Foydalanuvchi:Toshev Zafar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bunyodkor Stadioni Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir. Shuningdek bu stadionda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham o'z o'yinlarini o'tkazadi. 2012-yili avgustida qurib bitkazilgan ushbu stadion 34 ming tomoshabinni sigʻdira oladi Toshkent shahridagi Bunyodkor Stadioni qurilib bitishi oʻzbek futbolining 100 yillik tantanalari nishonlanayotgan bir paytga toʻgʻri keldi. Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, „Bunyodkor“ stadioni aslida 2012-yilning 10-martida topshirilishi kerak edi. Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan „Zeromaks“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi. Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. OʻFF sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 ming boʻlib, majmua ikki qavatdan iborat boʻldi. Bunyodkor stadioni 34 000 oʻrinli bo‘lib, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi. 120 oʻrinli Bolalar-oʻsmirlar futbol maktabida esa xuddi shuncha oʻrinli yotoqxona korpusi va ovqatlanish boʻlimi, suzish havzasi, mashq qilish va sport zali, tibbiyot markazi bor. Bunyodkor stadionida respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda tadbirlari, Toshkent shahri aholisi, ayniqsa bolalar, oʻsmirlar va yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan