinadi.

Buyuruvchi belgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuruvchi belgilar muayyan harakatlanish tartibini belgilaydi yoki bekor qiladi.

4. Buyuruvchi belgilar
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
4.1.1 Harakatlanish to‘g‘riga Faqat belgilarda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo‘nalishiga tegishli ko‘rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo‘llash mumkin).

4.1.1 — 4.1.6 belgilarining taʼsiri yo‘nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi.

4.1.1 — 4.1.6 yo‘l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o‘rnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo‘lning qismi boshlanishida o‘rnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo‘lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

4.1.2 Harakatlanish o‘ngga
4.1.3 Harakatlanish chapga
4.1.4 Harakatlanish to‘g‘riga yoki o‘ngga
4.1.5 Harakatlanish to‘g‘riga yoki chapga
4.1.6 Harakatlanish o‘ngga yoki chapga
4.2.1 To‘siqni o‘ngdan aylanib o‘tish Faqat ko‘rsatkich ko‘rsatgan tomondan aylanib o‘tish ruxsat etiladi.
4.2.2 To‘siqni chapdan aylanib o‘tish
4.2.3 To‘siqni o‘ngdan yoki chapdan aylanib o‘tish Har tomonidan aylanib o‘tish ruxsat etiladi.
4.3 Aylanma harakatlanish Ko‘rsatkichlar yo‘nalishlarida harakatlanish ruxsat etiladi.
4.4 Yengil avtomobillar harakati Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo‘nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi.

Belgining taʼsir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

4.5 Velosiped yo‘lkasi Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasi bo‘lmasa, velosiped yo‘lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
4.6 Piyodalar yo‘lkasi Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.
4.6.1 Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lak
4.6.2 Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yo‘lakning oxiri
4.6.3 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.4 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri
4.6.5 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lak 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yo‘l chizig‘i yordamida, konstruktiv tarzda yoxud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yo‘lagi.
4.6.6 Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yo‘lakning oxiri
4.7 Eng kam tezlik Faqat belgida ko‘rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
4.8 Eng kam tezlik belgilangan yo‘lning oxiri
4.9.1 Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yo‘nalishi "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yo‘l belgisida ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ruxsat beriladi: 4.9.1 — to‘g‘riga, 4.9.2 — chapga, 4.9.3 — o‘ngga.
4.9.2
4.9.3

Axborot-ko‘rsatgich belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

xborot-ko‘rsatgich belgilari maʼlum harakat tartiblarini kiritadi yoki ularni bekor qiladi, hamda aholi punktlari va boshqa manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot beradi.

5. Axborot-ko‘rsatgich belgilari
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
5.1 Avtomagistral Yo‘l harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘lni bildiradi.
5.2 Avtomagistralning oxiri
5.3 Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lni bildiradi.
5.4 Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri Bir tomonlama harakatli yo‘l
5.5 Bir tomonlama harakatli yo‘l Transport vositalari butun kenglik bo‘yicha bir yo‘nalishda harakatlanadigan yo‘l yoki qatnov qismi.
5.6 Bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri
5.7.1 Bir tomonlama harakatli yo‘lga chiqish Harakatlanish bir tomonlama bo‘lgan yo‘lga yoki qatnov qismiga chiqish.
5.7.2
5.8.1 Tasmalar bo‘yicha harakat yo‘nalishi Tasmalar soni va har biri bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishlari. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
5.8.2



Tasma bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi Tasma bo‘yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanish taqiqlanadi.
5.8.3
Tasmaning boshlanishi Yo‘lning sekinlashish bo‘lagi yoki balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning boshlanish qismi.

Agar belgiga 4.7 „Eng kam tezlik“ belgisining tasviri tushgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy tasmadan qo‘shimcha tasmaga qayta tizilishi kerak.

5.8.4 Uch tasmali yo‘llarda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta tasma qismining boshlanishi.
5.8.5 Tasma oxiri Balandlikka ko‘tarilishdagi qo‘shimcha tasmaning yoki tezlanish tasmaning oxirini bildiradi.
5.8.6 Uch tasmali yo‘llarda shu yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan o‘rta tasma qismining oxirini bildiradi.
5.8.7

Tasmalar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan bo‘lsa, unda bu tur transport vositasining tegishli tasmada harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

5.8.7 va 5.8.8 belgilari yo‘nalishlar soniga ko‘ra to‘rt va undan ortiq tasmali yo‘llarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.

5.8.8
5.9 Yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasma Transport vositalari yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘nalishli transport vositalari uchun mo‘ljallangan tasmani bildiradi.

Belgi qaysi tasma ustida joylashgan bo‘lsa, shu tasmaga tatbiq etiladi. Yo‘lning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan belgining taʼsiri o‘ng tasmaga tatbiq etiladi.

5.10.1 Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘l Yo‘nalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan tasmani bildiradi.
5.10.2 Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lga chiqish
5.10.3
5.10.4 Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘lning oxiri
5.11.1 Qayrilib olish joyi Chapga burilish taqiqlanadi
5.11.2 Qayrilib olish oralig‘i Qayrilib olish oralig‘ining uzunligini bildiradi. Chapga burilish taqiqlanadi.
5.12 Avtobus va (yoki) trolleybus to‘xtash joyi
5.13 Tramvay to‘xtash joyi
5.14 Yo‘nalishsiz taksilar to‘xtab turish joyi
5.15 To‘xtab turish joyi
5.15.1 Pullik to‘xtab turish joyi
5.15.2 Yer usti avtomobil qo‘yish joyi
5.15.3 Yer osti avtomobil qo‘yish joyi
5.15.4 Elektr quvvatlashli avtomobil qo‘yish joyi
5.16.1 Piyodalar o‘tish joyi O‘tish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizig‘i bo‘lmaganda 5.16.2 belgisi yo‘ldan o‘ng tomonga o‘tish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga o‘tish joyining orqa chegarasiga o‘rnatiladi.
5.16.2
5.17.1 Piyodalarning yer ostidan o‘tish joyi
5.17.2
5.17.3 Piyodalarning yer ustidan o‘tish joyi
5.17.4
5.18 Tavsiya etilgan tezlik Yo‘lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qo‘llansa, uning taʼsir oralig‘i xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.
5.19.1 Oxiri berk yo‘l Yo‘lning ko‘rsatilgan yo‘nalishda oxiri berkligini bildiradi.
5.19.2
5.19.3
5.19.4
5.20.1


Yo‘nalishlarning dastlabki ko‘rsatkichi Belgida ko‘rsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yo‘nalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan bo‘lishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining xususiyatlari to‘g‘risida axborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan bo‘lishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi o‘rnatilgan joydan chorrahagacha bo‘lgan masofa ko‘rsatiladi. 5.20.1 belgisi yo‘lning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri o‘rnatilgan qismlarini aylanib o‘tish yo‘nalishini ko‘rsatish uchun ham qo‘llaniladi.
5.20.2
5.20.3 Harakatlanish chizmasi Chorrahada ayrim yo‘nalishlarda harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa harakatlanish yo‘nalishi yoki murakkab chorrahalarda ruxsat etilgan harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.20.4 Yo‘llarining bir sathda kesishmaydigan qismlarida burilish yoki qayrilib olish yo‘nalish ko‘rsatkichi Avtomobil yo‘llarning bir sathda kesishmaydigan qismlarida yer ostidan yoki yer ustidan transport vositalarining burilish va qayrilib olish yo‘nalishini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
5.20.5 Xizmat ko‘rsatish maydoni
5.21.1 Yo‘nalish ko‘rsatkichi
5.21.2
Yo‘nalishlar ko‘rsatkichi Ko‘rsatilgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha bo‘lgan masofa (km) ko‘rsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan bo‘lishi mumkin.
5.22 Aholi punktining boshlanishi Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.23 Aholi punktining oxiri Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.
5.24 Aholi punktining boshlanishi Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
5.25 Aholi punktining oxiri 5.24 yo‘l belgisi bilan ko‘rsatilgan aholi punktining oxirini bildiradi.
5.26
Manzil nomi Aholi punktlaridan boshqa manzillarning nomini bildiradi (daryo, ko‘l, dovon, xushmanzara joy va boshqalar).
5.27 Masofalar ko‘rsatkichi Yo‘nalish bo‘yicha joylashgan aholi punktlarigacha bo‘lgan masofani bildiradi (km).
5.28 Kilometr belgisi Yo‘lning boshi yoki oxirigacha bo‘lgan masofani bildiradi (km).
5.29.1 Yo‘l raqami 5.29.1 — yo‘lga berilgan raqam, 5.29.2 — yo‘lning raqami va yo‘nalishini bildiradi.
5.29.2
5.30.1 Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yo‘nalishi Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va o‘ziyurar moslamalarga biror yo‘nalishda harakatlanish taqiqlangan bo‘lsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yo‘nalishlari ko‘rsatadi.
5.30.2
5.30.3
5.31 Aylanib o‘tish tasviri Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish chizmasi.
5.32.1 Chetlab o‘tish yo‘nalishi Harakatlanish vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish yo‘nalishini bildiradi.
5.32.2
5.32.3
5.33 To‘xtash chizig‘i Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to‘xtaydigan yo‘nalishini bildiradi.
5.34.1 Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang‘ich ko‘rsatkichi Ajratuvchi bo‘lagi bo‘lgan yo‘lning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o‘tish yoki o‘ng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo‘nalishini bildiradi.
5.34.2
5.35 Reversiv harakatlanish Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo‘nalishi qarama-qarshi tomonga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan yo‘l qismining boshlanishini bildiradi.
5.36 Reversiv harakatlanishning oxiri
5.37 Reversiv harakatlanish yo‘liga chiqish
5.38 Turar joy dahasi Yo‘l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o‘rnatilgan yo‘l.
5.39 Turar joy dahasining oxiri
5.40 Falokatli holatlar uchun kirish yo‘li Yo‘l harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda ko‘rsatilgan holatlarda foydalaniladigan yo‘l.
5.41 Foto va video qayd etish Yo‘llarda avtomobil haydovchilari Qoidalar talabiga rioya etishi elektron qurilmalar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi. Ushbu yo‘l belgisi Qoidalar talabiga rioya etilishi statsionar elektron qurilmalar orqali nazoratga olingan joylarga o‘rnatiladi.
5.42 Qizil chiroqda o‘ngga harakatlanish Transport svetofori qizil chirog‘ining o‘ng yoniga 5.42 yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda o‘ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo‘nalishi bo‘yicha va burilayotgan ko‘chani kesib o‘tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo‘l berishlari shart.
5.43 Radar Yo‘llarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yo‘l belgisi.
5.44 Velosipedchilar uchun tasma
5.45 Velosipedchilar uchun tasmaning oxiri
5.46 Maktab Maktab yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldida o‘rnatiladi.
5.47 Turizm obyektlari yo‘nalish ko‘rsatgichi
5.47.1 Turizm obyektlari
5.47.2 Turizm axborot markazi

Aholi punktlaridan tashqarida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil yoki ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi.

Oq rang ko‘rsatilgan obyekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.

Aholi punktida o‘rnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yo‘l belgilaridagi yashil, ko‘k rang ko‘rsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqqandan so‘ng avtomagistral yoxud boshqa yo‘l orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa ko‘rsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.

Servis belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Servis belgilari tegishli obyektlar joylashuvi haqida maʼlumot beradi.

6. Servis belgilari
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
6.1 Tibbiy yordam ko‘rsatish joyi
6.2 Shifoxona
6.3.1 Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi
6.3.2 Avtomobillarga ko‘p tarmoqli yonilg‘i quyish shoxobchasi
6.3.3 Elektromobillarni quvvatlash shaxobchasi
6.4 Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish joyi
6.5 Avtomobillarni yuvish joyi
6.6 Telefon
6.7 Oshxona
6.8 Ichimlik suvi
6.9 Mehmonxona yoki motel
6.10 Kemping
6.11 Dam olish joyi
6.12 YPX maskani
6.13 Avtotashuvchilarning nazorat punkti
6.14 Hojatxona
6.15 Chiqindi yig‘ish joyi
6.16 Cho‘milish havzasi
6.17 Ichki ishlar bo‘limi
6.18 Radio aloqasi
6.19 Jomeʼ masjidi
6.20 Cherkov
6.21 Ibodatxona
6.22 Temir yo‘l vokzali
6.23 Aeroport
6.24 Bozor
6.25 Turistik axborot markazi
6.26 Qo‘riqxona
6.27 Manzarali joy
6.28 Meʼmorchilik yodgorligi

Qo‘shimcha axborot belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo‘shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo‘llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qo‘llaniladi.

7. Qo‘shimcha axborot belgilari
Raqam belgisi Rasm Ism Tushuntirish
7.1.1 Obyektgacha bo‘lgan masofa Belgidan yo‘lning xavfli joyi, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldindagi muayyan joygacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.1.2 Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, 2.4. yo‘l belgisi bilan o‘rnatilib, chorrahagacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi.
7.1.3 Yo‘ldan chetda joylashgan manzilgacha bo‘lgan masofani bildiradi.
7.1.4
7.2.1 Taʼsir oralig‘i Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko‘rsatkich belgilarining taʼsir oralig‘ini ko‘rsatadi.

7.2.2 — 7.2.6. „Taʼsir oralig‘i“.

7.2.2 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining taʼsiri saqlangan oraliqni ko‘rsatadi.

7.2.3 — 3.27 — 3.30 taqiqlovchi belgilarining taʼsir oralig‘i oxirini ko‘rsatadi.

7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari taʼsir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi.

7.2.5, 7.2.6 — maydon, binolar oldi va shunga o‘xshash joylar chetida to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlanganda 3.27 — 3.30 belgilarining taʼsir oralig‘i va yo‘nalishini ko‘rsatadi.

7.2.2
7.2.3
7.2.4
7.2.5
7.2.6
7.3.1 Taʼsir yo‘nalishlari Chorraha oldida o‘rnatilgan belgilarning taʼsir yo‘nalishini yoki bevosita yo‘l yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.3.2
7.3.3
7.4.1 Transport vositasining turi Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini ko‘rsatadi.

7.4.1 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan o‘rnatilgan yo‘l belgisining taʼsiri yengil avtomobillarga, 7.4.9 elektromobillarga, 7.4.10 yo‘nalishsiz taksilarga, shuningdek, to‘liq vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.

7.4.2
7.4.3
7.4.4
7.4.5
7.4.6
7.4.7
7.4.8
7.4.9
7.4.10
7.5.1 Shanba, yakshanba va bayram kunlari Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi ko‘rsatilgan.
7.5.2 Ish kunlari
7.5.3 Hafta kunlari
7.5.4 Amal qilish vaqti Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.5.5 Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko‘rsatadi.
7.5.6
7.5.7
7.6.1 Transport vositasini to‘xtab turish joyiga qo‘yish usuli 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to‘xtab turishi uchun yo‘lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo‘yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to‘xtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qo‘yish usulini bildiradi.
7.6.2
7.6.3
7.6.4
7.6.5
7.6.6
7.6.7
7.6.8
7.6.9
7.7 Dvigatelni ishlatmasdan to‘xtab turish joyi 5.15 belgisi bilan belgilangan to‘xtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan to‘xtab turishiga ruxsat etilganligini ko‘rsatadi.
7.8 Pulli xizmat ko‘rsatish joyi To‘lov asosida xizmat ko‘rsatilishini bildiradi.
7.9 To‘xtab turish muddati cheklangan 5.15 belgisi o‘rnatilgan to‘xtab turish joyida transport vositalari to‘xtab turishining eng ko‘p muddatini ko‘rsatadi.
7.10 Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko‘rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko‘zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.
7.11 Ruxsat etilgan to‘la vazni cheklangan Belgining taʼsiri ruxsat etilgan to‘la vazni qo‘shimcha-axborot yo‘l belgisida ko‘rsatilgan miqdordan ortiq bo‘lgan transport vositalariga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.
7.12 Xavfli yo‘l yoqasi Yo‘l ishlari bajarilayotgani sababli yo‘l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo‘llaniladi.
7.13 Asosiy yo‘lning yo‘nalishi Chorrahada asosiy yo‘lning yo‘nalishini ko‘rsatadi.
7.14 Harakatlanish tasmasi Belgi yoki svetofor taʼsiridagi harakatlanish bo‘lagini ko‘rsatadi.
7.15 Ko‘zi ojiz piyodalar
7.16 Nam qoplama Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo‘lgan vaqtda taʼsir etishini ko‘rsatadi.
7.17 Nogironlar 5.15 belgisi bilan qo‘llaniladi. To‘xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq „Nogiron“ taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko‘rsatadi.
7.18 Nogironlar mustasno Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq „Nogiron“ taniqlik belgisi o‘rnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
7.19 Foto va video qayd etish Yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va axborot ishora belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi.
7.20 Xavfli yuk toifasi Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini ko‘rsatadi.
7.21 Evakuator ishlamoqda 3.27 — 3.30 yo‘l belgilari taʼsir oralig‘ida to‘xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko‘rsatadi.
7.22.1 To‘siq Haydovchilarga to‘siqning uzoqdan ko‘rinishini taʼminlash maqsadida o‘rnatiladi. 4.2.1 — 4.2.3 yo‘l belgilari bilan birgalikda o‘rnatiladi.
7.22.2
7.22.3
7.23 Navbat bilan o‘tish
7.24 Transport vositasining davlat raqami
7.25 Faqat xizmat avtomobillari
7.26 Sunʼiy notekislik

Vaqtinchalik yoʻl belgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaqtinchalik yoʻl belgilarining doimiy belgilaridan farqi shundaki, ular sariq fonda, birinchi navbatda, ogohlantiruvchi va taqiqlovchi sifatida yaratilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘RQ-348-сон 10.04.2013. “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida“. lex.uz (2013-yil 11-aprel).
  2. „172-сон 12.04.2022. Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida“. lex.uz (2022-yil 13-aprel).
  3. „ГОСТ Р 52289-2004 Технические средства организации дорожного движения. Правила применения дорожных знаков, разметки, светофоров, дорожных ограждений и направляющих устройств (с Изменениями N 1, 2, 3)“ (ru). docs.cntd.ru (2006-yil 1-yanvar).
  4. „ГОСТ Р 52290-2004 Технические средства организации дорожного движения. Знаки дорожные. Общие технические требования (с Поправками, с Изменениями N 1, 2, 3)“ (ru). docs.cntd.ru (2006-yil 1-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]