Foydalanuvchi:Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yurtimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, chiqarilayotgan qonun va qarorlar mazkur sohani yanada rivojlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3775 sonli qarorida oliy ta’lim muassasalari uchun dolzarb vazifalarni belgilab berildi. Ayniqsa, mazkur qarorda hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3152 sonli qarori asosida tashkil etilgan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishlarida ishlar boshlangan.