Foydalanuvchi:Toshkentium/qumloq
Assalomu alaykum, hurmatli prezident! Men Nodir Atayev. 2009-yildan beri Vikipediya va unga qardosh loyihalarga hissa qo‘shib kelaman. 10 yildan beri o‘zbekcha Vikipediyada administratorman. Bugunga qadar o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida mingga yaqin maqola yaratdim, 40 mingdan oshiq maqola yaratdim, xalqaro anjumanlarda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi vikichilar nomidan ishtirok etdim.
Yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarga erishish tizimli yechimlarni talab qiladi. Masalan, biz Vikipediyaga hissa qo‘shadigan ko‘ngillar jamoasini kengaytirmoqchimiz, davlat idoralari va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. O‘zbekistonda bu yil 393 ming o‘quvchi maktabni tamomladi, talabalar soni esa yarim millionga yaqin. Ularning harb biri bittadan maqola yaratsa ham, maqolalarimiz soni 1 millionga yetgan bo‘lardi. Aynan shuning uchun VikiTaʼlim tashabbusini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunga bizda yaxshi misol bor: administratorlarimizdan biri Nikolay Artemev o‘zi ishlagan maktabda o‘quvchilarga vikitopshiriq berib, 1200 dan oshiq maqola yaratilishiga sababchi bo‘lgan. Yana bir tizimli yechimi - muayyan mavzularda vikiloyihalarni yo‘lga qo‘yish. Bunga ham bizda misol bor: yana bir administratorimiz Jamshid Nurqulov ko‘ngilliklarga bosh-qosh bo‘lib, o‘zbekistonlik sportchilar, mamlakatdagi tarixiy obidalar , siyosatchilar, umuman O‘zbekiston bilan bog‘liq mavzularda kontent yaratmoqda.
Shulardan kelib chiqib, vikiharakatimiz yana-da ommalashishga ko‘mak berishingizni so‘rab qolardik. Xususan, taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan urinishlarimizni qo‘llab bersangiz, behad xursand bo‘lardik. Eʼtiboringiz uchun rahmat!