Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Vobkent2sonkhm/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
      Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabi

Direktor: Baqoev Olim Atoevich 1969 yil Vobkent tumanida tug'ilgan. Lavozimda 2020 yil 3 iyuldan.

Manzili: Vobkent tuman “Kosari” MFY Kosari qishlog‘i 19-uy. Hududi: 2,3 gektar, shundan: - 3647,2 m2 umumiy qurilish osti maydoni;

- 277,8 yengil konstruksiyali ustaxona binosi maydoni;

- 7135,0 m2 sport maydonlari;

- 112,5 m2 qozonxona;

- 11862,5 m2 ekin yeri va boshqa maydonlar;

O‘qitilayotgan kasb (mutaxassislik)lar:

- “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash chilangari”,

- “Avtomobil kuzovini ta’mirlash”,

- “Asalarichi”,

- “Tikuvchi”,

- “Elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”,

- “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi”

- “Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash”

- “Avtomobil elektr va elektron jihozlariga xizmat ko‘rsatish”

- “Tikuvchilikda andoza tayyorlash”

Ta’lim tili: o‘zbek tili.

Ta’lim davomiyligi: 2 yil (1-2-bosqichlar, o‘quvchilar umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan qabul qilinadi).

Quvvati: 450 o‘rin.

O‘quvchilar soni: 557 nafar (o‘g‘il bolalar – 436 nafar, qizlar – 121 nafar). 2023-2024 o‘quv yilida 1-bosqichga 330 nafar o‘quvchi qabul qilindi.

Bitiruvchilar soni: 247 nafar (2024 yilda bitiradi).

O‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari soni: 43 nafar (2 nafar oliy, 12 nafar 1-toifali, 10 nafar 2-toifali, 19 nafar mutaxassis). Kutubxonada 1 200 dan ortiq badiiy adabiyotlar jamlangan (A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga ulangan). Maktabda 15 ta o‘quv xonasi, 3 ta kompyuter xonasi, 3 ta laboratoriya va 12 ta o‘quv ustaxonasi, kutubxona, faollar (130 o‘rin) va sport zallari, oshxona (100 o‘rin) mavjud. Kasb-hunar maktabda Germaniyaning granti asosida “Tikuvchilik”, “Tikuvchilikda andoza tayyorlash” o‘quv ustaxonalari, Koreyaning granti asosida “Avtomobi tuzilishi” o‘quv xonasi va “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” o‘quv ustaxonasi tashkil etilgan. Bunda, “Tikuvchilik”, “Tikuvchilikda andoza tayyorlash” va “Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash”kasblari bo‘yicha dual ta’lim shaklida mutaxassilar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.