Foydalanuvchi:Uchrashmadik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avstriya Respublikasi Yevropaning markazida joylashgan davlatdir. U shimolda Chexiya bilan, shimoliy-sharqda Slovakiya bilan, sharqda Vengriya bilan, janubda Sloveniya, Italiya, Shveytsariya bilan, g`arbda esa Lixtenshteyn, Shveytsariya va Germaniya bilan chegaradosh. Maydoni: 83,9 ming kv. km. Eng yuqori nuqtasi - Grosglokkner tog`i bo`lib, dengiz sathidan 3798 metr balandlikka ega. Eng quyi nuqtasi esa dengiz sathidan 145 metr pastda joylashgan. Poytaxti: Vena shahri. Yirik shaharlari: Vena, Grats, Lints. Davlat boshqaruv shakli: Parlamentli Respublika. Aholisi: 2003-yil ma`lumotlariga ko`ra 8188 kishi. 96% avstriyaliklar tashkil etadi. Qolgan 4% esa xorvatlar, vengrlar, saloveniyaliklar, chexlar, italiyaliklar, serblar va ruminlardan iborat. Zichligi - 1 kv. km. maydonga 96 kishi to`g`ri keladi. Shahar aholisi - 61%, qishloq aholisi - 39%. Adminstrativ-hududiy bo`linishi: 9 ta zemelga ega. Milliy bayrami: 26-oktabr - Avstriyaning doimiy neytralligi haqidagi Qonun qabul qilingan kun. Tili: Rasmiy tili - nemis tili. Dini: 78% katolik, 5% protestant, 2% musulmon va 12% ateist. Pul birligi: Yevro. Telefon kodi: +43 Qiziqarli ma`lumotlar: Avstriyada: Yevropadagi eng katta muzey - Museumskvarte (maydoni 60 000 kv. m.) joylashgan; Vena milliy kutubxonasidagi tarixiy globuslar kolleksiyasi ekspozitsiyasiga ko`ra jahonda ikkinchi o`rinda turadi; jahondagi eng katta bal - Opernbal fevral oyida Venadagi Opera teatrida o`tkaziladi; Europabryukke - Yevropadagi eng baland ko`rpik (balandligi 200 metr, uzunligi 800 metr) joylashgan.

Bu maqola juda qisqa.

nothumb

Iltimos, maqolani kengaytiring.