Foydalanuvchi:Sherzod886

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Hadis ilmi maktabi - O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta'lim muassasa.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hadis ilmi maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5416-sonli Farmoni asosida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi hududida tashkil etildi. Taʼlim maskani Qurʼoni karim va hadislarning asl mohiyatini, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy va Imom Ibn Moja kabi allomalarning ulkan ilmiy merosini oʻrganish, xususan, hadis va unga doir ilmlarni chuqur oʻzlashtirgan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, shu bilan birga, “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori asosida faoliyat olib boradi. Taʼlim muassasasi oliy maʼlumotli hadis ilmlari mutaxassisi, diniy fanlar va arab tili oʻqituvchisi, imom-xatiblarni tayyorlaydi. Hadis ilmi maktabida mashgʻulotlar kunduzgi taʼlim shaklida olib boriladi, oʻqish muddati 5 yil. Taʼlim muassasasini tamomlagan talabalarga bakalavr darajasidagi diplom beriladi. Bugungi kunda taʼlim maskanida “Hadis ilmlari”, “Islom ilmlari”, “Ijtimoiy fanlar va xorijiy tillari” kafedralari faoliyat olib bormoqda.